Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7.7.3. Stivens-jonson sindromi
Bu xastalik birinchi marta uning bolalarda kechish jarayonini aniqlab, klinik belgilarini yozishgan amerikalik pediatrlar nomi bilan yuritiladi. Bugungi kunda bolalar stomatologiyasi sohasida ish olib boruvchi ilm ahli Stivens-Jonson sindromi va boshqa shunga uxshash (Fissenje-Randyu, Reyter, Baeder dermatostomatiti) sindromlarni ko`p belgili ekssudatli eritema xastaligining og`ir klinik shakllari deb hisoblashadi va bu holatni organizmning tashqi muhitdan organizmga kirgan zararli agentlarga qarshi ko`rsatish kuchli giperergik reaksiyasi sifatida qabul qilishadi. Xastalik tana haroratining keskin ko`tarilishi (39°-40°S) bilan boshlanadi. So`ng harorat sekin-asta pasayib, 3-4 xafta mobaynida subfebril holatda saqlanadi. Xastalikning o`ziga xos klinik belgilaridan: og`iz bo`shlig`i, ko`z, jinsiy a’zolar shilliq pardasi va tana terisida bir paytning o`zida toshma belgilarining yuzaga kelishi diqqatga sazovordir. 292 Og`iz bo`shlig`ining shilliq pardasi, lablar, til shishadi va shilliq pardalar sathida pufaklar, pufakchalar, shilinish-eroziya, yuza sathli yaralar paydo bo`ladi. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasidagi jarohatlar tufayli hatto suyuq ovqatlarni iste’mol qilish ham qiyinlashadi. Ovqat paytida kuchli og`riq paydo bo`ladi. (45-rasm) Lablarning qizil hoshiyasida qalin po`stloqli yiringli yaralar hosil bo`ladi. Ko`zning shilliq pardasi (kon’yunktiva)da pufakchalar va shilinish-eroziyalar vujudga keladi. Qovoqlar shishib, ularning teri yuzasida pufakchalar va po`stloqli jarohatlar qayd etiladi. Og`ir kechadigan hollarda keratit va panoftalmit oqibatida ko`zning ko`rmay qolish hollari ham yuz berishi mumkin. Jinsiy a’zolarning shilliq pardasida shish paydo bo`ladi va o`xshash belgilar yuzaga keladi. Xastalik paytida burun shilliq pardasining jarohatlanishi natijasida burunning tez-tez qonash hollari kuzatilishi mumkin. Ba’zi bir hollarda hiqildoq va traxeya shilliq qavatlari jarohatlanganda traxeotomiya qilinadi. Xazm sistemasi a’zolari faoliyati izdan chiqadi. Ba’zan gepatit, bronxit, plevrit kabi yo`ldosh kasalliklar xurujini kuzatish mumkin. Terida qizarishlar va to`q qizil rangli, tanga shaklidagi shishlar, yirik, diametri 3-4 sm bo`lgan pufaklar aniqlanadi. Bunday hollarda Nikolskiy simptomi musbat bo`ladi. Xastalik markaziy asab sistemasini jarohatlashi oqibatida o`lim bilan tugash hollari ham qayd etilgan. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling