Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap


Download 386.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana16.06.2023
Hajmi386.14 Kb.
#1503866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
IKP

anamnez va ezofagogastroduodenoskopiya tekshiruvi hal qiluvchi ahamiyatga 
ega. 
Profilaktikasi. Kasallikning profilaktikasi ovqatlanish, ovqat mahsulotlari va 
masalliqlami saqlash tartibiga hamda shaxsiy sanitariya - gigiena qoidalariga 
rioya qilish kabi tadbirlami o'z ichiga oladi. 
Surunkali gastrit (SG) - oshqozon shilliq qavatining yallig'lanishi va distrofik 
o'zgarishlari oqibatida fiziologik regeneratsiya jarayonining buzilishi va bezlar 
atrofiyasi hamda uning motor, sekretor, inkretor faoliyatining o'zgarishi bilan 
kechadigan surunkali kasallik. 
 Etiologiyasi va patogenezi .SG polietiologik kasallik bo'lib, uning kelib chiqishida 
quyidagi omillar ahamiyatga ega:
> Alimentar - ovqat iste’mol qilish tartibi va sifatining buzilishi; 
 > Pilorik qism xelikobakteriyasi; 
 > Autoimmun va nasliy omillar (HLA, Bg, DR3, DR4 antigenlar);
> O't suyuqligi refluksi ta’siri (12 barmoq ichak o'tkazuvchanligining buzilishi, 
pilorik jom yetishmovchiligi) 
 > Ayrim dorilar (GKS, nospetsifik yallig'lanishga qarshi vositalar, rauvolfi 
preparatlari va boshqalar) hamda sanoat va qishloq xo'jaligida ishlatiladigan 
kimyoviy moddalar. 
Laborator-asbobiy tekshirishlar. Ezofagogastroduodenoskopiya yordamida 
tekshirish usuli (ko'rsatmalar bo'lganda biopsiya olish bilan) gastritlami 


tashhislashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu tekshirishda kasallik klinik 
shakliga mos ravishda yuqorida qayd etilgan o'zgarishlar aniqlanadi. 
Profilaktikasi. Kasallikning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasiga ovqatlanish 
tartibiga rioya qilish, mexanik, kimyoviy, termik nojo'ya ta’sirga ega, ya’ni 
oshqozon shilliq qavatiga qo'zg'atuvchi hamda salbiy ta’sir ko'rsatuvchi taomlar 
va ichimliklami (birinchi navbatda spirtli) iste’mol qilmaslik, shaxsiy gigiyena 
qoidalariga rioya qilish, og'iz bo'shlig'i sanatsiyasi va boshqalar kiradi. Kasb bilan 
bog'liq bo'lgan zararli ta’sirlami bartaraf etish, sigareta chekishdan voz kechish 
ham shular jumlasidandir. 
3. Kasallik tarixi sxemasi. Pasport ma'lumotlarining ahamiyati. Asosiy va 
qo’shimcha shikoyatlar. 
4. Mitral qopqoq etishmovchiligi. Gemodinamika. Tekshirish perkussiya va yurak 
auskultatsiyasi 
Mitral qopqoqchalar yetishmovchiligi (mitral yetishmovchilik) deganda 
qorinchalar sistolasi vaqtida qopqoqcha tabaqalarini to'liq yopilmasligi sababli 
qonning chap qorinchadan chap bo'lmachaga regurgitatsiyasi (qayta tushishi) 
tushuniladi.
Gemodinamikadagi о ‘zgarishlar. Mitral qopqoqchalar yetishmovchiligida chap 
qorinchadan chap bo'lmachaga qonni qayta oqib o'tishi hisobiga chap qorincha va 
chap bo'lmacha dilatatsiyasi va gipertrofiyasi , yurakni qon otib berish 
xususiyatining pasayishi bir qator muhim gemodinamik o'zgarishlarga olib keladi. 
Kasallik uzoq davom etganda chap qorinchani qisqaruvchanligi keskin pasayib 
ketadi va bemorda chap qorincha yetishmovchiligi shakllanadi. Bu kichik qon 
aylanish doirasida venoz dimlanish, keyinchalik esa o'pka gipyertenziyasi 
rivojlanishiga sabab bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan o'ng qorincha gipertrofiyasi va 
dilatatsiyasi shakllanadi hamda katta qon aylanish doirasida qon dimlanishi bilan 
kechuvchi o'ng qorincha yetishmovchiligi belgilari yuzaga keladi. 
Perkussiyada chap qorincha dilatatsiyasi hisobiga yurakning nisbiy to'mtoqlik 
chegarasini chapga siljishi kuzatiladi. Chap bo'lmachaning dilatatsiyasi yaqqol 

Download 386.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling