Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap


Download 386.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana16.06.2023
Hajmi386.14 Kb.
#1503866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
IKP

• Xuruj bo'lmaganda asbobiy tekshirishlar kam ma’lumot beradi; 
 • Ayrim hollarda og'riq ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo'lib, bemorda havo 
yetishmaslik, ko'krak qafasining siqilishi, keskin holsizlik, o'limdan qo'rqish hislari 
kuzatiladi. 


Stenokardiya xurujida birinchi yordam sifatida quyida sanab o‘tilgan dori 
vositalaridan biri qo'llaniladi.
• nitroglitserin - 0,5 mg 1 tab. til ostiga yoki nitroglitserin kapsulasi (tarkibida 0,5 
mg preparat, kapsula tish bilan yorib til ostiga joylashtiriladi);
• izosorbid dinitrat har 5 daqiqada til ostiga 5 mg dan (3 martagacha) 15 daqiqa 
davomida;
• nitroglitserin dozalangan aerozol, 1-2 nafas olganda (3 martagacha) 15 daqiqa 
davomida; 
 • nitratlami buyurishga qarshi ko'rsatma bo'lganda - qon bosimi va pulsni nazorat 
qilgan holda nifedipin, 5 mg til ostiga yoki chaynashga, p-blokatorlar (egilok, 
metapropolol va boshqalar) qabul qilish tavsiya etiladi. 
12. Qorin old devorining topografik chiziqlari, qorin sohasidagi kvadrantlar va 
organlarning proyektsiyasi 
 
 Oshqozon topografiyasi. Oshqozon epigastrium sohasida joylashgan va katta 
qismi (5/6 atrofida) o'rta tekislikdan chap tomonni egallagan. Oshqozon uzun o'qi 
bilan yuqoridan pastga, chapdan o'ngga va orqadan oldinga yo'nalgan; bunda 
ostium cardiacum umurtqa pog'onasidan chapda VII chap qovurg'a tog'ayi 
orqasida to'sh qirg'og'ida 2,5-3 sm masofada; uning orqa proyeksiyasi XI ko'krak 
umurtqasiga to'g'ri keladi; u qorin old 375 devoridan anchagina uzoqlashgan. 
Oshqozon gumbazi lin. mamillaris sin bo'yicha V qovurg'a pastki qirg'og'iga yetadi. 
Oshqozon boshlang'ich qismi u bo'sh bo'lganda o'rta chiziqda yoki undan bir oz 
o'ngda УШ o'ng qovurg'a tog'ayiga, ХП ko'krak yoki I bel umurtqasiga to'g'ri 
keladi (7-rasm). Oshqozon to'lgan holatida yuqoridan jigaming chap bo'lagi pastki 
yuzasiga va diafragmaning chap gumbazi, orqadan - chap buyrak yuqori qirrasiga 
va buyrak usti bezi, taloq, oshqozon osti bezi old yuzasi, pastda - mesocolon va 
colon transversum, oldindan qorin devori bilan o'ngda jigar va chapda qovurg'alar 
% orasida joylashgan (8-rasm). Oshqozon bo'sh bo'lganda devorlarining qisqarishi 
natijasida chuqurroqqa tortiladi va yuzaga kelgan bo'shliqni ko'ndalang chambar 
ichak egallab, bevosita diafragma ostida oshqozonning old qismida joylashadi. 
Oshqozonning o'lchamlari individual va uning to'lishiga qarab turlicha bo'lishi 
mumkin. O'rtacha cho'zilganda uning uzunligi 21- 25 sm va hajmi shaxsning 
ovqatlanish odatlariga mos ravishda bir litrdan, bir necha litrga yetadi. 


 
13. Oshqozon kasalliklarida og'riq sindromining xususiyatlari. 
 
Og‘riq sindromi. Oshqozon kasalliklariga chalingan bemorlar eng ko'p og'riqqa 
shikoyat qiladilar. Og'riq - a’zo va to'qimalarda joylashgan nerv oxirlarining 
qo‘zg‘atilishi oqibatida yuzaga chiquvchi noxush sezgi ba’zan kuchli chidab 
bo'lmaydigan darajada bo'ladi. Og'riq ko'proq epigastral sohada joylashadi. 
Shuningdek, ushbu sohada og'riqlar ovqat hazm qilish tizimining boshqa a’zolari, 
qorin bo'shlig'i, uning old devori kasalliklarida, mezenterial qon tomirlar 
aterosklerozi, ayrim yurak qon-tomir (miokard infarkti, perikardit, aortaning 
qavatlanuvchi anevrizmasi), nafas tizimi (kmpoz zotiljam, diafragmal plevrit), 
endokrin (masalan, diabet oqibatidagi ketoatsidozda), biriktiruvchi to'qimaning 

Download 386.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling