Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap
Download 386.14 Kb. Pdf ko'rish
|
IKP
bosim qon bosimining yuqori ko'rsatkichi yurak siqilib qonni arteriyalarga haydash
vaqtidagi bosimni ko'rsatadi. Bu sistola vaqtida haydalgan qon arteriya devorlari hamda arterial tizimni to'ldirib turgan qon miqdori tomonidan qarshilikka uchrashi bilan tushuntiriladi. Arteriyalarda bosim ko'tariladi va ular devorining birmuncha kengayishi kuzatiladi. Diastolik bosim qon bosimining past ko'rsatkichi yurak mushaklari bo'shashishi vaqtidagi arteriyalardagi bosimni ko'rsatadi. Diastola davrida arterial bosim pasayadi va arteriya devorlari elastik qisqarishi hamda arteriolalar qarshiligi hisobiga u aniq bir darajada saqlab turiladi. Shu tufayli qon harakatlanishi arteriola va kapillyarlar bo'ylab davom etadi. Diastolik bosim — bu arteriyalardagi eng past bosimdir. Demak, arterial bosim ko'rsatkichi yurakdan aortaga (zarb hajmiga) haydalayotgan qon miqdoriga va periferik qarshilikka proporsionaldir. Gipertoniya kasalligi (GK) - surunkali kechuvchi patologik jarayon bo‘lib, uning asosiy klinik belgisi arterial gipertenziyaga (AG) olib keluvchi boshqa ichki a’zolar kasalliklari bilan bog'liq bo'lmagan holda qon bosimini ko'tarilishi hisoblanadi. GK ko'pchilik bemorlarda sekinlik bilan belgilarsiz boshlanadi va aksariyat hollarda birinchi marta qon bosim o'lchanganda, profilaktik tekshirish jarayonlarida yoki sanatoriyakurort kartalari to'ldirilayotganda tasodifan aniqlanadi. Ba’zi kishilarda doimiy past arterial bosim oliy asab tizimi faoliyatining buzilishi natijasida tomirlar tonusini nerv boshqaruvi o'zgarishi oqibatida kuzatiladi. Bu holat qator klinik belgilar bilan (bosh og'rig'i hamda aylanishi, umumiy behollik va boshqalar) namoyon bo'ladi va amaliyotda neyrosirkulyator (birlamchi) gipotoniya deb ataladi. Shuningdek, doimiy past qon bosimi amaliy sog'lom kishilar, jumladan, sportchilarda (fiziologik gipotoniya) kuzatilishi mumkin. 29. Portal gipertenziya sindromi. Klinik diagnostika. Klinikasi va tashhislash. Klinik amaliyotda portal gipertenziyaning ko'p uchrovchi belgilaridan biri portokaval anastomozlar, ya’ni qorin old devoridagi kengaygan venalar, bavosil, assit, gepatolienal sindrom (splenomegaliya va gipersplenizm), qizilo'ngach - oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketishi portal tizim ensefalopatiyasi va jigar shunti, qon zardobida biokimyoviy o'zgarishlar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Portal gipertenziyaga shubha bo'lgan bemor ko'rigida kollateral qon aylanishi belgilari - qorin old devori venalari kengayishi va bavoswni aniqlash mumkin. Jigar uSti portal gipertenziyasi mavjud bo'lgan bemorlarda kengaygan venalar qorin devorining ikkala yonida, ko'krak qafasi orqasida va oyoqlarda joylashadi. Jigar ichi portal gipertenziyada ular kindik atrofida (meduza boshi) ko'krak qafasida yoki qov sohasiga tarqalgan bo'ladi. Odatda, bemorlarda assit rivojlanishidan oldin ichaklarda gazlar rezorbsiyasining buzilishi hisobiga qorin dam bo'lishi kuzatiladi. Sezilarli assit bo'lganda qorin aylanasi kengayadi, bemor tik turganida u sharsimon shaklda va osilgan bo'ladi. Yotgan holatda esa qurbaqa qomini ko'rinishini eslatadi. Kindik bo'rtib chiqib turishi mumkin, qorin devorida oq chiziqlar (striyalar) ko'rinadi. Perkussiyada qorin yonbosh yoki yon sohasida bo'g'iq tovush aniqlanadi va tana holati o'zgartirilishiga qarab bo'g'iqlik ham siljiydi. Kuchli rivojlangan portokaval anastomozda kindik va epigastral sohada shovqin eshitiladi. Splenomegaliya va Download 386.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling