Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap
Download 386.14 Kb. Pdf ko'rish
|
IKP
og'riqlar bilan namoyon bo'ladi. Yara kasalligining boshqa bir muhim belgisi uning
avj olish cho’qqisida qayt qilishning kuzatilishidir. Odatda qayt qilgandan so'ng bemorlar o'zlarida engillik sezadilar. Dispeptik buzilishlardan eng ko'p uchraydigani jig'ildon qaynashi hisoblanib, ayrim hollarda u kasallikning yagona belgisi bo'lishi mumkin. Shuningdek, taom iste’mol qilgandan keyingi kekirish ham ushbu kasallikka xos bo'lgan belgilardan biri hisoblanadi. Odatda bemorlarda ishtaha buzilmagan, qabziyatga moyillik va kasallikning mavsumiy avj olishlari (bahor va kuz) kuzatiladi. Ko'zdan kechirganda bemor tili oq karash bilan qoplangan va yuqorida qayd etilganidek yara joylashishiga mos ravishda qorinni paypaslaganda og'riq sohasi aniqlanadi 6. Hayot anamnezi (anamnesis vitae) – Tarjimai holga tegishli umumiy ma’lumotlar Uy-joy va maishiy sharoit Zararli odatlari Kasbiy anamnez Allergolok anamnez Akusherlik anamnez 7. Gastrit. Klinik, laboratoriya va instrumental diagnostika. Oldini olish. 2-savolda javobi bor 8. Arterial gipertenziya. AG tasnifi (simptomatik AG). Arterial gipertenziya (AG) tashhisi 18 yoshdan katta kishilarda shifokorga ikki martadan kam bo'lmagan qayta tashrif vaqtida qon bosimi 140/90 mm sim. ust. dan yuqori bo'lganda qo'yiladi Arterial, asosan maksimal bosimning qisqa muddatga ko'tarilishi ayrim hollarda sog'lom kishilarda ham kuzatiladi: • To'yib ovqatlangandan so'ng; • Spirtli ichimliklar, qahva, choy ichgandan keyin; • Yuqori jismoniy yoki aqliy ish vaqtida, ayniqsa ular odatiy bo'lmasa; • Ruhiy qo'zg'alish ham arterial bosimning qisqa vaqt ko'tarilishi bilan kechishi mumkin, bunda minimal bosim maksimalga nisbatan ko'proq oshadi. Quyidagi patologik jarayonlarda arterial gipertenziya vaqtincha kuzatilishi mumkin: • Kuchli og'riq xurujlarida; • Asfiksiyada; • Adrenalin inyeksiyasidan so'ng; • Bosh miyaning ba’zi o'smalarida; • Nikotin bilan zaharlanganda (ko'p chekish oqibatida); • Ayrim hollarda kuchli aqliy va jismoniy ishdan charchagan kishilarda; • Homiladorlar eklampsiyasida. Shuningdek, arterial qon bosimini o'zgarishi qator kasalliklarda kuzatiladi va uning quyidagi ikkita katta guruhi farqlanadi: Essensial (gipertoniya kasalligi) arterial gipertenziya; Simptomatik (ikkilamchi) arterial gipertenziya. Essensial AG yoki gipertoniya kasalligi ilk bosqichlari faqat qon bosimini ko'tarilishi bilan namoyon bo'ladi va mustaqil, surunkali kechuvchi kasallik hisoblanadi. Bosim ko'tarilishi kasallik belgilaridan biri sifatida asosiy patologik jarayon negizida yuzaga kelganda simptomatik AG to'g'risida so'z yuritiladi. Simptomatik AG sabablari aksariyat hollarda quyidagilar hisoblanadi: > Buyrak kasalliklari; > Endokrin kasalliklar; > Aorta koartatsiyasi va aortitlar; > Homiladorlik asoratlari; > Nevrologik kasalliklar; > Dorilar va ekzogen moddalar ta’siri 9. Kasallik tarixi sxemasi. Kasallik tarixi (Anamnesis morbi) qayerda, qachon va qanday sharoitda kasallangan; kasallik qanday boshlangan (o‘tkir, sekin - asta); v bemor fikricha kasallikning sababi nimada. Uning kelib chiqishi va rivojlanishida tashqi omillaming (kasbiy, maishiy, ob-havo va iqlim omillari) ta’sir qilish ehtimoli, jismoniy, ruhiy-emotsional zo‘riqishlar, Download 386.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling