Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
O`tkir gerpetik stomatitni davolash
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
O`tkir gerpetik stomatitni davolash. Kasallikning dastlabki prodremal
bosqichida, ya’ni shilliq pardada birinchi toshma belgilari paydo bo`lgunga qadar, maxsus viruslarga qarshi preparatlar mahalliy tarzda shilliq pardaga surtiladi. Bunday malxam (maz) dorilar qatoriga 0,5-1% li tebrofen, 0,5 li oksalin, 0,25% li alpizarin, atsiklovir, atsiklostad va boshqalar kiradi. Stomatologik poliklinikalarda o`tkir gerpetik stomatitlarni davolashda dori-darmonlarni ishlatish quyidagicha amalga oshiriladi: 1. Jarohatlangan shilliq qavat sathiga 2-3 minut vaqt mobaynida 5- 282 10% li anestezinning biror o`simlik moyidagi emulsiyasi surtiladi. 2. Jarohat yuzasi 0,5-1% li etoniy eritmasi yoki natriy mefaminat eritmasi bilan oxista yuviladi. 3. Yumshok paxta turunda yoki shpritslar yordamida yuqorida ko`rsatilgan antiseptik eritmalar yoki lizotsim eritmasi bilan tish-milk cho`ntaklariga ishlov beriladi. 4. Jarohatlangan shilliq qavat yuzasi 0,01% li kaliy permanganat (och pushti rangli) eritmasi bilan ballonchalar yordamida chayiladi. 5. Jarohatlangan yuza 3-4 minut vaqt mobaynida proteolitik (oqsil parchalovchi) fermentlar - ximotripsin, ximopsinlarning eritmasi (1 mg - 1 ml erituvchi) shimdirilgan tamponlar bilan namlanadi. 6. Mabodo tish milklarining chetlarida shilinish (eroziya) jarohatlari bo`lsa, milk-cho`ntaklariga neomitsin yoki ta’sir doirasi keng bo`lgan antibiotikli malhamlar kiritiladi. 7. Kasallikning dastlabki kunlarida jarohatlangan shilliq qavat yuzasiga yuqorida ko`rsatilgan virusga qarshi, kechikib murojaat qilinganida esa karotolin, vinilin, solkoseril, na’matak, chakanda moyi, aekol kabi malhamlar surtiladi. Ularni surtishdan oldin jarohatlarni ultrafiolet, geliyneon lazer nurlari bilan nurlantirish maqsadga muvofiq bo`lib, ular jarohatlarning bitishini anchagina tezlashtiradi. Uy sharoitida xastalikning birinchi kunlarida 5-6 marta, jarohatlarning bitish davrida esa kuniga 3-4 marta quyidagicha muolaja o`tkazish maqsadga muvofiqdir: 1) Jarohatlangan shilliq qavat yuzasiga 5-10% li anestezinning moyli eritmasini 2-3 minutga surtish; 2) Jarohatlangan yuzani 0,5-1% li vodorod peroksidi yoki kuchsiz kaliy permanganat eritmasi bilan yuvish. To`qimalarning tiklanish davrida shalfey, romashka, zveroboy, kalendulz damlamalari bilan og`iz chayiladi. Kasallikning dastlabki kunlarida bu muolaja jarohatlangan yuzaga virusga qarshi ta’sir ko`rsatadigan hamda to`qimani tiklashda yordam beradigan (keratoplastik) malhamlar surtish bilan tugallanadi. Xastalikka chalingan bolalarning umumiy ahvolini yaxshilash maqsadida ichish uchun: 283 1) 0,025 g bonafton preparati (kuniga 3-4 marta-dan, 3-4 kun mobaynida); 2) tana haroratini pasaytirish maqsadida bir yoshgacha bo`lgan bolalarga 1 osh qoshig`ida 1 % li, 2 yoshgacha bo`lgan bolalarga 2% li, 5 yoshlilarga 5% li salitsilat natriy eritmasi kuniga uch mahal ichiriladi; 3) organizmining sezgirligini pasaytirish uchun antigistamin preparatlaridan (suprastin, dimedrol, diprazin va boshqalar) bolaning yoshiga moc miqdorlarda ichish uchun buyuriladi. Xastalikka uchragan bolalarni davolash jarayonida parxez muolajasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar ovqati suyuk va iliq holda bo`lishi kerak: ularga tuzi pastroq go`shtli sho`rva, kefir (qatiq), tvorog, suzma, shakar solingan tuxum oqi kabi mahsulotlarni berish maqsadga muvofiqdir. Ovqatlanishdan oldin og`iz bo`shlig`i shilliq qavatiga og`riqsizlantiruvchi malhamlar surtish ancha yordam beradi. Ich yurishi buzilganida (qabziyat) moyli klizmalar buyuriladi. O`tkir gerpetik stomatitning o`rtacha og`ir va og`ir shakllarida bolalar kasalxonalarga yotqizilib davolanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling