Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap


Download 386.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana16.06.2023
Hajmi386.14 Kb.
#1503866
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
IKP

ikkinchi darajali ba’zan umuman kuzatilmaydi; - Bemor uchun odatiy bo'lmagan, 
epigastral soha yoki qo'llardagi, bo'yin, tish, pastki jag' sohalaridagi og'riqlar; - 
Kutilmaganda bemor ahvolini o'tkir yomonlashishi, yurak yetishmovchiligi, qon 
bosimining tushib ketishi; 318 - EKG ning bir nyechta tarmoqlarida QRS ni 
o'zgarishi. Bu o'zgarishlami awalgi EKG larda bo'lmasligi; - YIK bilan og'rigan 
bemorda asossiz isitmalash (uni ко‘rsatkichlaridan qat’iy nazar),. leykotsitoz, ECHT 
hamda KFK, AST, ALT, LD G va boshqa fermentlar miqdorini oshishi. Klassik 
og'riqlar bilan namoyon bo'lgan miokard infarktida (anginoz turi) yuqoridagi 
belgilar bilan bir qatorda, bemor sovuq, yopishqoq ter bilan qoplanadi va o'limdan 
qo'rqish hissi, qon bosimining tushishi, pulsning tezlashishi, yurak ritmining 
buzilishi, qo'zg'aluvchanlik, ayrim hollarda o'tkir chap qorincha yetishmovchiligi 
belgilari paydo bo'ladi. Kuchli, siquvchi, bosuvchi, kuydiruvchi, “xanjarsimon” 
og'riqlar asosan to'sh ortida joylashib, chap qo'lga, kurak ostiga, jag'ga uzatiladi 
va aksariyat hollarda 40-60 daqiqa, ba’zan esa soatlab davom etadi (status 
anginosus). Bir nechta qabul qilingan nitroglitserin, uzoq vaqt ta’sir qiluvchi 
nitratlar va og'riqni qoldiruvchi narkotik bo'lmagan analgetiklar samara bermaydi. 
Og'riq asosan narkotik analgetiklardan keyin kamayadi yoki o'tib ketadi 
 
38.Portal gipertenziya. Klinik, laborator va instrumental diagnostika. 
.Klinikasi va tashhislash. Klinik amaliyotda portal gipertenziyaning ko'p uchrovchi 
belgilaridan biri portokaval anastomozlar, ya’ni qorin old devoridagi kengaygan 
venalar, bavosil, assit, gepatolienal sindrom (splenomegaliya va gipersplenizm), 
qizilo'ngach - oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketishi portal tizim 


ensefalopatiyasi va jigar shunti, qon zardobida biokimyoviy o'zgarishlar 
ko'rinishida namoyon bo'ladi. Portal gipertenziyaga shubha bo'lgan bemor 
ko'rigida kollateral qon aylanishi belgilari - qorin old devori venalari kengayishi 
va bavoswni aniqlash mumkin. Jigar uSti portal gipertenziyasi mavjud bo'lgan 
bemorlarda kengaygan venalar qorin devorining ikkala yonida, ko'krak qafasi 
orqasida va oyoqlarda joylashadi. Jigar ichi portal gipertenziyada ular kindik 
atrofida (meduza boshi) ko'krak qafasida yoki qov sohasiga tarqalgan bo'ladi. 
Odatda, bemorlarda assit rivojlanishidan oldin ichaklarda gazlar rezorbsiyasining 
buzilishi hisobiga qorin dam bo'lishi kuzatiladi. Sezilarli assit bo'lganda qorin 
aylanasi kengayadi, bemor tik turganida u sharsimon shaklda va osilgan bo'ladi. 
Yotgan holatda esa qurbaqa qomini ko'rinishini eslatadi. Kindik bo'rtib chiqib 
turishi mumkin, qorin devorida oq chiziqlar (striyalar) ko'rinadi. Perkussiyada 
qorin yonbosh yoki yon sohasida bo'g'iq tovush aniqlanadi va tana holati 
o'zgartirilishiga qarab bo'g'iqlik ham siljiydi. Kuchli rivojlangan portokaval 
anastomozda kindik va epigastral sohada shovqin eshitiladi. 
Portal gipertenziyani tashhislash uchun qo'shimcha tekshirish usullaridan rentgen, 
eofagogastroskopiya, teri orqali splenomanometriya o'tkaziladi. Portal bosim teri 
orqali splenomanometriya oshqozon va qizilo'ngach varikoz kengaygan venalarini 
aniqlash rentgen va endoskopik splenomegaliya, UTT, sintigrafiya va 
seliakografiya, astsit (ayniqsa oz miqdordagi suyuqlik) - UTT va kompyuter 
tomografiyasi yordamida aniqlanadi. 
39.Allergologik anamnez. 

Download 386.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling