Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap


Download 386.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana16.06.2023
Hajmi386.14 Kb.
#1503866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
IKP

diffuz kasalliklarida (tugunchali periarteriit), qovurg'alararo nevralgiyalarda ham 
kuzatiladi. Shuning uchun bemor oshqozon sohasidagi (yoki epigastral) og'riqqa 
shikoyat qilganda uni quyidagicha tizimlashtirish maqsadga muvofiq: 

 Joylashishi va irradiatsiyasi (tananing orqasiga, kurak yoki to'sh ortiga va 
boshqalar);

 Og'riqning boshlanish va paydo bo'lish vaqti (to'satdan, doimiy, kunduzi yoki 
tunda);

 Og'riqning ovqat qabul qilish bilan bog'liqligi;

 Og'riqning davomiyligi va o'ziga xos xususiyati (doimiy, kesuvchi, to'mtoq, 
tortuvchi, davriy, to'lg'oqsimon); 
 

 Og'riqning mavsumiyligi (kuzda, bahorda);

 Og'riq sindromida antatsidlar, sut, natriy gidrokarbonat va spazmolitiklaming 
samarasi; 
 

 Qayt qilishdan, issiq muolajalardan keyin kamayishi;



 Og^riqning jismoniy yuklama va psixoemotsional stresslarga bog'liqligi 
14. Aorta stenozi. Gemodinamika. Yurak sohasini ko’zdan kechirish, perkussiya va 
auskultatsiya 
Aorta ravog‘i stenozi. Aorta ravog'i stenozi (aortal stenoz) - chap qorinchaning 
chiqish yo'lagini aorta qopqog'i sohasida torayishi hisoblanib, bu jarayon qonni 
chap qorinchadan chiqib ketishini qiyinlashishiga va u bilan aorta o'rtasidagi 
bosim nisbatini keskin oshib ketishiga olib keladi. Aorta stenozi barcha yurak 
nuqsoni bilan og'rigan bemorlami 20 - 25 % ni tashkil etadi, ayollarga nisbatan 
erkaklarda 3 - 4 marta ko'proq uchraydi. 
Gemodinamika о ‘zgarishlari. Aorta stenozida chap qorinchaning konsentrik 
gipertrofiyasi, diastolik disfunksiya, zarb hajmi, koronar perfuziya buzilishi kabi 
gemodinamik o'zgarishlar kuzatiladi. 
Auskultatsiyada o'ngda II qovurg'a oralig'ida dag'al sistolik shovqin va I hamda II 
tonlami o'zgarishi, aksariyat hollarda susayishi eshitilsa ham, ushbu nuqsonga 
yurak cho'qqisida I tonni susayishi ko'proq xos bo'lib, bu gipertrofiyaga uchragan 
chap qorinchani izovolyumik qisqarishi sekinlashishi hisobiga yuzaga keladi. 
Ba’zan o'ng va gipertrofiyaga uchragan chap qorinchalar qisqarishida asinxronlik 
ortishi hisobiga / tonni bo'linishi (ikkilanishi) kuzatiladi. Aorta ustida II ton 
susayadi, kompensatsiya bosqichida IV patologik tonni eshitish mumkin. U chap 
bo'lmacha qisqarish kuchini ortishi hamda taranglashishi va gipertrofiyaga 
uchragan chap qorinchani diastola vaqtida yetarlicha bo'shashmasligi oqibatida 
hosil bo'ladi. Yuqorida qayd qilinganidek sistolik shovqin aorta stenozining muhim 
auskultatsiya belgisi hisoblanadi. Shovqin asosan to'sh suyagining o'ng qirg'og'ida, 
ikkinchi qovurg'alararo sohada eshitiladi. U bo'yin tomirlariga ayrim hollarda 
ko'krak (kuraklar orasiga) yoki qorin aortasiga uzatiladi. Shovqin kuchli va baland 
xususiyatga ega bo'lib, stenoz kuchayib borgan sari intensivligi ortadi. Aorta 
stenozida sistolik shovqin, o'ziga xos rombsimon shaklga ega. Shovqin I hamda П 
tonlarga qo'shilmagan holda butun sistolani egallashi mumkin. Uni kuchi emas 
balki davomiyligi obstruksiya darajasini aks ettiradi. Stenoz darajasi qanchalik 
yuqori bo'lsa, rombsimon shovqin “cho'qqisi” II tonga shimcha yaqinlashadi. 
Uncha kuchli bo'lmagan stenozda shovqin “cho'qqisi” I tonga yaqin joylashadi. 
15.Anamnez turlari 
16.Gepatomegaliya sindromi. Gepatit. Etiopatogenez. Klinika. Profilaktika 
 
.Gepatomegaliya jigar yoki taloq kattalashishi 



Download 386.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling