Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   261
 
 
 
 
 
 
 
36-rasm. OIV da og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati kandidozi 
Q’aytalanuvchi gerpetik stomatit ko’pincha labning q’izil 
hoshiyasida joylashadi, ba’zan atrofidagi teri sohalari ham q’o’shilib 
ketishi mumkin. Pufakchalar tez kattalashib, birlashadi va ikkilamchi 
infeksiya q’o’shiladi. Pufakchalar yiringlaydi, natijada to’q’ sariq’ 
rangdagi po’stloq’ hosil bo’ladi, ular olib tashlanganda o’rnida eroziya 
yoki yara ko’rinadi. Q’attiq’ tanglay va milkdagi zararlanish belgilari 


256 
mayda pufakchalar ko’rinishida bo’lib, ular tez yoriladi va shilliq’ 
q’avatning yarali zararlanishiga olib keladi. Klinik belgilar shamollash, 
stress, respirator infeksiyalar q’o’shilganda kuchayadi. 
O’tkir uchli kondilomalar. Joylashishiga ko’ra kasallanish 
belgilari turlicha: o’tkir uchli yoki yassi yuzali bo’rtmalar ko’rinishda 
bo’lishi mumkin.
Milkda yoki q’attiq’ tanglayda joylashganda o’tkir uchli ko’rinishda 
bo’ladi. Yonoq’da va lablarda joylashganda klinik ko’rinish fokal 
epitelial giperplaziya belgilarini eslatadi, ya’ni: yumaloq’, yuzasi biroz 
ko’tarilgan va diametri 5mm atrofida buladi. 
Tukli til leykoplakiyasi. Jarohatlanish o’chog’i tilda joylashadi, 
lekin o’lchami va tashq’i ko’rinishi turlicha bo’ladi (37-rasm). Tilning 
yon, orq’a, ustki yuzalarida aniq’lanadi yoki butun tilni q’oplab oladi . 
 
37-rasm. OIV da tukli til leykoplakiyasi. 
Shilliq’ q’avat oq’imtir tusni oladi, lekin giperkeratoz kuzatilmaydi. 
Palpasiyada zichlashish sezilmaydi, bu esa kasallikning ushbu shaklini 
yumshoq’ leykoplakiya deb nomlanishiga sabab bo’ladi. Jarohat 
o’chog’i tilning chap va o’ng taraflarida, ya’ni bilateral yoki bir 
tomonlama joylashishi mumkin. Mahalliy yoki tarq’algan jarohatlarda 
shilliq’ q’avat o’zgaradi, buramalar yoki bo’rtmalar ko’rinishida 
ko’tariladi, bu esa tashq’i ko’rinishidan sochlarni (tuklarni) eslatadi. 
Shuning uchun ham tukli leykoplakiya nomi berilgan. Diskomfortdan 
boshq’a sub’ektiv belgilar kuzatilmaydi. 


257 
Gistologik, 
virusologik, 
shuningdek 
serologik 
tekshirishlar 
natijasida yumshoq’ tukli leykoplakiyaning sababchisi Epshteyn-Barr 
virusi ekanligi aniq’langan. 
Shunday q’ilib, OIV infeksiyasida kasallikning dastlabki, ya’ni 
immuntanq’islik rivojlanguncha bo’lgan davrida og’iz bo’shlig’ida 
restidivlanuvchi (q’aytalanuvchi) kandidoz va gerpes paydo bo’ladi - bu 
kasallikning ilk ko’rinishidir. Ularning og’iz shilliq’ q’avatidagi 
(yonoq’, q’attiq’ va yumshoq’ tanglay, milk, til, shuningdek lablar) og’ir 
ko’rinishlari immuntanq’islik rivojlanishi bilan ortib boradi va OITS 
bosq’ichida eroziv-yarali ko’rinishda namoyon bo’ladi. Aynan shuning 
uchun ham, og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatida q’aytalanuvchi 
patologiyaga ega odamlar OIV infeksiyasiga tekshirilishlari lozimdir. 
Shunday q’ilib, stomatolog-vrach yoki assistent-stomatolog ish 
vaq’tida va tish texnigi tish q’oplamalari hamda protezlar uchun q’olip 
olayotganda bemordan havo-tomchi yoki kontakt yo’li orq’ali kasallikni 
yuq’tirib olishi mumkin. Chunki q’abulga kelgan bemor infeksiya 
tashuvchisi yoki yuq’umli kasallikning yashirin davrida (kontagioz 
bosq’ichida) yoki rivojlanish davrida yurgan bo’lishi mumkin. Yana, 
shuningdek, asboblar yaxshi dezinfeksiya q’ilinmaganda parenteral 
infeksiyalar tarq’alishi mumkin. O’z navbatida shifokorning o’zi ham 
kasallik manbai bo’lishi mumkin. Shuning uchun buni doim yodda 
saq’lash va zarur hollarda ehtiyot choralarini ko’rish lozim. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling