Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
-jadval Bolalarda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xastalikning davosi.
4-jadval Bolalarda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining
yallig`lanish jarayoni bilan kechuvchi xastaliklarning farqli tashxisi Tashxis ko`rsatki chlari O`tkir gerpetik stomatit Ko`p belgili ekssudatli eritema Dori–darmonlardan yuzaga keladigan stomatit Bolalar yoshi Asosan 1-3 yashar bolalarda Maktab yoshidagi, o`smir, kam hollarda yuqori maktab yoshidagi bolalarda Bola yoshi ulg`aygan sari xastalik ko`payib boradi Xayot tarixi Asoratsiz Quloq-tomoq-burun a’zolarda, hazm sistemasi a’zolarida surunkali xastaliklar bor Tlgari xam dori darmonga bo`lgan sezgirlik alomatlari qayd qilingan Prodro- mal davri (bosqichi ) 1-4 kungacha, harorat 37-40 0 S gacha kuzatiladi. Umumiy zaxarlanish belgilari paydo bo`ladi. Bosh va mushaklarda, bo`g`imlarda og`riq, harorat 38 0 S gacha Juda qisqa Asosiy toshma belgilari Yuz, lablarda pufakchalar og`iz shilliq pardasida dumaloq, bir-biri bilan qo`shilayotgan shilinish-eroziyalar mavjud Keskin qizarish va dog`li eritemalar, keng ko`lamli, notekis chegarali shilinish- eroziyalar aniqlanadi Seroz(kataral) yallig`lanish, notekis chegarali eroziyalar va gohida pufakchalar mavjud Ko`p belgilik Soxta Aslida belgilar ko`p bo`ladi Bir xil, ba’zan ko`p belgilar paydo bo`ladi Ko`pinch a zararlana digan soxalar Hamma sohada o`tkir milk yallig`lanish. Og`iz atrofi terida pufakchalar, eroziya po`stloqlar. Qo`l kafti, bilak, boldir terisida ko`kimtir- jigarrang eritemalar markazida papula yoki pufakcha tutadi Yuz va tana terisida rang-barang toshmalar; kam hollarda yakkam- dukkam yoki ko`p sonli pufakchalarning paydo bo`lishi Toshmali davrning davomlili gi Engil shaklida 1-2 kun, o`rta og`ir shaklida 2-4 kun, og`ir shaklida 5 kungacha 5-7 kun, ba’zan 11-13 kungacha Allergen kiritish to`xtashi bilan yangi belgilar yuzaga kelmaydi. 297 jarohatlangan shilliq parda va lablarning qizil hoshiyasida, yuz terisida qonash belgilari yo`qligi tufayli ko`pchigan qon aralash qalin po`stloqlar aniqlanmaydi. Xastalikni keltirib chiqargan dori-darmonlarni qabul qilishni to`xtatish, bola umumiy ahvolining yaxshilannshiga olib keladi. O`tkir gerpetik stomatit uchun lablarning qizil hoshiyasida, atrof terida kichik pufzkchalarning paydo bo`lishi hamda milklarning kataral yallig`lanishi muhim xol bo`lib hisoblanadi. (4-jadvalga karang). Xastalikning davosi. Davo chora-tadbirlari umumiy va mahalliy bo`lib, dastlab allergik xastalikka sabab bo`lgan dorivor moddani aniqlashga va uni organizmga kiritishni to`xtatishga qaratilmog`i lozim. Bolaning asosiy xastaligidan kelib chiqadigan umumiy ahvoli antibiotik yoki sulfanilamid dori-darmonlarini qabul qilishni taqozo qilgan hollarda pediatr-shifokorlar bilan bamaslaxat qo`shimcha tarzda organizmning sezgirlik kuchini pasaytiruvchi (desensibilizatorlar) preparatlar va vitaminlar buyurish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday sharoitda, albatta bola organizmining sezgirlik xususiyati biologik reaksiyalar yordamida tekshirilmog`i lozim. Mahalliy davo chora-tadbirlari jarohatlangan yuzani og`riqsizlantirishdan, antiseptik ishlov berib, karashlardan tozalashdan, ikkilamchi infeksiya ta’sirini yo`qotishdan va jarohatlarning bitishini kuchaytiruvchi malxamlar, surgilar surtishdan iboratdir. Uzoq vaqt mobaynida antibiotikli preparatlar qabul qilinganda og`iz bo`shlig`ini zamburug`larga ta’sir ko`rsatuvchi sodali eritmalar bilan chayish va 10-15% li tetraborat natriyning glitserinli eritmalarini shilliq parda sathiga surtish kabi muolajalar yaxshi natijalar beradi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling