Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap


Download 386.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana16.06.2023
Hajmi386.14 Kb.
#1503866
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
IKP



IKP ON Javoblari 
1.Yurak yetishmovchiligi (o'tkir va surunkali, o'ng va chap 
qorincha). Etiologiya. Semiotika. 
Yurakni o'z nasos funksiyasini bajara olmay qolishi oqibatida a’zolarda qon 
aylanishini buzilishi vujudga kelishi bilan bog'liq bo'lgan patologik jarayon yurak 
yetishmovchiligi deyiladi. 
 Chap qorinchaning zo'riqishiga aorta o'zanining torayishi, uzoq muddat qon 
bosimining yuqori bo'lishi, mitral va aortal qopqoqchalar yetishmovchiligi, o'ng 
qorinchaning zo'riqishiga esa o'pka arteriyasi o'zanining torayishi, kichik qon 
aylanish doirasida bosimning oshishi, o'pka arteriyasi tromboemboliyasi, uch 
tabaqali qopqoqchalar yetishmovchiligi sabab bo'ladi. Har ikkala qorinchalar 
zo'riqishiga esa yurakning qo'shaloq nuqsonlari, ayrim mg'ma nuqsonlar, 
yopishqoq perikardit va boshqa kasalliklar olib keladi. 
 О‘tkir yurak yetishmovchiligida jarayon yurak astmasi va o‘pka shishi [o‘pka 
to‘qimasida seroz suyuqlikni sizib o'tishi tufayli interstisial to'qima shishi (yurak 
astmasida) va alveolalarda to'plangan oqsilga boy transsudatni ko'piklanishi 
(o'pka shishida) bilan kechadigan nafas olishning paroksizmal buzilishi] 
ko'rinishida namoyon bo'ladi.
0 ‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi yurak astmasi, o‘pkani alveolyar shishi va 
ayrim hollarda kardiogen shok ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Surunkali yurak yetishmovchiligining klinik manzarasi. Bemorlar hansirash, tez 
charchash, periferik shishlar hamda yurak faoliyati (ritmi va o‘tkazuvchanligi) 
buzilishiga shikoyat qiladi.
2. Gastrit, tarqalishi. Etiologiya. Diagnostika. Profilaktika
 Gastrit oshqozon shilliq qavatining yallig'lanishi bilan kechuvchi polietiologik 
kasallik hisoblanib, qator tashqi va ichki salbiy omillaming ta’sirida yuzaga keladi. 
Etiologiyasi va patogenezi. Uning kelib chiqishiga quyidagi ekzogen (ovqatlanish 
tartibining buzilishi - ovqatning miqdori va sifati, ko'proq kechqumnlari ko'p 
miqdorda ovqatlanish, spirtli ichimliklami suiiste’mol qilish, taom tayyorlashda 
o'tkir ziravorlami ko'p ishlatish, ovqat mahsulotlari va masalliqlami saqlashda 
sanitariya - gigiena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga keladigan 
toksikoinfeksiyalar, salmonellalar, shigella, stafilokokk va boshqalaming ta’siri, 
ayrim taomlarga allergiya mavjudligi - tuxum, ziravorlar, meva, malina, qulupnay 
va boshqalar, dorilar ta’siri - atsetilsalitil kislotasi, kortikosteroidlar, pirazolon 
unumlari, antibiotiklar, yurak glikozidlari va boshqalar) va endogen omillar 


(infeksiya - gripp, zotiljam, autointoksikatsiya - buyrak va jigar yetishmovchiligi, 
organizmda to'qimalaming parchalanishi - kuyish, muzlash, nur ta’siri va 
boshqalar) muhim ahamiyatga ega.
Tasnifi. O'tkir ekzogen hamda endogen va oshqozon shilliq qavatidagi 
o'zgarishlarga mos ravishda uning yuzaki (oddiy), erroziv va korroziv turlari 
farqlanadi. 
O'tkir ekzogen yuzaki (oddiy) gastritda bemorlaming ko'ngil aynishi, shilliq va 
hazm bo'lmagan ovqatlar ba’zida o't bilan qayt qilish, epigastral sohada ovqat 
hazm bo'lmaganlik hissi, qorinda og'riq, og'izda noxush ta’m, umumiy holsizlik, 
teri ranggining oqarishi, tilni karash bilan qoplanishi, ayrim og'ir kechishlarida qon 
bosimining pasayishi, enterit belgilari kuzatiladi. Aksariyat hollarda kasallik 
o'rtacha 5-6 kun davom etadi. 
 Laborator asbobiy tekshirishlar. O'tkir gastritni tashhislashda mukammal yig'ilgan 

Download 386.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling