Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Surunkali qaytalovchi gerpetik stomatit


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   261
 
7.6.7. Surunkali qaytalovchi gerpetik stomatit 
Xastalikning bu turi bolalarda katta yoshdagi kishilarga nisbatal 
kamroq uchraydi. Ba’zi bir hollarda bolalar orasida gerpes virusnning 
organizmda saqlanib qolish hollari ham qayd etiladi. Tez-tez 
shamollashlar, 
yuqumli 
kasalliklar 
va 
boshqa 
organizmni 
zaiflashtiruvchi omillar bunday bolalarda gerpetik stomatit xastaligining 
qaytalanishiga sabab bo`ladi. 
Bunday hollarda bolaning umumiy ahvoli deyarli o`zgarmaydi. 
Ba’zan bola umumiy ahvolining yomonlashuviga gripp, o`pka 
yallig`lanishi (pnevmoniya) kabi kasalliklarning qo`shilishi sabab 
bo`lishi mumkin. 
Xastalikning bunday qaytalanuvchi turida pufakchali toshmalar 
asosan lablarning qizil hoshiyasi, tanglay shilliq pardasida, milkning 
alveolyar qismi kamdan kam hollarda til shilliq pardasida yallig`lanadi. 
Pufakchalarning tezda yorilishi natijasida shilliq pardalarda biz 
ko`pincha yuzasi och kul rang karash bilan qoplangan eroziya-shilinish 


284 
belgilarini ko`ramiz. Ularning o`lchamlari 0,2-0,4 mm bo`lib, atrofi qizil 
hoshiya bilan o`ralgan bo`ladi. O`zaro qo`shilish hollari kamdan-kam 
kuzatiladi.(39-rasm) 
Qayd qilingan eroziya-shilinishlar natijasida hosil bo`lgan 
jarohatlar tezda (3-5 kunda) sog`lom epiteliy bilan qoplanib bitadi. 
Ikkilamchi 
infeksiya 
ta’siridagina jarohatlarning bitishi ancha 
sekinlashishi mumkin. Ba’zan bu xastalik uchlamchi (troynichnыy) nerv 
tarmog`i bo`ylab og`riq paydo bo`lishi bilan kechnshi mumkin. 
Surunkali qaytalovchi gerpetik stomatitda davolash chora-tadbirlari 
aynan o`tkir gerpetik stomatitdagidek amalga oshiriladi. 
 
7.6.8. Gerpangina (herpangina, virusli angina) 
Bu xastalikning chaqiruvchisi Koksaki (Esno) virusi hisoblanadi 
va u barcha yoshdagi bolalarda qayd qilinishi mumkin. 
Kasallik tanglay murtaklarining kataral yallig`lanishi bilan 
boshlanadi. 
Bunday 
hollarda 
murtaklar 
kattalashib 
qizaradi. 
Xastalikning virus yuqqandan keyingi 2-4-kunlarida murtaklar shilliq 
qavatida, yumshoq tanglayda va uning yon pardalarida (dujka) 1-2 
tadan, ba’zan ko`proq eroziya-shilinish belgilari qizargan shilliq parda 
sathida paydo bo`ladi Belgilar paydo bo`lganda ovqat yutish paytida 
og`riq seziladi. Jarohatlangan shilliq parda sog`lom epiteliy bilan 
qoplanib, uning tiklanishi ancha sekinlik bilan (ayniqsa surunkali 
tonzillit xastaligiga chalingan bolalarda) boradi. 
Davolash 
chora-tadbirlari 
mahalliy 
tarzda 
(simptomatik) 
o`tkaziladi. Og`iz bo`shlig`i gigiyenasini saqlash, ikkilamchi infeksiyaga 
qarshi kurashish, og`riqsizlantirish kabi chora-tadbirlarni to`gri amalga 
oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi Jarohatlangan shilliq pardaga, 
yallig`lanishga qarshi dori-darmonlar shilliq pardaning tiklanishini 
ta’minlovchi (kerato-plastik) malhamlar, ingalipt, oksikort, kameton 
kabi dori moddalarni purkash ancha qulay va foydalidir. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling