Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Surunkali qaytalovchi gerpetik stomatit
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7.6.7. Surunkali qaytalovchi gerpetik stomatit Xastalikning bu turi bolalarda katta yoshdagi kishilarga nisbatal kamroq uchraydi. Ba’zi bir hollarda bolalar orasida gerpes virusnning organizmda saqlanib qolish hollari ham qayd etiladi. Tez-tez shamollashlar, yuqumli kasalliklar va boshqa organizmni zaiflashtiruvchi omillar bunday bolalarda gerpetik stomatit xastaligining qaytalanishiga sabab bo`ladi. Bunday hollarda bolaning umumiy ahvoli deyarli o`zgarmaydi. Ba’zan bola umumiy ahvolining yomonlashuviga gripp, o`pka yallig`lanishi (pnevmoniya) kabi kasalliklarning qo`shilishi sabab bo`lishi mumkin. Xastalikning bunday qaytalanuvchi turida pufakchali toshmalar asosan lablarning qizil hoshiyasi, tanglay shilliq pardasida, milkning alveolyar qismi kamdan kam hollarda til shilliq pardasida yallig`lanadi. Pufakchalarning tezda yorilishi natijasida shilliq pardalarda biz ko`pincha yuzasi och kul rang karash bilan qoplangan eroziya-shilinish 284 belgilarini ko`ramiz. Ularning o`lchamlari 0,2-0,4 mm bo`lib, atrofi qizil hoshiya bilan o`ralgan bo`ladi. O`zaro qo`shilish hollari kamdan-kam kuzatiladi.(39-rasm) Qayd qilingan eroziya-shilinishlar natijasida hosil bo`lgan jarohatlar tezda (3-5 kunda) sog`lom epiteliy bilan qoplanib bitadi. Ikkilamchi infeksiya ta’siridagina jarohatlarning bitishi ancha sekinlashishi mumkin. Ba’zan bu xastalik uchlamchi (troynichnыy) nerv tarmog`i bo`ylab og`riq paydo bo`lishi bilan kechnshi mumkin. Surunkali qaytalovchi gerpetik stomatitda davolash chora-tadbirlari aynan o`tkir gerpetik stomatitdagidek amalga oshiriladi. 7.6.8. Gerpangina (herpangina, virusli angina) Bu xastalikning chaqiruvchisi Koksaki (Esno) virusi hisoblanadi va u barcha yoshdagi bolalarda qayd qilinishi mumkin. Kasallik tanglay murtaklarining kataral yallig`lanishi bilan boshlanadi. Bunday hollarda murtaklar kattalashib qizaradi. Xastalikning virus yuqqandan keyingi 2-4-kunlarida murtaklar shilliq qavatida, yumshoq tanglayda va uning yon pardalarida (dujka) 1-2 tadan, ba’zan ko`proq eroziya-shilinish belgilari qizargan shilliq parda sathida paydo bo`ladi Belgilar paydo bo`lganda ovqat yutish paytida og`riq seziladi. Jarohatlangan shilliq parda sog`lom epiteliy bilan qoplanib, uning tiklanishi ancha sekinlik bilan (ayniqsa surunkali tonzillit xastaligiga chalingan bolalarda) boradi. Davolash chora-tadbirlari mahalliy tarzda (simptomatik) o`tkaziladi. Og`iz bo`shlig`i gigiyenasini saqlash, ikkilamchi infeksiyaga qarshi kurashish, og`riqsizlantirish kabi chora-tadbirlarni to`gri amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi Jarohatlangan shilliq pardaga, yallig`lanishga qarshi dori-darmonlar shilliq pardaning tiklanishini ta’minlovchi (kerato-plastik) malhamlar, ingalipt, oksikort, kameton kabi dori moddalarni purkash ancha qulay va foydalidir. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling