Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
O`zlashtirish darajasini anshlash uchun savollar
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zlashtirish darajasini anshlash uchun savollar 1. Qanday sharoitlarda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi jarohatlanadi? 2. Bola tug`ilganidan keyingi birinchi oylarda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida yuzaga keladigan mexanik jarohatlyar qanday yuz beradi? 3. Bednar yarasining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 4. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi qanday sharoitlarda sirotga uchrashi mumkin? 5. Travmatik jarohatlarni umumiy davolash nimalarni o`z ichiga oladi? 6. Kimyoviy jarohatlanishda birinchi yordam nimadan iborat? 7.6. Infeksiya sababli og`iz bo`shlig`i shilliq qavatida yuzaga keladigan o`zgarishlar Keyingi paytlarda bolalar orasida lablarning qizil hoshiyasida, unga birlashib turuvchi teri sathida va og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida surunkali tarzda kechadigan ekzematoz xeylit (lablarning yallig`lanishi), o`tkir gerpetik stomatit va ekssudatli eritema xastaliklarining ikkilamchi streptokokkli, strepto-stafilokokkli mikroblar bilan ifloslanishi natijasida yiringli belgilar vujudga kelish hollari ko`p uchramoqda. Bayon qilingan xastaliklarning klinik kechishida birinchi o`rinda o`tkir yiringli jarayonli belgilar kuzatiladi. Lablarda va unga birlashib turgan teri sathida qalin yiringli (asal rangida), sarg`ish po`stloqlar hosil bo`ladi. Po`stloqlar ajratilganda o`rnida yiringli jarohatlar paydo bo`ladi.(38,40-rasmlar) Yiring bilan qoplangan ikkilamchi belgilar lablar va til shilliq pardasida ham aniqlanadi. Shilliq parda yiringli jarohatlari yuza qavatda hosil bo`lishiga qaramay og`riqli, yuzasi yumshoq va oson ajraladigan g`ovak fibrinli karash bilan qoplanib turadi. Oldingi tishlar atrofidagi milklarda o`tkir kataral yallig`lanish belgilari paydo bo`ladi. Jag` osti 273 limfa tugunlari kattalashib, paypaslaganda og`riq seziladi, ayrim hollarda yiringli yallig`lanish jarayonlari vujudga kelishi mumkin. Bolalarning tana harorati ko`tariladi va umumiy zaharlanish belgilari paydo bo`ladi. Bunday xastalikka uchragan bemorlarni davolashda jarayonni vujudga keltirgan asosiy kasalliklar e’tiborga olinmog`i lozim. Mahalliy davo tadbirlarini amalga oshirish chog`ida lablardagi, ularning atrof terisi sathidagi yiringli po`stloqlar ilitilgan o`simlik moyiga aralashtirilgan anestezinli aralashma bilan yog`lanadi va yumshatiladi. Yumshagan po`stloqlar 1 % li iliq vodorod peroksidiga ho`llangan steril salfetkalar yordamida ohista jarohatdan ajratib olinadi. Og`iz shilliq pardasi mahalliy og`riqsizlantirilgandan so`ng, 0,5-1% li vodorod peroksidi, so`ngra kaliy permanganatning 1:10000 nisbatdagi eritmasi, 0,1-0,25% li xloramin eritmasi yoki oqsillarni parchalovchi fermentlar (tripsin, ximotripsin) eritmalari bilan tozalanadi. Ekzemali xeylit yoki boshqa allergik xastaliklar bilan og`rigan bolalarning lab, teri jarohatlariga, og`iz shilliq pardasiga neomitsinli, dibomitsinli, eritromitsinli, polimiksinli, sintomitsinli antibiotikli emulsiyalar va malxamlar (maz) surtish mumkin. Dori moddalariga nisbatan o`ta sezgir va ekzemali xeylit xastaligiga uchragan bolalardagi yiringli jarohatlarga esa antibiotikli malhamlar, albatta ularga glyukokortikoid gormonli malxamlar (dermozolon, oksikord) ni aralashtirib surtiladi. Uy sharoitida shilliq parda, teri jarohatlariga antiseptik tozalash (obrabotka)dan keyin buyurilgan malkam dorilar har 1 soat vaqt oralig`ida (kechasi ham) surtiladi. Bayon qilingan xastalikka uchragan bemorlarga umumiy davo tadbirlarini qo`llash ularning sog`ayishini tezlashtiradi. Ana shu maqsadda xasta bolalarga ichish uchun sulfanilamidli tabletkalar, kaltsiy glyukonati, sezgirlikni pasaytiruvchi dorilar (tavegil, suprastin) yoshga mos ravishdagi miqdorlarda buyuriladi. Ana shu davr mobaynida bolalarni cho`miltirmaslik lozim. Kiyimlari tez-tez almashtirilib, qo`llariga toza latta qopchalar kiygiziladi, bu esa yiringli jarohatlarga tegsa ham kasallikning tananing sog` qismlariga ko`chishi ehtimolining oldini oladi. Qo`llarga kiygizilgan qo`lqopchalarni har 1-2 soat vaqt |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling