Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik manzarasi.
7.6.4. Suv chechagi. Mazkur kasallikni filtrlanuvchi viruslar chaqiradi, havo-tomchi yo`li bilan yuqib, inkubatsiya davri 10-20 kungacha cho`zilishi mumkin. Yoshi 6 oygacha bo`lgan bolalar bu xastalik bilan og`rimaydi. 6 oydan 10 yoshgacha bo`lgan bolalar guruxida mazkur kasallik ancha keng tarqalgan. Klinik manzarasi. Kasallik keskin boshlanib tana harorati 37- 38 0 S ga ko`tarilib terida toshmalar paydo bo`ladi. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida nuqtali dog`lar va pufakchalar yuzaga keladi va ular yorilishi oqibatida eroziyalar paydo bo`ladi. Bu eroziyalar juda og`riqli bo`ladi, sarg`imtir tusli karashlar bilan qoplanadi va bir necha kundan so`ng chandiqsiz bitib ketadi. Teridagi toshmalar lablarda pufakcha shaklida atrof terida, badan terisida oldin qizg`ish, och qizil rangdagi tugunchalar sifatida yuzaga kelib bir necha soat ichida pufakchalarga aylanadi. Pufakchalar oval, dumalok shaklda bo`lib o`lchamlari 1-2 mm dan 5 mm gacha bo`ladi. Pufakchalar taranglashgan, yaltiroq bo`lib atrofi qizil hoshiya bilan o`ralgan, ekssudati tiniq. 2-3 kundan so`ng ular qurib, jigarrang po`stloqchalarga aylanadi va 2-3 xaftadan so`ng iz qoldirmay 278 to`kilib ketadi. Toshmalar toshishi bir necha kun davom etishi munosabati bilan terida va shilliq pardalarda yolg`on polimorfizm kuzatiladi. 7.6.5. Yuqumli mononukleoz (Filatov kasalligi). Ko`pchilik kasallik qo`zgatuvchisi virus deb hisoblanadi. Inkubatsiya davri 5 kundan 15 kungacha davom etadi. Klinik manzarasi. Kasallik o`tkir boshlanib tana harorati ko`tariladi, umumiy zaharlanish belgilari paydo bo`ladi. Jag` osti, bo`yin, quloq oldi limfa tugunlarining kattalashuvi, halqum sohasida lakunar, follikulyar anginalarning yuzaga kelishi kasallikning birinchi belgilari bo`lib hisoblanadi. Keyingi va asosiy klinik belgi bo`lib jigar va taloqning kattalashuvi (gepato-splenomegaliya) hisoblanadi. Ko`pchilik bolalar og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida tarqalgan kataral yallig`lanish va qon quyilish belgilari kuzatiladi. Ba’zilarida shilliq parda eroziyasi, aftaga o`xshash yaralar ham sodir bo`ladi. Shilliq pardadagi o`zgarishlar sekin kechuvchi yarali-nekrotik jarayonga aylanadi. Tashxis. Umumiy qon analizidagi o`zgarishlar asosida ko`yiladi. Leykotsitlar soni 20·10 9 -25·10 9 /l. ni monotsitlar va limfotsitlar oq qon tanachalarining 60-70% ni tashkil qiladi. Qonda atipik bazofil mononuklearlar paydo bo`lishi va trombotsitlar sonining kamayishi (40·10 9 /l. gacha) yuqumli mononukleozlar uchun harakterlidir. Yuqumli mononukleoz difteriya va boshqa har xil anginalar bilan qiyosiy tashxis qilinadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling