Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   261
Xastalik davosi. Davo chora-tadbirlari umumiy va mahalliy tarzda 
olib boriladi. Umumiy davo tadbirlaridan parxez muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bemor bola 2-3 hafta mobaynida allergiya chaqirishi mumkin 
bo`lgan ovqatlarni iste’mol qilishni to`xtatishi lozim Unga qora non, 
grechixali bo`tqa, yog`sizlantirilgan suzma (tvorog), sabzavotli
go`shtsiz sho`rva, olma va karam (xomligicha) buyuriladi. 
Bemorning onasi yoki qarovchisi parxez taomlar kundaligini 
tutishi va yangi-yangi berilgan ovqat bilan teri yuzasida paydo bo`lgan 
o`zgarishlarni yozib bormog`i lozim. Parxez saqlash bilan bir qatorda 
bemorlarga ichish uchun vitaminlardan: A, B
1
, B
2
, B
6
, folat kislotasi
kaltsiy pantotenati bolaning yoshiga mos miqdorda buyuriladi. Vitamin 
dori-darmonlarini qabul qilish 1 oydan 3 oygacha davom etadi. Xastalik 
(atopik xeylit) umumiy kasalliklarning (atopik dermatit, bolalar endogen 
(ichki) ekzemasi, keng tarqalgan neyrodermit) mahalliy kurinishi 
ekanligini, uning xazm sistemasi a’zolarining xastaliklari, tish, yuz-jag` 
kasalliklari bilan birgalikda kechishini nazarda tutgan holda, organizmni 
xastaliklardan xalos etmoq maqsadga muvofiqdir. Xastalikning mahalliy 
davosi sifatida yiringli jarayonlar bo`lmagan taqdirda lablardagi 
jarohatlar yuzasiga glyukokortikoid dorilardan: ftorokort, flutsinar, 
lorinden va boshqalar dastlabki 3 kun mobaynida kuniga 6 marotaba
keyingi kunlarda 5, 4, 3, 2, 1 marta surtiladi. Shundan so`ng ularni 
surtish to`xtatilib, ular kosmetik krem, rangsiz pomada bilan 
almashtiriladi. Keyingi malxamlar jarohatlangan to`qimalarda moddalar 
almashinuvini yaxshilaydi va ularning tiklanish xususiyatini oshiradi. 
Ba’zan bolalarda ekzemali xeylitga o`xshagan klinik jarayon 
barcha va maktab yoshidagi bolalarning zararli odatlari: qalam va 
ruchkalarni og`izga solib so`rishi oqibatida tarkibida nitrotsellyuloza 
bo`lgan buyok moddalarining organizmga singishi va sovuq shabadali 
kunlarda lablarni tez-tez yalash natijasida ham kuzatilishi mumkin. 
Bunday hollarda yaxshi natijalarga erishish uchun zararli odatlarni 
yo`qotish zarur. Ota-onalar bunga albatta e’tibor bilan qarashlari lozim. 
Lablar va atrof teri yuzasini o`z holiga keltirish maqsadida kosmetik 
kremlar yoki glitserindan foydalaniladi. 


300 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling