Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


O`zlashtirish darajasini anshlash uchun savollar


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   261
 
O`zlashtirish darajasini anshlash uchun savollar 
1. 
Qanday 
sharoitlarda 
og`iz 
bo`shlig`i 
shilliq 
pardasi 
jarohatlanadi? 
2. Bola tug`ilganidan keyingi birinchi oylarda og`iz bo`shlig`i 
shilliq pardasida yuzaga keladigan mexanik jarohatlyar qanday yuz 
beradi? 
3. Bednar yarasining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 
4. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi qanday sharoitlarda sirotga 
uchrashi mumkin? 
5. Travmatik jarohatlarni umumiy davolash nimalarni o`z ichiga 
oladi? 
6. Kimyoviy jarohatlanishda birinchi yordam nimadan iborat? 
 
7.6. Infeksiya sababli og`iz bo`shlig`i shilliq qavatida yuzaga 
keladigan o`zgarishlar 
Keyingi paytlarda bolalar orasida lablarning qizil hoshiyasida, 
unga birlashib turuvchi teri sathida va og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida 
surunkali tarzda kechadigan ekzematoz xeylit (lablarning yallig`lanishi), 
o`tkir gerpetik stomatit va ekssudatli eritema xastaliklarining ikkilamchi 
streptokokkli, strepto-stafilokokkli mikroblar bilan ifloslanishi natijasida 
yiringli belgilar vujudga kelish hollari ko`p uchramoqda. Bayon qilingan 
xastaliklarning klinik kechishida birinchi o`rinda o`tkir yiringli jarayonli 
belgilar kuzatiladi. Lablarda va unga birlashib turgan teri sathida qalin 
yiringli (asal rangida), sarg`ish po`stloqlar hosil bo`ladi. Po`stloqlar 
ajratilganda o`rnida yiringli jarohatlar paydo bo`ladi.(38,40-rasmlar) 
Yiring bilan qoplangan ikkilamchi belgilar lablar va til shilliq 
pardasida ham aniqlanadi. Shilliq parda yiringli jarohatlari yuza qavatda 
hosil bo`lishiga qaramay og`riqli, yuzasi yumshoq va oson ajraladigan 
g`ovak fibrinli karash bilan qoplanib turadi. Oldingi tishlar atrofidagi 
milklarda o`tkir kataral yallig`lanish belgilari paydo bo`ladi. Jag` osti 


273 
limfa tugunlari kattalashib, paypaslaganda og`riq seziladi, ayrim 
hollarda yiringli yallig`lanish jarayonlari vujudga kelishi mumkin. 
Bolalarning tana harorati ko`tariladi va umumiy zaharlanish 
belgilari paydo bo`ladi. Bunday xastalikka uchragan bemorlarni 
davolashda jarayonni vujudga keltirgan asosiy kasalliklar e’tiborga 
olinmog`i lozim. 
Mahalliy davo tadbirlarini amalga oshirish chog`ida lablardagi, 
ularning atrof terisi sathidagi yiringli po`stloqlar ilitilgan o`simlik 
moyiga aralashtirilgan anestezinli aralashma bilan yog`lanadi va 
yumshatiladi. Yumshagan po`stloqlar 1 % li iliq vodorod peroksidiga 
ho`llangan steril salfetkalar yordamida ohista jarohatdan ajratib olinadi. 
Og`iz shilliq pardasi mahalliy og`riqsizlantirilgandan so`ng, 0,5-1% li 
vodorod peroksidi, so`ngra kaliy permanganatning 1:10000 nisbatdagi 
eritmasi, 0,1-0,25% li xloramin eritmasi yoki oqsillarni parchalovchi 
fermentlar (tripsin, ximotripsin) eritmalari bilan tozalanadi. Ekzemali 
xeylit yoki boshqa allergik xastaliklar bilan og`rigan bolalarning lab, teri 
jarohatlariga, og`iz shilliq pardasiga neomitsinli, dibomitsinli, 
eritromitsinli, polimiksinli, sintomitsinli antibiotikli emulsiyalar va 
malxamlar (maz) surtish mumkin. Dori moddalariga nisbatan o`ta sezgir 
va ekzemali xeylit xastaligiga uchragan bolalardagi yiringli jarohatlarga 
esa antibiotikli malhamlar, albatta ularga glyukokortikoid gormonli 
malxamlar (dermozolon, oksikord) ni aralashtirib surtiladi. 
Uy sharoitida shilliq parda, teri jarohatlariga antiseptik tozalash 
(obrabotka)dan keyin buyurilgan malkam dorilar har 1 soat vaqt 
oralig`ida (kechasi ham) surtiladi. 
Bayon qilingan xastalikka uchragan bemorlarga umumiy davo 
tadbirlarini qo`llash ularning sog`ayishini tezlashtiradi. Ana shu 
maqsadda xasta bolalarga ichish uchun sulfanilamidli tabletkalar, kaltsiy 
glyukonati, sezgirlikni pasaytiruvchi dorilar (tavegil, suprastin) yoshga 
mos ravishdagi miqdorlarda buyuriladi. Ana shu davr mobaynida 
bolalarni cho`miltirmaslik lozim. Kiyimlari tez-tez almashtirilib, 
qo`llariga toza latta qopchalar kiygiziladi, bu esa yiringli jarohatlarga 
tegsa ham kasallikning tananing sog` qismlariga ko`chishi ehtimolining 
oldini oladi. Qo`llarga kiygizilgan qo`lqopchalarni har 1-2 soat vaqt 


274 
mobaynida yuvilib, dazmollab, almashtirib turish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling