Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap


Download 386.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana16.06.2023
Hajmi386.14 Kb.
#1503866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
IKP

namoyon bo'lganda yurakning nisbiy to'mtoqlik chegarasi yuqoriga siljishi hamda 
yurak “beli” silliqlanishi (mitral shakl - konfiguratsiya) mumkin.
Auskultatsiyada yurak cho'qqisida I tonni susayishi yoki umuman eshitilmasligi xos 
bo'lib, bu chap qorinchani izovolyumik qisqarishi vaqtida mitral qopqoqchalami 
zich berkilmasligi sababli yuzaga keladi. Kasallikning kechki bosqichlarida, chap 
qorincha yetishmovchiligi va o'pka gipertenziyasi rivojlangan hollarda o‘pka 
arteriyasi ustida П ton aksenti ba’zan (kamdan-kam hollarda) chap qorinchadan 


qonni haydab chiqarilish davri qisqarishi hisobiga П tonning aorta komponenti 
erta paydo bo'ladi va natijada uning ikkilanishi aniqlanadi. Mitral 
yetishmovchiligida ba’zan patologik III ton eshitilishi mumkin. U chap qorinchani 
hajm zo‘riqishi hisobiga yuzaga keladi. Mitral qopqoqcha yetishmovchiligining 
muhim auskultativ belgilaridan biri yurak cho'qqisida eshitiladigan sistolik shovqin 
hisoblanadi.. Mitral yetishmovchilikda sistolik shovqin I tondan keyin yoki u bilan 
birga kelishi mumkin. Shovqin yurak cho'qqisida yaxshi eshitiladi va chap qo'ltiq 
osti sohasiga uzatiladi. Sistolik shovqinni kuchi qon qayta oqimi yo'lidagi anatomik 
tuzilmalar nuqsoniga bog'liq. Nuqson qanchalik katta bo'lsa, shovqin shunchalik 
baland va dag'al xususiyatga ega bo'ladi.
5. Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning oshqozon yarasi. Asosiy klinik belgilar. 
 
Klinik manzarasi. Kasallikning klinik manzarasi yaraning joylashishi, o'lchamlari, 
chuqurligi, oshqozonning sekretor faoliyati, bemor yoshiga bog'lik holda turli-
tuman bo'ladi va asosiy belgisi og'riq simtomi hisoblanadi. Oshqozonning orqa 
devori va kardial qismi yaralarida og'riq ovqat iste’mol qilgandan keyin yuzaga 
keladi va xanjarsimon o'siq asosida joylashadi. Og'riqlar simillovchi, to’mtoq 524 
xarakterda bo‘lib, ko‘p hollarda to‘sh ortiga va yurak sohasiga uzatiladi. Kichik 
egrilik yarasi uchun ovqatdan so‘ng 15-60 daqiqa o‘tgach yuzaga keladigan 
epigastral sohadagi og'riqlar xos. Bemorlarda ko'proq ko'ngil aynishi va jig'ildon 
qaynashi kuzatiladi, qayt qilish esa nisbatan kam uchraydi. Antral yaralarda aniq 
davriylik va “och qoringa” yuzaga keladigan og'riqlar kuzatiladi. Bunda barcha 
bemorlarda oshqozon sekretor faoliyatining oshishi qayd etiladi va kasallik 
qonashga moyillik bilan kechadi. Oshqozonning yuqori qismi yaralarida og'riqlar 
tez-tez kuzatilib, to'sh ortida yoki undan chaproqda joylashadi va xarakteriga 
ko'ra stenokardiya og'riqlariga o'xshab ketadi. O'n ikki barmoqli ichak yarasi 
uchun asosan kechki og'riqlar (ovqatdan 1,5-3 soat o'tgach), och qoringa, tungi 
ovqat iste’molidan keyin paydo bo'luvchi va antatsidlar qabulidan keyin o'tib 
ketuvchi og'riqlar xos. Ular o'ng yonbosh sohasida, ayrim hollarda kindik atrofida, 
qorinning yuqori o'ng kvadratida joylashadi va ba’zan belga, to'sh sohasiga 
uzatiladi. Og'riqlar asosan kesuvchi, sanchuvchi ba’zan to'mtoq xarakterga ega 
bo'ladi. Piyozchadan tashqarida joylashgan yaralarda (kardial va subkardial 
qismlar) og'riqlar prekardial sohaga, chap ko'krakka, umurtqaning ko'krak 
qismiga, o'n ikki barmoqli ichak piyozchasi (ayniqsa orqa devorida) va piyozcha 
orti qismi yaralarida esa og'riq bel, o'ng ko'krak orti, ko'kraklararo oraliq va ayrim 
hollarda o'ng yonbosh sohaga uzatilishi mumkin. Ayrim bemorlarda (24-28 %) 
yara kasalligi atipik kechadi va og'riqsiz yoki boshqa kasalliklami eslatuvchi 

Download 386.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling