Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
O`tkir yuqumli xastaliklarda davo choralari
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.6.6. O`tkir gerpetik stomatit.
O`tkir yuqumli xastaliklarda davo choralari. O`tkir yuqumli
kasalliklarda asosiy davo choralarini infeksionist-pediatr olib boradi. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida sodir bo`ladigan yallig`lanish jarayonlari va ular asorati bilan stomatologlar kurashadi. Mahalliy davo choralarining asosiy maqsadi og`iz bo`shlig`i sanatsiyasi va ikkilamchi infeksiya hurujini olishga qaratilgan bo`lishi lozim. Buning uchun og`iz shilliq pardasi mahalliy og`riqsizlantirilib (anestezinning yog`li eritmasi, novokain eritmasi, piromekain eritmasi yordamida), KMnO 4 ning 1:6000 li eritmasi, vodorod peroksidining 1% li eritmasi yordamida 279 antiseptik yuviladi. Yarali shikastlanishlarda 0,25% li xloramin, 0,02% li furatsilin eritmasi yordamida ishlov beriladi. Yaralar yuzasini karashlardan tozalash uchun uning yuzasiga proteolitik fermentlardan: tripsin, ximotripsin yoki ximopsinning fiziologik suyuqlikdagi eritmasidan foydalanish mumkin. Tishlar orasi va tish-milk cho`ntagi o`tmas ninali shpritsdan foydalanib yaxshilab yuviladi. Tish karashlari va toshlari tozalanadi. Ichish uchun albatta sezgirlikni pasaytiruvchi dori-darmonlar buyuriladi (5-10% li glukonat kaltsiy 1 choy qoshiqdan, kuniga 3 marta, dimedrol, diazolin, tavegil va boshqalar bolaning yoshiga qarab). Ko`proqq suyuqlik (choy, kompot, mineral suv) ichish, suyuq, yumshoq ovqatlar istemol qilish buyuriladi. Ovqkatlar tez hazm bo`ladigan va yuqori kalloriyali bo`lishi shart. 7.6.6. O`tkir gerpetik stomatit. Bu kasallik 1 yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan bolalar og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi xastaliklarining 70-80 foizini tashkil qiladi. Kasallik qo`zg`atuvchisi oddiy gerpes (toshma) virusi hisoblanadi. Bu virus axoli orasida keng tarqalgan viruslardan hisoblanadi. Kasallik tarqatuvchi manbaa bo`lib, xastalikka uchragan bolalar yoki kishilar hisoblanadi. Kattalarda kasallikning yengil, qaytalanuvchi turlari qayd qilinadi. Og`iz shilliq pardasi bu xil virus ta’sirida yallig`lanishining yosh bolalarda og`ir kechishiga (1-3 yoshgacha), homila paytida yoki ko`krak suti orqali ona organizmidan bolaga o`tgan sust (tayyor antitela shaklidagi) immunitetning yo`qolishi, bu yoshda organizm himoya vositalarining to`liq shakllanmaganligi, bolaning tez-tez kasallanishi natijasida organizmning kuchsizlanishi, tez-tez shamollashlar sabab bo`ladi. Kasallik havo-tomchi (vozdushno-kapelnыy) yo`li orqali, xastalikka uchragan bolaning o`yinchoqlaridan, idish-tovoqlaridan foydalanilganda yuqadi. O`tkir gerpetik stomatit kasalligining yashirin davri virus organizmga yuqqanidan keyin 3 kundan 6 kungacha davom etishi mumkin. Xastalik klinik kechishiga qarab, uch xil shaklda qayd etiladi: 1) yengil shakl; 2) o`rtacha og`irlashgan shakl; 3) og`ir kechuvchi shakl. 280 Kasallikning har bir shaklida to`rtta rivojlanish bosqichi kuzatiladi: 1) prodromal-kataral yallig`lanish bosqichi; 2) toshmalar paydo bo`lish bosqichi; 3) klinik belgilarning kuchayish bosqichi (razgar); 4) tuzalish bosqichi. O`tkir gerpetik stomatitning yengil shakli prodromal bosqichning kuchsiz namoyon bo`lishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqich ko`pgina hollarda ota-onalar uchun sezilmagan holda o`tishi mumkin. Toshmalar eroziya shilinish shaklida namoyon bo`ladi. Bunda yuzaga kelgan birinchi belgi - pufakchalar tezda yoriladi va klinik ko`rinishni aniqlashga ulgurilmaydi. Pufakchalar og`iz bo`shlig`i epiteliy qavatining orasida hosil bo`ladi va ustki po`stloq devori juda yupqa bo`lganligidan tezda yoriladi. og`iz shilliq pardasiga toshmalar toshishi bir necha soatdan 1-2 sutkagacha bo`lgan davr mobaynida aniqlanadi, og`iz shilliq pardasi ko`zdan kechirilyotganda oldingi bir necha tishlar atrofidagi milk so`rg`ichlarining qizarib, shishganligini ko`rish mumkin. Bu yengil kataral yallig`lanish belgisidir. Bolalar bunday hollarda ovqatlanish, so`rg`ich so`rish paytidagi og`riqdan shikoyat qiladilar. Tana harorati subfebril, bolaning umumiy ahvolida o`zgarish sezilmaydn. Xastalikning o`rtacha og`irlashgan va og`irlashgan shakllari bolaning umumiy ahvolida o`zgarish paydo bo`lishi bilan boshlanadi. Tana harorati 38-40° S gacha ko`tariladi, umumiy zaharlanish belgilari paydo bo`ladi, bolaning ishtaxasi yomonlashadi, u ovqat yeyishdan bosh tortadi. Prodremal bosqich 1-4 kun mobaynida davom etadi. Bu bosqich davomida milk shilliq pardasi qizaradi, shishinqiraydi, paypaslab ko`rilganda jag` osti limfa tugunlarining kattalashgani aniqlanadi. Keyingi bosqichda og`iz shilliq pardasining ko`proqq oldingi qismida: tanglayda, milklarda, lunj, lablar sohasida, yuqori, pastki lablarning qizil hoshiyasida va ayniqsa yuz sathining atrofidagi teri qismida toshmalar paydo bo`ladi. Lablarning qizil hoshiyasi va yuzning teri qismida pufakchalarni aniq ko`rish mumkin. Pufakchalar ichidagi suyuq ekssudat tiniq seroz yoki qon aralashgan holda bo`lib, keyinchalik ularning ko`rishi natijasida o`rnida oqish-rangsiz yoki to`q qizil po`stloq hosil bo`ladi. Toshmalar kasallikning o`rtacha og`ir shaklida 2-3 kun, og`ir shaklida 281 esa 4-5 kun mobaynida paydo bo`lib turadi. Ba’zi bir hollarda uzoqroq davom etishi ham mumkin. Xastalikning og`ir shaklida hosil bo`lgan pufakchalar tezda yorilib, bir-biri bilan qo`shilishi natijasida og`iz shilliq pardasiniig lab, lunj, til, tanglay, ba’zi bir hollarda yutqin sohalarida katta yuzaga ega bo`lgan jarohatlar yuzaga keladi.(37-rasm) Bunday hollarda milk sathining kuchli kataral yallig`lanishi kuzatiladi. Milklarda kuchli qizarish, shish paydo bo`ladi va eroziya (shilinish) aniqlanib, shilliq pardaning butunligi buziladi. Milk cho`ntaklaridan quyqasimov suyuqlik sizib chiqadi. Bolalarning umumiy ahvoli butun toshmalar toshish bosqichi davomida og`irlashadi. Ular ovqat, suvdan butkul bosh tortadilar. Bu holat organizmning umumiy zaharlanishini kuchaytiradi. Tana harorati ko`tarilib, bolaning uyqusi buziladi. Ba’zan og`ir hollarda ich ketishi, qusish yoki ich yurishmay qolishi mumkin. Xastalikning og`ir kechishiga, bolaning umumiy ahvolining bu qadar yomonlashuviga shilliq pardaga tushgan viruslarning tezda ko`payishi, ular ishlab chiqargan zaharli moddalarning qonga o`tishi va markaziy asab sistemasining tegishli markazlarini qo`zg`atishi sabab bo`ladi. Viruslar va mikroblar ta’sirida bola organizmining immunologik himoya vositalari zaiflanadi. Xastalik paytida bola organizmi suvsizlanadi, og`iz bo`shlig`ining me’yordagi gigiyena holati buziladi. O`tkir gerpetik stomatit xastaligi o`zining klinik belgilari va kechishi bilan bir qator xastaliklarga o`xshab ketadi. Shuning uchun kasallikni to`g`ri aniqlash maqsadida uni ekssudatli eritema va medikamentoz stomatit kabi xastaliklardan farqli (differensial) tashxis qilinadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling