Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Ko`p belgili ekssudatli eritema


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   261
7.7.2. Ko`p belgili ekssudatli eritema 
Surunkali qaytalovchi bu xastalik infeksion-allergik tabiatga ega 
bo`lib, qaytalanish davrida giperergik (kuchli sezgirlik) ko`rinishdagi 
organizm reaksiyasini namoyon qiladi. Shu xil tabiatga ega bo`lgan 
kasalliklar singari xastalikka uchragan bolalarning kasallik tarixida bir 


290 
qator a’zo va sistemalarda yashirin kechadigan, ko`p hollarda og`iz-
burun-tomoq kasalliklariga moyil shart sharoitlar mavjudligi qayd 
qilinadi. Ko`p belgili ekssudatli eritema bilan maktab yoshidagi bolalar 
va o`smirlar kasallanadi. Kasallikni yuzaga keltiruvchi sabablardan biri - 
bola organizmida doimo saqlanib turadigan infeksiya o`chog`ining uzoq 
vaqt mobaynida organizm sezgirligini oshirishi va organizm 
kuchsizlangan paytda mikroblar va ularning toksini kuchli sezgirlik 
reaksiyasini keltirib chiqarishidadir. Bunday paytlarda kasallik o`tkir 
boshlanib, tana harorati 40
0
C gacha ko`tariladi va kuchli zaharlanish 
belgilari paydo bo`ladi. Xastalikning tez-tez qaytalanib turadigan 
shaklida organizmning umumiy reaksiyasi birmuncha pastroq bo`ladi. 
Kasallik og`iz bo`shlig`ining shilliq pardasida, lablarning qizil 
hoshiyasida va teri qismida, yuz terisida har xil morfologik belgilarning 
paydo bo`lishi bilan boshlanadi.(44-rasm) Markaziy teri-tanosil 
kasalliklari institutining ma’lumotlariga qaraganda, 25-60% hollarda bu 
xastalikda belgilar og`iz bo`shlig`i shilliq pardasini jarohatlaydi. Ko`p 
belgili ekssudatli eritema kasalligi organizm umumiy sezgirligining 
oshishi natijasida yuzaga kelib, teri, og`iz bo`shlig`ining shilliq 
pardasini, ba’zi bir og`ir kechuvchi shakllarida esa ko`z va tanosil 
a’zolar shilliq pardalarini ham jarohatlaydi. Kasallik davrida og`iz 
bo`shlig`ining shilliq pardasidagi kuyish va kuchli og`riq sezgisi tufayli 
bemorlarning ovqatlanishi, gapirishi qiyinlashadi. Og`iz bo`shlig`i 
ko`zdan kechirilganda, shilliq pardada yirik ыqizil dog`lar (eritema), 
gurux-gurux bo`lib joylashgan uchli bo`rtmalar (papula), bir qancha 
mayda pufakchalar va shilinish belgilarini ko`rish mumkin Og`iz shilliq 
pardasining qizarib shishish hollari kuzatiladi Bu belgilar ko`pincha lab, 
lunj, dahlizning o`tuvchi burmalari, til usti va osti shilliq qavatlari 
sathida kuzatiladi. Pufakchalar tezda yorilib, shilingan shilliq parda sathi 
fibrinli yengil karashlar bilan qoplanadi va oqish-sariq rangda bo`ladi. 
Ba’zi bir hollarda jarohat atrofida yorilgan pufaklar po`stloq qismining 
qoldiqlarini uchratish mumkin. Qisqich yordamida bu po`stloq 
qoldiqlarini ajratmoqchi bo`lsak, ular uziladi va Nikolskiy belgisining 
manfiyligini tasdiqlaydi. 


291 
Toshmalar toshish davri odatda 5-8 kun davom etadi. Xastalikning 
keyingi kunlarida ikkilamchi belgilar paydo bo`lib, polimorfizm hodisasi 
belgilarining yanada rang-barangligini kuzatish mumkin. Bu xastalikda 
lablar, ayniqsa pastki lab ko`proq jarohatlanishi qayd etiladi. Pufaklar 
yorilib, labning qizil hoshiyasida qalin po`stloqlar hosil bo`ladi. 
Ikkilamchi infeksiya ta’sirida shilinish va yaralar paydo bo`lishi 
mumkin. 
Toshmalar ko`pipcha qo`lning kaft qismida, barmoqlar, bilak va 
kurakda aniqlanadi. 
Yuz terisida dumaloq, ko`kish-qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. 
Yuzaga 
kelgan 
bu 
dog`larning 
o`rta 
qismida 
paypaslaganda 
qattiqlashgan infiltrat yoki pufakcha borligining guvoxi bo`lamiz. 
Ba’zan yuz terisi sathida to`q qizil hoshiya bilan o`ralgan pufaklar paydo 
bo`lishi mumkin.(44-rasm) 
Kasallik 2-4 hafta mobaynida og`ir klinik belgilar bilan kechadi. 
Jarohatlar xastalikning asoratsiz kechgan hollarida iz qoldirmaydi. 
Ko`p belgili ekssudatli eritemani o`tkir gerpetik va medikamentoz 
stomatit bilan solishtirib, farqlab ajratib olinadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling