Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Gonokokkli stomatitni davolash stastionar sharoitda olib
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo’g’maning davosi.
Gonokokkli stomatitni davolash stastionar sharoitda olib
boriladi. 1 sutkada 10 (ME) XB dozadagi benzilpenistillin vena ichiga kamida 3 kun yuboriladi. Keyinchalik davolash ambulator sharoitda ampisillin bilan (kuniga 2 g dan 7-10 kun) davom ettiriladi. Shuningdek ampisillinni dastlabki 3 kunda kuniga 3,5 g dan 1g probenestid bilan birga, so’ngra o’zini 0,5 g dan 7 kun q’abul q’ilish ham samarali ta’sir ko’rsatadi. Ekstragenital so’zakning hamma shakllarida ftorxinolon guruhi preparatlari yaxshi natija beradi. Kasallikning o’tkir osti bosq’ichida antibiotikoterapiya davrida monovaksinalar, pirogenal in’eksiyalari tavsiya etiladi. Bo’g’maning davosi. Bo’g’ma bilan kasallanganlar va unga shubha q’ilinganlar maxsus infekstion bo’limlar yoki bokslarga gospitalizastiya q’ilinadi. Asosiy davolash chora-tadbiri - otlar (bo’g’ma anatoksini bilan giperimmunizastiya q’ilingan) q’onidan olingan bo’g’maga q’arshi zardobni yuborish: uning dozasi kasallikning og’ir-engilligiga bog’liq’dir. Zardob birinchi marta yuborilganda bo’lib-bo’lib yuboriladi: dastlab teri ichiga 0,1ml suyultirilgan (1:100) zardob yuboriladi, ya’ni sezgirlikka sinama q’o’yiladi. 30 daq’iq’adan so’ng manfiy reakstiya kuzatilsa, teri ostiga desensibilizasiya maq’sadida 0,1ml suyultirilmagan zardob yuboriladi, yana 30 daq’iq’adan so’ng hech q’anday nojo’ya 260 ta’sir kuzatilmasa, mushak orasiga dastlabki terapevtik dozaning q’olgan q’ismi yuboriladi. Agar teri ichi sinamasi musbat bo’lsa, “Zardobni q’o’llash yo’riq’nomasi”ga muvofiq’ zardob sxema bo’yicha bo’lib- bo’lib yuboriladi. Mahalliy va tarq’algan shaklli og’iz-halq’um bo’g’masida bo’g’ma pardasi kichraymasa, zardob 24 soatdan keyin takror yuboriladi. Og’iz halq’umning toksik bo’g’masida zardob intoksikastiya, og’iz halq’um shilliq’ q’avatidagi shish, parda va regionar limfa tugunlarining kattalashishi kabi belgilarning kamayishiga q’arab har 12 soatda yuboriladi. Bo’g’maning toksik shaklida difteriyaga q’arshi zardob bilan bir vaq’tda nomaxsus dezintoksikastion terapiya o’tkaziladi. Hiq’ildoq’ bo’g’masida namlangan kislorod bilan ingalyasiya q’ilish buyuriladi. Hiq’ildoq’ bo’g’masi og’iz halq’umning toksik difteriyasi bilan birga kuzatilganda glyukokortikoid gormonlar tavsiya q’ilinadi. Asfiksiyaning rivojlanishi jarrohlik aralashuvini talab q’iladi. Hiq’ildoq’ bo’g’masida keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklarni q’o’llab, so’ngra traxeobronxeal tarmoq’q’a doimiy drenaj q’o’yish ahamiyatga egadir. Yurak glikozidlarini va kaliy preparatlarini vena ichiga yuborish yurak ritmiga ta’sir q’ilishi tufayli mumkin emas. Antikoagulyant sifatida geparin ishlatiladi. Prednizalon, voltaren yoki indometastin, riboksin, kurantil, vitamin C, V 6 va kokarboksilaza, insulinli 10-20% li glyukoza eritmasi tavsiya etiladi. Poliradikulonevritni davolash maq’sadida strixnin nitrat, V 1 , V 6 vitaminlari parenteral, prozerin va (yoki) galantamin buyuriladi. Tuzalish davrida fizioterapiya, massaj, DJT q’o’shiladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling