O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi 12-Mavzu (nomi)


Qoramollarning tuyog’ini amputatsiya qilish


Download 267 Kb.
bet4/6
Sana07.04.2023
Hajmi267 Kb.
#1339662
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 мавзу

Qoramollarning tuyog’ini amputatsiya qilish. Fiksatsiya. Tayyorgarlik. Bir sutka oldin hayvon oyog’i suvda yaxshilab yuviladi va himoya bog’lami qo’yiladi. Operatsiyadan oldin vodorod peroksidi bilan yiringlagan joylarga ishlov beriladi.
Og’riqsizlantirish (anesteziya). Neyroleptika, aylanma yoki o’tkazuvchanlik anesteziyasi qo’llanadi.
Operatsiya texnikasi. Oyoqning distal qismiga qon to’xtatuvchi elastik jgut qo’yiladi. Barmoq suyagi ustidan amputasiya o’tkaziladi. Barmoqning 1-falaj proksimal uchining oldingi tomonidan operatsiya boshlanib, 2-falaj dorsal tomonning yuqorisida tugatiladi. Teri yuzasi o’rtalig’idan, yuqoridan pastga qarab kesiladi. Keyin uni yarimoy shaklida medial tuyoq orahq tomoniga uzunasiga hamda loteral tomonga qarab kesish davom etadi. Shunga o’xshash kesish barmoqning palmar tomonidan ham vertikal bajariladi. Barmoq ustida hosil bo’lgan teri parchasini proksimal 1-falajning yuqori tomoniga va shuningdek, barmoq oraliq yorig’ining loteral tomon chegarasiga qarab teri qavati ajratiladi va uni teskari burab qo’yiladi (20-rasm) va 2- barmoqning dorsal tomonida terini ajratish natijasida uncha katta bo’lmagan bir parcha uchburchak qoladi. Qon oqayotgan tomirlar o’z vaqtida bog’lanadi. 1-barmoq suyagining distal qismi tekisligicha tushoq, kunjutsimon suyak oraliq bog’lami, panja oraliq boglami va panja oraliq yog’ to’qimalarini qaychi bilan kesiladi. Keyin tuyoq suyagi arralanadi. Oxirida parchalangan to’qimalar olib tashlanadi, tomirlar bog’lanadi, o’tkir qoshiqcha bilan suyak iligi qirib olib tashlanadi. Antibiotik talqon sepiladi, tashqi va ichki teri parcha-quroqlari bir-biriga yaqinlashtirib uzlukli chok o’tkazib tikiladi. Agar muskulning pay uchlari va atrof to’qimalari yiring bilan zararlanmagan bo’lsa, yara birinchi tortilish bilan bita boshlaydi, 10—12 kundan keyin qo’yilgan bog’lam almashtiriladi.


OFTALMOLOGIYA
Ko’z kasalliklari

Download 267 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling