Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   261
 
25-rasm. 
Muguzli 
tangachalar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
26-rasm. 
Qatqaloq 
shakldagi po`stloq. 
 
Qatqaloq - po`stloq (korka - crusta) - pufakchalar, pufaklar, 
shilinish va yaralarning ko`pchib, ularniyag tarkibidagi suyuqlikning 
shimilib ketishi natijasida yuzaga keladigan belgi. (26-rasm). 
Chandiq (rubets-cicatrix) - shilliq pardaning yallig`lanish 
jarayonida surilib ketgan hususiy qavatining kollagen tolali qo`shuvchi 
to`qima bilan almashinuvidan hosil bo`lgan belgi. (27-rasm). 


268 
 
27-rasm. 
Shilliq 
parda 
chandig`i. 
7.4. Mexanik travmalar natijasida yuzaga keladigan og`iz bo`shlig`i 
shilliq qavatining jarohatlari 
Bolalarda og`iz bo`shlig`i shilliq qavatning mexanik ta’sirotlardan 
jarohatlanishi, ko`pgina hollarda shikastlangan tishlarning o`tkir qirralari 
va ular og`ziga solib o`ynaydigan predmetlar ta’sirida kuzatiladi. 
Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda bu xil jarohatlanish vaqtidan oldin 
yoki tug`ma o`sib chiqqan, ayniqsa pastki jag` markaziy kurak 
tishlarining mexanik ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda 
jarohat-yara tilning ostki yuzasida paydo bo`ladi.(34-rasm) Til ostki 
yuzasining jarohatlanishi bola ona ko`kragini so`rayotgan paytlarda 
aniqlanadi. Bunday hollarda shilliq qavat jarohatini bartaraf etish uchun 
o`sib chiqqan tishlar olib tashlanadi. 
Bir yoshgacha bo`lgan bolalarning uzoq muddat uzun so`rg`ich 
so`rishi natijasida qattiq tanglayning yumshoq tanglayga o`tish 
chegarasida shilinishlar (eroziya) vujudga kelishi mumkin. Bu xil 
shilinishlar yaxshi o`sayotgan, sog`lom bolalarda tezda o`tib ketadi. 
Ba’zi bir hollarda bolalar o`zlarini noxush his qilishlari, injiqlanib ona 
ko`kragini so`rmay qo`yishlari mumkin. Og`iz bo`shlig`ining shilliq 
qavati ko`zdan kechirilganda (ayniqsa, tanglay sohasida) shilinish yoki 
yara hosil bo`lganining guvoxi bo`lamiz. Bu belgilar yuzasi ko`pchigan 
fibrinli karash bilan qoplangan va atrofi qizg`ish hoshiya bilan o`ralgan 
bo`lsa, bu xol ikkilamchi infeksiya ta’sirida yallig`lanish jarayonining 
boshlanganligidan darak beradi. Bunday vaziyatlarda shifokor muolajasi 
og`iz bo`shlig`ini, jarohat yuzasini shifobaxsh o`simliklardan (shalfey, 
romashka, kalendula, achchiq damlangan choy va boshq.) tayyorlangan 


269 
damlamalar bilan (rezina ballonchalar yordamida) tez-tez yuvib 
turishdan iborat bo`ladi. Yuvilgan jarohat yuzasini shilliq parda hujayra 
va to`qimalarining tiklanishiga yordam beruvchi malhamlar (na’matak 
moyi, oblepixa moyi, vinilin, salkoseril, jalanxoe yog`i) bilan moylash 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling