Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Me’da, ichak, jigar kasalliklari
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7.11.5. Me’da, ichak, jigar kasalliklari
Bolalarda bunday xastaliklar mavjudligi oqibatida og`iz bo`shlig`ida, tilda karashlar paydo bo`ladi, surunkali milk yallig`lanishi, shilliq pardalarda suvli shishlar yuzaga kelishi mumkin. Organizm sezgirligining oshishi natijasida, og`iz shilliq pardasida surunkali tarzda kechuvchi yarali (aftoz) stomatit xastaligi kelib chiqishi kuzatilgan. Jigar to`qimasining surunkali yallig`lanishi oqibatida trombopeniya (qonda trombotsitlarning keskin kamayishi) kuzatiladi va natijada og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida qontalash va qon oqish belgilari paydo bo`ladi. Buyrak xastaliklarida og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kataral yallig`lanish jarayoniga uchraydi. Qizarib shishinqiragan shilliq pardaning tez-tez qonashi va ikkilamchi mikroblar natijasida nospetsifik infeksion stomatitlar aniqlanadi. Oqibatda og`ir kechuvchi surunkali buyrak xastaligi - uremiya (siydikning qonga o`tishi) kelib chiqadi. Uremiyada og`iz bo`shlig`i pardasi oqish tusga kiradi, uning namlanishi buziladi, so`lak quyuqlashadi, tilda qalin karashlar hosil bo`ladi va 307 og`izdan ammiak hidi anqiydi. Ko`pchilik hollarda to`qima nekrozlari yuzaga keladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining holati sistemada yuz bergan xastalik darajasiga, ya’ni qon aylanishining qay darajada buzilganligiga bog`liqdir. Ma’lumki, qon aylanish me’yori buzilganda to`qimalarda kislorodga nisbatan tanqislik (gipoksiya) seziladi. Bu tanqislik kuchliroq bo`lsa, og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi, lablarning qizil hoshiyasi ko`kimtir tus oladi. Katta qon aylanish doirasida qon dimlanishi aniqlansa, shilliq pardalarda shishinqirash, to`qimada suv yig`ilishi kabi noxush belgilar paydo bo`ladi. Qon aylanishining II-III darajali buzilishlari bolalarda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida to`qimalar oziqlanishining (trofika) keskin yomonlashuviga, natijada og`ir nekrotik jarohatlarning paydo bo`lishiga olib keladi. Bunday hollarda har qanday yengil mexanik ta’sirot natijasida shilliq pardada tez kattalashuvchi va chuqurlashib, muskul qavatgacha, hatto suyak to`qimasigacha yetib boradigan, uzoq vaqt mobaynida bitmaydigan yarali jarohatlar paydo bo`ladi. Yuzaga kelgan yaralar atrofida to`qima infiltratsiyasi va qizarish (giperemiya) belgilari sezilmaydi. Nekroz oqibatida o`lgan to`qima uzoq vaqt ajralib tushmasdan turadi. Bemorlarda og`riq sezgilari kuchsiz, limfa tugunlarida o`zgarishlar deyarli sezilmaydi. Jarohatli yaralar bitishi sust kechadi va organizm umumiy ahvolining yaxshilanishiga bog`liq bo`ladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling