O’QUV AMALIYOT MASHG’ULOTINING O’QITISH TEXNOLOGIYASI
12-Mavzu (nomi) Ortopediya. Oftalmologiya.
O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
Vaqti: 6 soat
|
O’quvchilar soni 25 – 33 ta
|
O’quv mashg’ulotlarining shakli va turi
|
Amaliy (o’quv amaliyot)
|
O’quv mashg’uloti rejasi
|
Ortopediya.
Oftalmologiya.
|
O’quv mashg’uloti maqsadi: O’quvchilarda BKM elementlarini shakllantirish.
|
Pedogogik vazifalar:
Ortopediya to’g’risida ma’lumot berish.
Oftalmologiya to’g’risida ma’lumot berish.
|
O’quv faoliyati natijalari
Hayvon tuyog’ining tuzilishini va unda uchrovchi kasalliklarni bilib oladi.
Hayvonlarda uchrovchi kasalliklarni, xususan, kon’yuktivit va keratit kasalliklarini bilib oladilar.
|
O’qitish usullari.
|
Baliq skeleti
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Ommaviy ish
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, kompyuter, proyektor
|
O’qitish sharoiti.
|
Jihozlangan o’quv xona
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Og’zaki: savol – javob
|
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
O’quvchi
|
1-o’quv mashg’ulotiga kirish
(10 daqiqa)
|
Tashkiliy qism:
1.1 Davomat olinadi.
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.2 Uyga vazifa tekshiriladi.
Maqsad va vazifani belgilash:
1.3 O’quvchilarda BKM elementlarini shakllantirish.
|
Darsga tayyorlanadilar.
Savollarga javob beradilar
Yangi bilimlarni o’rganish.
|
2- bosqich
Asosiy
(210 daqiqa)
|
2.1 O’quv amaliyoti mavzusi og’zaki tarzda bayon qilinadi.
2.2 Konspekt yozdiriladi.
2.3 Mavzuni savol- javob tarzda mustahkamlanadi.
|
Tinglaydilar.
Yozib oladilar.
Savollarga javob beradilar.
|
3-bosqich yakuniy
(10 daqiqa)
|
Mashg’ulot yakuni
3.1 O’quvchilar baholanadi
Uyga vazifani berilishi:
3.2 Mavzuni o’qib kelish.
|
Uyga vazifani yozib oladilar.
|
Mavzu (nomi) Ortopediya. Oftalmologiya.
Reja:
Ortopediya.
Oftalmologiya.
ORTOPEDIYA
Hayvon tuyog’ining tuzilishi va ularda uchraydigan kasalliklar
Turli xil hayvonlarda normal tuyoq tavsifi, tuyoq mexanizmi. Hayvonlar yurib juda muhim va xilma хil ishlarni bajaradi, shuning uchun ularda ko’pincha tuyoq kasalliklari uchraydi. Bu kasalliklar hayvonlarni ishlata bilmaslik yoki haddan tashqari qattiq ishlatish, ba’zida turli mexanik (travmalar), fizik (kuyish), kimyoviy va boshqa sabablarning ta’siridan paydo bo’ladi. Bunda oyoq muskullari, suyak-bog’lam yoki paylar jarohatlanadi. Ayrim vaqtlarda har ikkala apparat—muskul hamda suyak - paylar birdaniga kasallanadi. Bundan tashqari, kasallik jarayoni asab tizimiga ham ta’sir qiladi, natijada hayvonning ish faoliyati buzilib, ularda oqsoqlanish paydo bo’ladi. Oyoqni oldinga ko’tarib tashlash yoki uning havoda ko’tarilib turishi muskul to’qimalari yordamida oyoqni yerga qo’yish, bosish esa suyak-bog’lam va paylar yordamida bajariladi.
Shuningdek, hayvon harakat qilib yurgan vaqtidagi oqsoqlik ham har xil bo’lib, bu qaysi apparatning jarohatlanganligiga bog’liq. Muskul apparat kasallanganda oyoqni ko’tarib oldinga tashlash qiyinlashadi, hayvon oyog’ini kamroq ko’taradi yoki tezlik bilan yerga qo’yadi, ammo yerga bosib turish jarayoni o’zgarmaydi. Hayvonning muskul apparati jarohatlanib, oyog’ini oldinga ko’tarib qo’yishi kо‘tarilgan, osilgan oyoq oqsoqligi deyiladi.
Tayanch, ya’ni suyak bo’g’im paylari jarohatlanganda og’riq hamda oqsoqlik oyoqni yerga bosgandan keyin paydo bo’ladi, hayvon o’z og’irligini ikkinchi oyoqqa solib, tuyoqning yerga tegib turish muddatini (fazasini) kamaytiradi. Oyoqda tayanch, suyak-bo’g’imlar kasallanishi tufayli paydo bo’lgan oqsoqlik oyoqning yumshoq oqsoqligi deyiladi.
Muskul va tayanch apparatlari bir vaqtda kasallansa, ikki oyoqni ko’tarish va yerga qo’yish tartibi buzilib, aralash oqsoqlik paydo bo’ladi. Yuqorida keltirilgan oqsoqliklar tasnifi kasallik qaysi organdaligini aniqlashni osonlashtiradi. Masalan, oyoqni yerga bosish, ya’ni bosayotgan oyoqning oqsoqlanishi kasallikning tuyoq bilan kaft suyagi orasida ekanligini ko’rsatadi. Osilgan oyoq oqsoqligi paydo bo’lsa, bu kaft bo’g’imlarining yuqorisida joylashgan muskullarning kasallanganligini ko’rsatadi. Aralash oqsoqliklar esa kasallikning muskul hamda tayanch apparatlaridaligini ko’rsatadi. Hayvonning kasallangan oyoqlarini tekshirganda oqsoqlik turlarini individual usullar bilan ham tekshirish lozim. Chunki oqsoqlik kasallik bo’lmasdan, balki oyoqda paydo bo’lgan kasalliklarning belgilaridan biri bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |