O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi 12-Mavzu (nomi)
Download 267 Kb.
|
12 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Follikulyar kon’yunktivitda
- Nazorat savollari
- Oftalmologiya Kon’yuktivit Keratit Ko’z shilliq Ko’zning muguz pardasining pardasining yallig’lanishi yalliglanishi
Flegmonoz kon’yunktivitda shilliq pardalar shishib ketadi, kon’yunktiva bo’rtmaga o’xshab qovoqlarning orasidan tashqariga chiqib turadi.
Follikulyar kon’yunktivitda uchinchi qovoqning ichki yuzasida yallig’langan follikulyar yig’ilib qoladi. Keratit. Ko’z muguz pardasining yallig’lanishi keratit deyiladi. Yuzaki, chuqur va yiringli keratitlar farq qilinadi. Kon’yunktivaning yallig’lanishini vujudga keltirgan sabablar bu kasallikka ham sabab bo’ladi. Kasallik belgilari. Ko’zning muguz pardasi xiralashadi. Ba’zan uning pardasi tomirlar bilan qo’shilib ketadi, bunda eroziya va yarachalar paydo bo’ladi. Hayvonning ko’zidan yosh oqadi, yorug’likka qaray olmaydi va ko’z soqqasi ushlab ko’rilganda bezillaydi. Ко‘zning doimiy yallig’lanishi. Kasallik ko’zning rangdor pardasi, kipriksimon tana va qon tomirlarining bir vaqtda yallig’lanishi bilan boshlanadi. Bu kasallikning sabablari hali aniqlanmagan. Jarayon ot, xachir, eshak, tuya va hatto qoramollarda uchraydi. Kasallik belgilari. Kasallik juda tez avj oladi. Dastlab hayvonning ko’zidan yosh oqadi, yorug’likka qaray olmaydi. Kon’yunktiva qizarib, shishib ketadi. Keyinchalik muguz pardaning va rangli pardaning yallig’langanligi ma’lum bo’ladi, ko’z kameralariga fibrin va qon yig’iladi, tomirli va to’r pardada ham o’zgarishlar bo’ladi. Bu o’zgarishlar 8—12 kun davomida sekin-asta rivojlana boradi va keyin kamayib, 16—20 kundan so’ng yo’qolib ketadi. Ko’z to’qimalarining yallig’lanishi yana bir oz vaqt o’tgandan keyin takrorlanishi (resediv bo’lishi) mumkin. Ko’z kasalliklarida ishlatiladigan dori moddalariga: borat kislota eritmasi, rivanol eritmasi, rux sulfat eritmasi, achchiq tosh eritmasi, protargol, lyapis, sariq simob surtmasi, yodoform yoki kseroform, albusid surtmasi, kalomel kukuni va boshqalar kiradi. Ко‘z kasalliklarini davolash usullari. Kon’yunktivitni davolash. Kon’yunktiva xaltasi 3%li borat kislota, kaliy permanganat eritmasi (1:2000), rivanol (1:1000) bilan yuviladi, ko’zga har kuni penisillin eritmasi (0,25—2 % li) protargol, 1—2%li lyapis (keyinchalik lyapisning ortiqchasi natriy xloridning fiziologik eritmasi bilan neytrallashtiriladi) kabi dorilardan birortasi bir-ikki marta tomiziladi. Bundan tashqari, yodoform poroshogi, 5—10%li yodoform surtmasi, l%li sariq simob surtmasi surtiladi. Keratitni davolash. Kon’yunktiva xaltachasi 2—3%li borat kislota, rivanol eritmasi (l:2000) bilan yuviladi. Yuvib bo’lgandan so’ng ko’zga 1- 2%li sariq simob surtmasi, 5%li yodoform yoki kseroform surtmasi, 10—20%li albusid surtmasi surtiladi yoki ko’z ichiga yodoform kukuni purkaladi. Penisillin surtmasi (penisillin 50 ming ТВ, vazelin, valanolin 5,0 dan) va oq streptotsid emulsiyasi surilsa yaxshi natija beradi. Ko’z muguz pardasining xiralashishi uzoqroq davom etsa kalomel kukuni yoki surtmasi hamda dionin (2—5—8 %li) bilan davolash usuli qo’llaniladi. Ko’zning doimiy yallig‘lanishi. Bu kasallikning maxsus davosi yo’q. Hayvon alohida qorong’i molxonada boqiladi, ko’ziga 1—2 % li atropin tomiziladi (atropin ko’z qorachig’ini kengaytiradi va rangdor pardaning yopishib qolishining oldini oladi), kaliy yodat yoki natriy yodat ichiriladi. Bundan tashqari kon’yunktivitlarda, keratitlarda tavsiya etilgan dorilar qo’llaniladi. Nazorat savollari: Hayvon tuyog’ining tuzilishi qanday? Tuyoqda qanday kasalliklar uchraydi? Tuyoq milki (venchik) jarohatlanishi qanday kasallik? Qoramollar tuyog’ini amputatsiya qilish qanday amalga oshadi? Kon’yuktivit qanday kasallik? Keratit qanday kasallik? Oftalmologiya Kon’yuktivit Keratit Ko’z shilliq Ko’zning muguz pardasining pardasining yallig’lanishi yalliglanishi Download 267 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling