Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap
Download 386.14 Kb. Pdf ko'rish
|
IKP
40. Gipertoniya kasalligi, xavf omillari, tekshiruv, diagnostika. Profilaktika.
Gipertoniya kasalligi (GK) - surunkali kechuvchi patologik jarayon bo‘lib, uning asosiy klinik belgisi arterial gipertenziyaga (AG) olib keluvchi boshqa ichki a’zolar kasalliklari bilan bog'liq bo'lmagan holda qon bosimini ko'tarilishi hisoblanadi. GK ko'pchilik bemorlarda sekinlik bilan belgilarsiz boshlanadi va aksariyat hollarda birinchi marta qon bosim o'lchanganda, profilaktik tekshirish jarayonlarida yoki sanatoriya kurort kartalari to'ldirilayotganda tasodifan aniqlanadi. Gipertoniya kasalligiga chalingan bemorlami laborator - asbobiy tekshirishlarL Umumiy qon tahlilida ayrim bemorlarda eritrotsitlar, umumiy xolesterin va past va o'ta past zichlikdagi lipoproteidlar miqdori oshadi. Kasallikning ikkinchi va uchinchi bosqichida qonda kreatinin, mochevina ko'rsatkichlarining oshishi va ba’zi hollarda siydikda proteinuriya aniqlanadi. Oftalmoskopiyada kasallikning birinchi bosqichida ko'z tubida o'zgarish kuzatilmaydi, ikkinchi (arteriyalaming tarqalgan yoki chegaralangan torayishi) va uchinchi bosqichida (gemorragiya, ko'ruv nervi so'rg'ichi shishi yoki shishsiz ekssudatsiya hamda atrofiya) GK xos qaytmas o'zgarishlar qayd etiladi. EKG da chap qorincha gipertrofiyasi belgilari, ExoKG da chap qorincha devori va qorinchalararo to'siq qalinlashishi, uni diastolik disfimksiyasi, ko'krak qafasi rentgenografiyasida esa chap qorincha dilatatsiyasi hisobiga kardiotorakal indeks kattalashishi kuzatiladi. 42.Bemorning es hushi va holati. 43.YuIK. O'tkir miokard infarkti. Og'riq sindromining xususiyatlari. Laboratoriya diagnostikasi. EKG ma'lumotlari. Shifokorning taktikasi Miokard infarkti - YIK ning ko'rinishlaridan biri bo'lib, yurak mushaklarining chegaralangan nekrozi hisoblanadi va uning qon bilan ta’minlanishi hamda talabi o'rtasidagi muvozanatning o'tkir buzilishi natijasida yuzaga keladi. Uning asosida toj arteriyalarining aterosklerozi (aksariyat hollarda), spazmi va aterosklerotik pilakchalarga qon quyilishi yotadi. Uning asosiy sababi 95 % hollarda ateroskleroz hisoblanadi - Kutilmaganda paydo bo'luvchi to'sh ortidagi (yurak sohasi, ko'krak qafasida) o'ta kuchli, uzoq vaqt (30 daqiqadan ko'proq) davom etuvchi “xanjarsimon” og'riq, o'limdan qo'rqish hissi; - To'satdan yuzaga keladigan yurak ritmi va o'tkazuvchanligini buzilishi, o'tkir chap qorincha yetishmovchiligi, kollaps yoki shok. Bunda og'riq ikkinchi darajali ba’zan umuman kuzatilmaydi; - Bemor uchun odatiy bo'lmagan, epigastral soha yoki qo'llardagi, bo'yin, tish, pastki jag' sohalaridagi og'riqlar; Laborator - asbobiy tekshirishlar. Miokard infarkti rivojlanganda qonning umumiy va biokimyoviy tahlilida kasallikning davrlariga mos ravishda qator 0‘zgarishlar kuzatiladi Miokard infarktida uning davrlariga mos ravishda EKG da quyidagi 0‘zgarishlar aniqlanadi. 1. Ishemiya sohasi - koronar (teng yelkali, o‘tkir uchli) T tishcha (Q tishchasiz miokard infarktida yuqori musbat va manfiy - transmural miokard infarktida); 2. Ishemik shikastlanish - RS-T oraliqni o‘rta chiziqdan yuqoriga ko'tarilishi (transmural miokard infarktida) yoki pastga tushishi (yurak mushaklarini subendokardial shikastlanishida); 3. Nekroz sohasi - patologik Q tishcha (davomiyligi 30 ms dan keng, chuqurligi >1/3 -1/4R) paydo bo‘lishi R tishcha voltajini pasayishi yoki QS kompleksi. Shuningdek, EKG da kuzatiladigan u yoki bu tarmoqlardagi o‘zgarishga qarab nekroz o‘chog‘ini joylashgan sohasini aniqlash mumkin Download 386.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling