Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7.6.9. Kandidoz xastaligi Kandidoz - og`iz bo`shlig`ida eng ko`p uchraydigan zamburug`li infeksiya (Candidiasis oris) bo`lib, molochnitsa xastaligini chaqiruvchi 285 zamburug`lardir (Candida albicans). Bu xil zamburug`lar asosan tez-tez kasallanib turuvchi, organizmi quvvatsizlangan yoki tez-tez shamollashlar natijasida antibiotik dori-darmonlarni ko`plab qabul qilgan yosh bolalarda xastalik chaqiradi va o`zining patogenlik xususiyatlarini namoyon qiladi.(46-rasm) Kasallik xech bir belgisiz boshlanib, ona ko`kragini suruvchi yosh go`dak o`zini bexol his qiladi, ko`krakni yaxshi emmaydi, uyqusi buzilib, bezovtalanadi. Xastalik bolaning umumiy ahvoli va mikrob kuchiga qarab, yengil yoki og`ir shaklda kechishi mumkin. Uning yengil kechuvchi shaklida bola og`iz bo`shlig`ining shilliq pardasida yakkam- dukkam oqish, yayaltiroq, yengil ko`chadigan dog`li belgilarni kuzatish mumkin. Bunday hollarda og`iz bo`shlig`ining shilliq pardasida qizarish (giperemiya) bslgisi kuzatilmaydi. Xastalik og`ir shaklda kechganda shilliq parda qizarib, zamburug`lar ko`payishi natijasida shilliq parda sathidan ko`tarilib turuvchi oq, ipir-ipir irigan sutga o`xshash karash paydo bo`ladi.(42- rasm) Bunday hollarda antiseptik muolaja (obrabotka) paytida karashlarni shilliq qavat sathidan to`la-to`kis ajratish mushqullashadi. Bunga sabab, zamburug`rlar ishlab chiqqan mayin ipsimon mitsellalarning epiteliy ostki qavatlariga o`sib kirishidir. Ba’zan kasallikning uzok vaqt davom etadigan og`ir shakllarida mitsellalar shilliq parda epiteliysi ostidagi qo`shuvchi to`qimaga ham o`sib kirishi mumkin. Xastalikning ana shunday shaklida karashlarni obdon tozalashga urinmaslik lozim. Aks holda jarohatlangan qon tomirlar orqali zamburug`lar organizmda keng tarqalishi (disseminatsiya) va xastalikning ichki organlarda keng tarqalgan (generalizatsiya) vitseral ko`rinishi shakllanishi mumkin. Bunday hol og`ir oqibatlarga, ko`pchilik hollarda o`limga sabab bo`ladi. Xastalikning yuzaga kelishida og`iz bo`shlig`ida mikroblar va zamburug`lar o`rtasida simbioz me’yorining buzilishi ham muhim shart- sharoitlarni vujudga keltiradi. Bu xil fiziologik antogonizmning mikroblarning kamayishi hisobiga buzilishi og`iz bo`shlig`ida kislotali sharoitning paydo bo`lishiga olib keladi, bu zamburug`rlarning ko`payib ketib, patogenlashishiga sabab bo`ladi. Xastalikni davolashda ana shu 286 shart-sharoitlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Davo chora- tadbirlarining asosiy yo`nalishi zamburug`rlarning o`sish jarayonini to`xtatish, og`iz bo`shlig`i gigiyenasini yaxshilash, jarayonga ikkilamchi infeksiyaning qo`shilishiga yo`l qo`ymaslik va og`iz bo`shlig`ida ishqoriy muhitni vujudga keltirishdan iborat. Bemor stomatologiya poliklinikasiga murojaat qilganda shifokor uning og`iz bo`shlig`i shilliq pardasini muolaja paytida 0,5-1% li vodorod peroksidiga ho`llangan paxta bolishchalar yordamida yaxshilab artib, uni karashlardan, oq yaltiroq dorlardan ohistalik bilan tozalamog`i lozim. Ana shundan so`ng, jarohatlangan shilliq parda yuzasiga nistatinli, dekaminli, kanestenli malhamlar (bular zamburug`rlarning o`sishini to`xtatadi) surtishi lozim. Bolaga qarovchi ona uy sharoitida shifokor bergan ko`rsatmalarni aniq amalga oshirishi kerak. Ertalablari ona bolaning og`iz bo`shlig`ini, shilliq qavat yuzalarini 0,5% li vodorod peroksidi (1 qoshiq 3% li vodorod peroksidi eritmasini yarim stakan suvda eritiladi) eritmasi bilan yuvmog`i va karashlardan tozalamog`i zarur. Har gal bolani ko`krak berib ovqatlan-tirgandan so`ng, uni 10-15 minut mobaynpda boshini yuqoriga qilib, tanasini vertikal holatda tutishi lozim. Bunda bola emish paytida yutgan havo me’daning yuqori qismida yig`ilib, uning tashqariga chiqishi yengillashadi. Shundan so`ng, bolani stol yoki karavot chetiga yonboshlatib yotqizib, boshini pastga qaratilgan holda og`iz bo`shlig`i rezina ballonchalar yordamida 1-2% - li natriy gidrokarbonat (ovqatga ishlatiladigan soda) eritmasi bilan yuviladi. Shundan keyin og`iz shilliq pardasini tetraborat natriyning glitserindagi aralashmasi (yangi tug`ilganlar uchun-5% li, 3 oylik bolalar uchun-10% li, 1 yoshgacha-15% li, bir yoshdan katta bolalar uchun-20% li) surtiladi. Yoki bo`lmasa kanestin malxamini surtish ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. Hastalilning og`ir shaklida og`iz bo`shlig`ida shilliq parda sathidagi oq karashlar qalinlashib, uni tozalash qiyinchilik tug`dirgan hollarda bolalarga qo`shimcha ravishda ichirish uchun nistatin yoki levorin preparatlari (sutkasiga bolanipg 1 kg tana massasi og`irligiga 50000 TB hisobida) buyuriladi. Bu bir sutkalik miqlordagi preparatni 287 bolaga 5-6 marotaba bo`lib ichirish yaxshi natijalar beradi. Ko`rsatilgan muolaja 7-10 kun mobaynida tartibli ravishda olib borilmog`i lozim. Kandidoz kasalligining qaytalanish havfini bartaraf etish uchun uy sharoitida shilliq pardada karashlar yo`qolgandan keyin ham bir hafta davomida muolajalar yuqoridagi tartibda davom ettirilishi maqsadga muvofiqdir. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling