Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap


Download 386.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana16.06.2023
Hajmi386.14 Kb.
#1503866
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
IKP

hisoblanadi. 
 Yurak auskultatsyasi. Mitral stenoz yakka holda kelganda auskultatsiya vaqtida 
odatda o'pka arteriyasi ustida П tonni ikkilanishi va aksenti, yurak cho'qqisida esa 
“qarsillovchi” I ton, П tondan keyin 0,06-0,12 soniya o'tgach qo'shimcha mitrai 
qopqoqchalarini ochilish shovqini va sistola oldi zo'rayishi bilan kechadigan 
organik diastolik shovqin aniqlanadi. Shovqin bemomi gorizontal holatida, ayniqsa 
chap yonboshiga yotganida yurak cho'qqisida yaxshi eshitiladi. “Qarsillovchi” I 
ton, II ton aktsyenti va mitral qopqoqchalari ochilish tovushi (OS) birgalikda mitral 
stenoz uchun xos bo'lgan - “bedana ritmi” ni yaratadi 
18. 6-savolda yozilgan. 
19. Aorta qopqog'ining etishmovchiligi. Gemodinamika. Yurak sohasini ko’zdan 
kechirish, perkussiya va auskultatsiya. 
 
Aorta qopqoqchalari yetishmovchiligi. Aorta qopqoqchalari yetishmovchiligi 
(aortal yetishmovchilik) uchun qopqoq tavaqalarining diastola vaqtida to'liq 
birikmasligi xos bo'lib, bu aortadan chap qorinchaga qayta diastolik qon oqimi 
yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. 
Gemodinamik о ‘zgarishlar. Aorta qopqoqchalari yetishmovchiligida unga otilib 
chiqqan qonni bir qismini diastola vaqtida qaytib chap qorinchaga tushishi 
(regurgitatsiya) kuzatiladi. Ayrim hollarda orqaga qaytib kelgan qon hajmi yurakni 
otib berish hajmini yarmini tashkil etishi mumkin. Bu jarayon chap qorinchaning 
eksentrik gipertrofiyasi va pirovard oqibatda yurak dekompensatsiyasiga, katta 
qon aylanish doirasi arterial oqimining qon bilan to'lishiga, periferik to'qima va 
a’zolar perfuziyasi buzilishiga, koronar qon aylanishi yetishmovchiligiga sabab 
bo'ladi 


Yurak sohasi ko'rigi va uni paypaslashda cho'qqi turtkisi chap qorincha 
gipertrofiyasi hisobiga kuchaygan, kengaygan (“gumbazsimon”), chapga va 
pastga siljigan. Yaqqol namoyon bo'lgan aorta qopqoqchalari yetishmovchiligida 
cho'qqi turtkisi old qo'ltiq osti chiziq bo'ylab VI qovurg'alararo sohasida kuzatilishi 
mumkin. Sistolik titroq aksariyat hollarda yurak asosida - to'sh suyagining chap va 
o'ng qirrasi bo'ylab, bo'yinturuq chuqurchasi va hatto uyqu arteriyalari ustida 
aniqlanadi. 
 Perkussiyada aorta yetishmovchiligi bilan og'rigan barcha bemorlarda yurakni 
nisbiy bo'g'iqlik chegarasi keskin chapga siljiganligi qayd etiladi. Yurak “beli” aniq 
ifodalangan yurakning aortal shakli xos. Aorta nuqsonini “mitrallashishi” hisobiga 
chap bo'lmacha dilatatsiyasi yuzaga kelganda (yuqoriga qarang) yurak “beli” 
tekislanishi mumkin. 
 Auskultatsiyada aorta va Botkin nuqtasida diastolik shovqin, I va II tonlami 
susayishi eshitiladi. Chap qorinchaning keskin zo'riqishi va qorinchaning 
izovolyumik qisqarishi pasayishi oqibatida yurak cho'qqisida I ton sustlashadi 
ba’zan esa ikkilanadi. Nuqson kelib chiqish sababiga ko'ra II ton kuchayishi, 
susayishi yoki umuman yo'qolishi mumkin. Revmatizm yoki infeksiyali endokardit 
oqibatida qopqoqchalar tabaqalarini deformatsiyalanishi va qisqarishi aortada II 
tonni susayishi yoki umuman yo'qolishiga olib keladi. Aortaning zaxmdan 
zararlanishiga metall tovushli kuchaygan П ton xos (“jaranglovchi” П ton). 
Patologik III ton aorta yetishmovchiligida aksariyat hollarda aniqlanadi. Uni paydo 
bo'lishi chap qorinchani zo'riqqanligi, qisqamvchanlik xususiyati va diastolik 
(tonusi) tarangligi sustlashganligidan dalolat beradi. Diastolik shovqin aorta 
yetishmovchiligiga xos auskultatsiya belgisi hisoblanadi. Shovqin to'sh suyagidan 

Download 386.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling