Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


O`tkir yuqumli xastaliklarda davo choralari


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   261
O`tkir yuqumli xastaliklarda davo choralari. O`tkir yuqumli 
kasalliklarda asosiy davo choralarini infeksionist-pediatr olib boradi. 
Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida sodir bo`ladigan yallig`lanish 
jarayonlari va ular asorati bilan stomatologlar kurashadi. Mahalliy davo 
choralarining asosiy maqsadi og`iz bo`shlig`i sanatsiyasi va ikkilamchi 
infeksiya hurujini olishga qaratilgan bo`lishi lozim. Buning uchun og`iz 
shilliq pardasi mahalliy og`riqsizlantirilib (anestezinning yog`li eritmasi, 
novokain eritmasi, piromekain eritmasi yordamida), KMnO
4
ning 
1:6000 li eritmasi, vodorod peroksidining 1% li eritmasi yordamida 


279 
antiseptik yuviladi. Yarali shikastlanishlarda 0,25% li xloramin, 0,02% li 
furatsilin eritmasi yordamida ishlov beriladi. Yaralar yuzasini 
karashlardan tozalash uchun uning yuzasiga proteolitik fermentlardan: 
tripsin, ximotripsin yoki ximopsinning fiziologik suyuqlikdagi 
eritmasidan foydalanish mumkin. 
Tishlar orasi va tish-milk cho`ntagi o`tmas ninali shpritsdan 
foydalanib yaxshilab yuviladi. Tish karashlari va toshlari tozalanadi. 
Ichish uchun albatta sezgirlikni pasaytiruvchi dori-darmonlar buyuriladi 
(5-10% li glukonat kaltsiy 1 choy qoshiqdan, kuniga 3 marta, dimedrol, 
diazolin, tavegil va boshqalar bolaning yoshiga qarab). Ko`proqq 
suyuqlik (choy, kompot, mineral suv) ichish, suyuq, yumshoq ovqatlar 
istemol qilish buyuriladi. Ovqkatlar tez hazm bo`ladigan va yuqori 
kalloriyali bo`lishi shart. 
7.6.6. O`tkir gerpetik stomatit. 
Bu kasallik 1 yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan bolalar og`iz bo`shlig`i 
shilliq pardasi xastaliklarining 70-80 foizini tashkil qiladi. Kasallik 
qo`zg`atuvchisi oddiy gerpes (toshma) virusi hisoblanadi. Bu virus axoli 
orasida keng tarqalgan viruslardan hisoblanadi. Kasallik tarqatuvchi 
manbaa bo`lib, xastalikka uchragan bolalar yoki kishilar hisoblanadi. 
Kattalarda kasallikning yengil, qaytalanuvchi turlari qayd qilinadi. Og`iz 
shilliq pardasi bu xil virus ta’sirida yallig`lanishining yosh bolalarda 
og`ir kechishiga (1-3 yoshgacha), homila paytida yoki ko`krak suti 
orqali ona organizmidan bolaga o`tgan sust (tayyor antitela shaklidagi) 
immunitetning yo`qolishi, bu yoshda organizm himoya vositalarining 
to`liq shakllanmaganligi, bolaning tez-tez kasallanishi natijasida 
organizmning kuchsizlanishi, tez-tez shamollashlar sabab bo`ladi. 
Kasallik havo-tomchi (vozdushno-kapelnыy) yo`li orqali, xastalikka 
uchragan bolaning o`yinchoqlaridan, idish-tovoqlaridan foydalanilganda 
yuqadi. O`tkir gerpetik stomatit kasalligining yashirin davri virus 
organizmga yuqqanidan keyin 3 kundan 6 kungacha davom etishi 
mumkin. 
Xastalik klinik kechishiga qarab, uch xil shaklda qayd etiladi: 1) 
yengil shakl; 2) o`rtacha og`irlashgan shakl; 3) og`ir kechuvchi shakl. 


280 
Kasallikning har bir shaklida to`rtta rivojlanish bosqichi kuzatiladi: 
1) prodromal-kataral yallig`lanish bosqichi; 2) toshmalar paydo bo`lish 
bosqichi; 3) klinik belgilarning kuchayish bosqichi (razgar); 4) tuzalish 
bosqichi. 
O`tkir gerpetik stomatitning yengil shakli prodromal bosqichning 
kuchsiz namoyon bo`lishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqich ko`pgina 
hollarda ota-onalar uchun sezilmagan holda o`tishi mumkin. Toshmalar 
eroziya shilinish shaklida namoyon bo`ladi. Bunda yuzaga kelgan 
birinchi belgi - pufakchalar tezda yoriladi va klinik ko`rinishni 
aniqlashga ulgurilmaydi. Pufakchalar og`iz bo`shlig`i epiteliy qavatining 
orasida hosil bo`ladi va ustki po`stloq devori juda yupqa bo`lganligidan 
tezda yoriladi. og`iz shilliq pardasiga toshmalar toshishi bir necha 
soatdan 1-2 sutkagacha bo`lgan davr mobaynida aniqlanadi, og`iz shilliq 
pardasi ko`zdan kechirilyotganda oldingi bir necha tishlar atrofidagi 
milk so`rg`ichlarining qizarib, shishganligini ko`rish mumkin. Bu yengil 
kataral yallig`lanish belgisidir. Bolalar bunday hollarda ovqatlanish, 
so`rg`ich so`rish paytidagi og`riqdan shikoyat qiladilar. Tana harorati 
subfebril, bolaning umumiy ahvolida o`zgarish sezilmaydn. 
Xastalikning o`rtacha og`irlashgan va og`irlashgan shakllari 
bolaning umumiy ahvolida o`zgarish paydo bo`lishi bilan boshlanadi. 
Tana harorati 38-40° S gacha ko`tariladi, umumiy zaharlanish belgilari 
paydo bo`ladi, bolaning ishtaxasi yomonlashadi, u ovqat yeyishdan bosh 
tortadi. Prodremal bosqich 1-4 kun mobaynida davom etadi. Bu bosqich 
davomida milk shilliq pardasi qizaradi, shishinqiraydi, paypaslab 
ko`rilganda jag` osti limfa tugunlarining kattalashgani aniqlanadi. 
Keyingi bosqichda og`iz shilliq pardasining ko`proqq oldingi qismida: 
tanglayda, milklarda, lunj, lablar sohasida, yuqori, pastki lablarning qizil 
hoshiyasida va ayniqsa yuz sathining atrofidagi teri qismida toshmalar 
paydo bo`ladi. 
Lablarning qizil hoshiyasi va yuzning teri qismida pufakchalarni 
aniq ko`rish mumkin. Pufakchalar ichidagi suyuq ekssudat tiniq seroz 
yoki qon aralashgan holda bo`lib, keyinchalik ularning ko`rishi 
natijasida o`rnida oqish-rangsiz yoki to`q qizil po`stloq hosil bo`ladi. 
Toshmalar kasallikning o`rtacha og`ir shaklida 2-3 kun, og`ir shaklida 


281 
esa 4-5 kun mobaynida paydo bo`lib turadi. Ba’zi bir hollarda uzoqroq 
davom etishi ham mumkin. 
Xastalikning og`ir shaklida hosil bo`lgan pufakchalar tezda yorilib, 
bir-biri bilan qo`shilishi natijasida og`iz shilliq pardasiniig lab, lunj, til, 
tanglay, ba’zi bir hollarda yutqin sohalarida katta yuzaga ega bo`lgan 
jarohatlar yuzaga keladi.(37-rasm) Bunday hollarda milk sathining 
kuchli kataral yallig`lanishi kuzatiladi. Milklarda kuchli qizarish, shish 
paydo bo`ladi va eroziya (shilinish) aniqlanib, shilliq pardaning 
butunligi buziladi. Milk cho`ntaklaridan quyqasimov suyuqlik sizib 
chiqadi. Bolalarning umumiy ahvoli butun toshmalar toshish bosqichi 
davomida og`irlashadi. Ular ovqat, suvdan butkul bosh tortadilar. Bu 
holat organizmning umumiy zaharlanishini kuchaytiradi. Tana harorati 
ko`tarilib, bolaning uyqusi buziladi. Ba’zan og`ir hollarda ich ketishi
qusish yoki ich yurishmay qolishi mumkin. Xastalikning og`ir 
kechishiga, bolaning umumiy ahvolining bu qadar yomonlashuviga 
shilliq pardaga tushgan viruslarning tezda ko`payishi, ular ishlab 
chiqargan zaharli moddalarning qonga o`tishi va markaziy asab 
sistemasining tegishli markazlarini qo`zg`atishi sabab bo`ladi. Viruslar 
va mikroblar ta’sirida bola organizmining immunologik himoya 
vositalari zaiflanadi. Xastalik paytida bola organizmi suvsizlanadi, og`iz 
bo`shlig`ining me’yordagi gigiyena holati buziladi. O`tkir gerpetik 
stomatit xastaligi o`zining klinik belgilari va kechishi bilan bir qator 
xastaliklarga o`xshab ketadi. Shuning uchun kasallikni to`g`ri aniqlash 
maqsadida uni ekssudatli eritema va medikamentoz stomatit kabi 
xastaliklardan farqli (differensial) tashxis qilinadi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling