Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
25-rasm. Muguzli tangachalar. 26-rasm. Qatqaloq shakldagi po`stloq. Qatqaloq - po`stloq (korka - crusta) - pufakchalar, pufaklar, shilinish va yaralarning ko`pchib, ularniyag tarkibidagi suyuqlikning shimilib ketishi natijasida yuzaga keladigan belgi. (26-rasm). Chandiq (rubets-cicatrix) - shilliq pardaning yallig`lanish jarayonida surilib ketgan hususiy qavatining kollagen tolali qo`shuvchi to`qima bilan almashinuvidan hosil bo`lgan belgi. (27-rasm). 268 27-rasm. Shilliq parda chandig`i. 7.4. Mexanik travmalar natijasida yuzaga keladigan og`iz bo`shlig`i shilliq qavatining jarohatlari Bolalarda og`iz bo`shlig`i shilliq qavatning mexanik ta’sirotlardan jarohatlanishi, ko`pgina hollarda shikastlangan tishlarning o`tkir qirralari va ular og`ziga solib o`ynaydigan predmetlar ta’sirida kuzatiladi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda bu xil jarohatlanish vaqtidan oldin yoki tug`ma o`sib chiqqan, ayniqsa pastki jag` markaziy kurak tishlarining mexanik ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda jarohat-yara tilning ostki yuzasida paydo bo`ladi.(34-rasm) Til ostki yuzasining jarohatlanishi bola ona ko`kragini so`rayotgan paytlarda aniqlanadi. Bunday hollarda shilliq qavat jarohatini bartaraf etish uchun o`sib chiqqan tishlar olib tashlanadi. Bir yoshgacha bo`lgan bolalarning uzoq muddat uzun so`rg`ich so`rishi natijasida qattiq tanglayning yumshoq tanglayga o`tish chegarasida shilinishlar (eroziya) vujudga kelishi mumkin. Bu xil shilinishlar yaxshi o`sayotgan, sog`lom bolalarda tezda o`tib ketadi. Ba’zi bir hollarda bolalar o`zlarini noxush his qilishlari, injiqlanib ona ko`kragini so`rmay qo`yishlari mumkin. Og`iz bo`shlig`ining shilliq qavati ko`zdan kechirilganda (ayniqsa, tanglay sohasida) shilinish yoki yara hosil bo`lganining guvoxi bo`lamiz. Bu belgilar yuzasi ko`pchigan fibrinli karash bilan qoplangan va atrofi qizg`ish hoshiya bilan o`ralgan bo`lsa, bu xol ikkilamchi infeksiya ta’sirida yallig`lanish jarayonining boshlanganligidan darak beradi. Bunday vaziyatlarda shifokor muolajasi og`iz bo`shlig`ini, jarohat yuzasini shifobaxsh o`simliklardan (shalfey, romashka, kalendula, achchiq damlangan choy va boshq.) tayyorlangan 269 damlamalar bilan (rezina ballonchalar yordamida) tez-tez yuvib turishdan iborat bo`ladi. Yuvilgan jarohat yuzasini shilliq parda hujayra va to`qimalarining tiklanishiga yordam beruvchi malhamlar (na’matak moyi, oblepixa moyi, vinilin, salkoseril, jalanxoe yog`i) bilan moylash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling