O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi 12-Mavzu (nomi)


Download 267 Kb.
bet5/6
Sana07.04.2023
Hajmi267 Kb.
#1339662
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 мавзу

Anatomotopografik ma’lumotlar. Ko’zlar kallaning ko’z kosalarining orbitalarida joylashgan bo’lib, ichkari tomonidan konusga o’xshash fibroz parda — periorbita bilan qoplangan, o’zining tashqi asosiy chekkasi orbitaning qirrasiga, uchi bo’lsa ko’zning ko’rish teshigi yoki ko’z yorig’i atrofiga birlashgan periorbita ko’z olmasi, ko’z tomir, nerv va atrof muskullarini hamma tomonlama o’rab olgan. Periorbita qavati ko’pincha tashqi tomondan ekstroorbital yog’ moddasi bilan qoplangan. Orbita bo’shlig’iga kirish qovoqlar yordamida chegaralanadi. Ular hisobidan hosil bo’lgan ichki burchak oralig’ida ko’z yosh burmasi va uchinchi qovoq (kon’yunktiva burmasi va tog’ay) qo’shilgan.
Ko’z olmasi. Ko’z olmasini tortuvchi muskuli bilan birga xususiy fassiya o’raydi va peribulbar (tenonov) bo’shlig’ini hosil qiladi.
Qon bilan ta’minlanishi. Asosan ko’z yosh arteriyasidan yuqori qovoqning tashqi qismi va ko’z yosh bezi ichki tomoni esa ko’z osti arteriyasi tarmog’i bilan ta’minlanadi. Bu tarmoqlar birga qo’shilib qovoqning tashqi qirrasida ko’z arteriya kamonini tashkil qiladi.
Innervatsiya. Orbitaning sezish qobiliyatini asosan, yuqori jag’ nerv tarmoqlari: ko’z yosh, yuqori qovoq va ko’z yosh tepachalarining g’altaksimon nervlari ta’minlaydi, pastki qovoqqa esa ko’z osti va yanoq nerv tarmoqlari, qovoq muskullariga esa yuz nervi tarmoqlari tarqaladi.
Kon’yunktivit. Ko’zning shilliq pardasi yallig’lanishi kon’yunktivit deyiladi. Kon’yunktivit hamma turdagi qishloq xo’jalik hayvonlarida uchrab turadi.
Sabablari. Bu kasallikning paydo bo’lishiga mexanik ta’sirlar (lat yeyish, yot jismlar kirishi), qovoqlarning qayrilib qolishi, parazitlardan telyaziya va boshqalar, kimyoviy moddalar ta’siri (ohak changi, molxonalarda ammiak gazi ko’payishi, o’tkir ta’sir qiladigan surtma, ishqor, kislota va boshqalar), shuningdek, infeksion kasalliklar (itlarning o’lat kasalligi, otlarning soqov kasalligi, kontagioz plevropnevmoniya va boshqalar) sabab bo’ladi.
Klinik belgilari. Kataral kon’yunktivitda hayvon ko’zidan yosh oqadi, yorug’likka qaray olmaydi, kon’yunktiva shishadi va qizaradi. Yiringli kon’yunktivitda—kon’yunktiva nihoyatda shishib ketadi, ko’zning ichki burchagidan yiring chiqib turadi, ba’zan qovoqlarning chetlarida va kon’yunktivada eroziya va yarachalar paydo bo’ladi.

Download 267 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling