Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   261
O’rab oluvchi temiratki - teriga vezikulyoz toshmalarning toshishi va 
nerv tolalarining zararlanishi tufayli og’riq’ sindromi bilan xarakterlanuvchi 
virusli kasallik bo’lib, q’o’zg’atuvchisi Varicella zoster hisoblanadi. 
Gerpes haq’idagi birinchi ma’lumotlar eramizdan ancha oldin 
aniq’langan. Gerpes nomi grekcha "herpete" so’zidan olingan bo’lib, 
"o’rmalash" degan ma’noni bildiradi. Ushbu ma’no kasallik rivojlanishini 
klinik tasviri bilan bog’liq’, bunda pufakchalar nerv oxirlari yo’li bo’yicha 
bir chiziq’ bo’ylab tarq’aladi, "o’rmalaydi". Kasallik keng tarq’algan. 
Ko’pincha o’rta va katta yoshdagi odamlarda, kam hollarda bolalarda 
uchraydi. Sovuq’ q’otish, shamollash, stress holatlari, og’ir kechuvchi 
somatik kasalliklar, operastiya va jarohatlar kasallikka olib keluvchi omillar 
hisoblanadi. Kasallikning yashirin davri o’rtacha 1 haftani tashkil etadi. 
Klinik manzarasi. Kasallik kuchsiz q’ichishish, achishish, keyinchalik 
toshmalar toshishi bilan boshlanadi. Umumiy belgilardan holsizlik, tana 


250 
haroratining ko’tarilishi kuzatiladi. Terida to’p-to’p bo’lib joylashgan, tiniq’ 
seroz suyuq’lik bilan to’lgan pufakchalar hosil bo’ladi.
Toshmalar o’chog’i 
atrofidagi teri q’oplamasi giperemiyalangan bo’ladi, keyinchalik vaq’t 
o’tishi bilan pufakchalar ichidagi suyuq’lik xiralashadi. 5-7 kundan so’ng 
pufakcha yoriladi yoki ko’chib tushadi. Ular o’rnida sariq’ yoki och 
jigarrang po’stloq’ hosil bo’ladi. Bu po’stloq’ 2-3 hafta saq’lanadi. 
Ko’pchilik hollarda pufakchalar epidermisda (terining eng yuza q’avatida) 
joylashadi. Shuning uchun ham po’stloq’ tushib ketgandan keyin toshmalar 
o’rnida giperpigmentastiya q’oladi va asta - sekin teri rangi me’yoriy 
ko’rinishga keladi. Lekin ba’zan, kasallikning notipik kechishi va 
ikkilamchi infeksiyaning q’o’shilishi natijasida jarayon terining chuq’urroq’ 
q’avatlarigacha o’tadi. Bunday hollarda chandiq’ hosil bo’ladi.
O’rab oluvchi temiratki ko’pincha simillovchi og’riq’ bilan kechadi. 
Bunga sabab virusning nerv hujayrasiga tropizmidir. Virus nerv tugunlarida 
yashaydi va sezuvchi nerv tolalari bo’ylab tarq’aladi (31-rasm).
Toshmalarning nerv tolalari bo’ylab toshishi ham shu bilan bog’liq’dir. 
Og’riq’ sindromi uzoq’ vaq’tgacha, ya’ni bir necha hafta, hatto bir necha 
oygacha davom etadi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling