Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Yuqorida bayon qilingan fikrlarni hisobga olgan holda Moskva
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3.1. Jarohatlanishning birlamchi belgilari Dog`
- Bo`rtma
Yuqorida bayon qilingan fikrlarni hisobga olgan holda Moskva
tibbiyot stomatologiya universiteti bolalar stomatologiyasi kafedrasi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan tasnifdan foydalanishni tavsiya etamiz: 1. Travma natijasida yuzaga keladigan og`iz bo`shlig`i shilliq qavatining jarohatlari. 2. Infeksiya (mikroblar, zamburug`lar, viruslar) ta’sirida yuzaga keladigan og`iz bo`shlig`i shilliq qavati kasalliklari. 3. Alohida (spetsifik) infeksiya ta’siri natijasida yuzaga keladigan og`iz bo`shlig`i shilliq qavatining kasalliklari. 4. Organizmning o`ta sezuvchanlik (allergiya) xususiyatlari bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlar. 5. Og`iz bo`shlig`i shilliq qavatidagi dori - darmonlarning qabul qilinishi bilan bog`liq bo`lgan jarohatli o`zgarishlar. 6. Og`iz bo`shlig`i shilliq qavatining organizmning ba’zi bir a’zolari yoki sistemalaridagi kasalliklari bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlari. 7. Tish sohasida yuzaga keladigan kasalliklar. 8. Lablar sohasida yuzaga keladigan kasalliklar. 262 7.3. Og`iz bo`shlig`i shilliq qavati kasalliklarida paydo bo`ladigan shikastlanish alomatlari Og`iz bo`shlig`i kasalliklarida shilliq qavatning birlamchi va ikkilamchi shikastlanish alomatlari kuzatiladi. 7.3.1. Jarohatlanishning birlamchi belgilari Dog` (pyatno - macula) - shilliq pardada yuzaga keladigan rangli o`zgarish. (14-rasm). Shilliq parda rangining ma’lum bir sathda o`zgarishi natijasida sodir bo`ladigan dog`lar ikki xil bo`ladi: 1) yallig`lanish dori; 2) yallig`lanishga aloqasi bo`lmagan dog` - pigmentli dog`lar. Yallig`lanish jarayoni natijasida yuzaga keladigan, diametri 1,5 sm gacha bo`ladigan kizg`ish dog`lar - rozeola, kattaroq bo`lsa eritema nomi bilan yuritiladi. Pigmentli dog`lar to`qimada melanin pigmenti to`planishidan, vismut yoki qo`rg`oshin preparatlarining organizmga tushishidan hosil bo`ladi. Tuguncha (uzelok - nodulus) - yallig`lanish jarohatining shilliq qavatdagi bo`shliqsiz bo`rtmasi. (15-rasm). Tuguncha burtmasining diametri 0,1-0,5 mm bo`lib, okish rangli tovlanyab turuvchi xususiyatga ega. Ularning bir nechtasi kushilib, blyashka (tangacha) hosil qilishi mumkin. Tugun (uzel-nodus) - o`lchamlari bilan tugunchaga nisbatan yirikroq bo`lib, shilliq osti qavat himoya hujayralarining yig`ilishidan (infiltrat) hosil bo`ladi. (16-rasm). Shilliq qavat sathidan ancha bo`rtib chiqib, paypaslaganda shilliq qavatning qattiqlashganligini ko`rsatadi va shilliq parda rangini bir qadar o`zgartirishi mumkin. Bo`rtma - do`mboqcha (bugorok - tuberculum) - shilliq pardaning barcha qavatlarini qamrab oluvchi infiltrat bo`lib, dumaloq shaklga egadir. Diametrinint o`lchamlari 0,2 mm dan kattaroq bo`lib, yara hosil qiladi. (17-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling