O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi 12-Mavzu (nomi)


Download 267 Kb.
bet3/6
Sana07.04.2023
Hajmi267 Kb.
#1339662
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 мавзу

Pododermit. Tuyoqning teriga qo’shilgan joyining yiringsiz yallig’lanishi aseptik pododermit deyiladi. Bunga ot, ho’kizlarni shag’al va toshli joylarda ishlatganda, uzoq vaqt toshli yo’llardan haydab o’tilganda tuyoqning teriga qo’shilgan joyining urilishi, ezilishi va siqilib qolishi, shuningdek, molxonalarda buqalarning tagiga to’shama solmasdan boqish va boshqalar sabab bo’ladi. Shuningdek, kasallikka tuyoqni noto’g’ri tozalash (tuyoq kaftini yupqalatib yuborish) va noto’g’ri taqa qoqish (taqalarning tor va kalta bo’lishi), hayvon oyoqlarini noto’g’ri qo’yishi va tuyoqlarning deformasiyasi ham sabab bo’lishi mumkin, pododermit yallig’lanishi otlarda va qoramollarda ko’p uchraydi.
Kasallik belgilari. Hayvon kasal oyog’ini yerga bosganda oqsaydi, oqsash qattiq yerda zo’rayadi. Tuyoq qisqich bilan qisib ko’rilsa va oyoq kafti perkussiya qilinsa og’riydi. Tuyoqning o’zi qiziydi. Qon to’planishi tufayli tuyoq kafti qizaradi. Keyinchalik esa kaft ko’karib ketadi, so’ng jigarrang va sariq tusga kiradi.
Tuyoq bo’g’imining yiringli yalliglanishi. Bu kasallikka tuyoq milki, tuyoq kafti va tuyoq ayrisidagi chuqur jarohatlar sabab bo’ladi. Bu ikkilamchi dermatitlar, bursaning yallig’lanishi va barmoqlarda bo’ladigan boshqa yiringli nekrotik jarayonlarda uchraydi. Ba’zan gematogen infeksiya (soqov kasalligi, sepsislar) tufayli yuz beradi.
Kasallik belgilari. Tana harorati 40 darajaga ko’tariladi, tomir urishi tezlashadi, hayvon lohas bo’ladi. Jarohatdan chiqib turadigan suyuqlik sinovial suyuqligi bilan qo’shilgan yiringli ekssudatning quyuq va qotib qoladigan aralashmasidan iborat bo’ladi. Hayvon yurganda qattiq oqsaydi, tinch holatida esa tuyoqning oldingi qismiga tayanib turadi. Bo’g’imni bukib, yozib va rotatsiya qilib ko’rilsa qattiq og’riydi.
Hayvonlarda tuyoq kasalliklarini tekshirishda birinchi navbatda hayvonning xulqi va o’ziga xos bo’lgan boshqa odatlarini (tishlash, oldingi oyoq bilan tepish, orqa oyoqlarida tikka turish va boshqalar)ga e’tibor berish zarur hisoblanadi va bu veterinardan doimiy ravishda hushyorlikni talab qiladi. Orqa oyoqni fiksatsiya qilish uchun oldingi oyoqdagi bog’lamga halqa ilintirib, keyin undan uzun arqon o’tkazib bir uchini bo’yin yoki dum ildiziga bog’lanadi, ikkinchi uchini ushlab tortilganda oyoq majburan yuqori ko’tariladi.

Download 267 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling