Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining dori-darmonlar qabul qilish
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xastalikning klinik kechishi.
7.8. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining dori-darmonlar qabul qilish bilan bog`liq bo`lgan allergik o`zgarishlari Ko`pincha dori-darmonlar (antibiotiklar, sulfanilamidlar, amidopirin, og`ir metall tuzlari, novokain, yod, fenol va boshqalar) bola organizmida har xil noxush (allergik) holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Jumladan, 295 og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida ham bir talay noxush belgilar kuzatilishi e’tiborga loyiqdir. Bu xildagi yallig`lanish jarohatlarining mexanizmari har xil bo`lib, qabul qilingan dori-darmonlarning kimyoviy strukturasiga bog`liqdir. Streptomitsin asab tolasini jarohatlaydi, levomitsetin jigar hujayralariga nisbatan zaharli ta’sir o`tkazadi, amidopirin guruxi qon yaratuvchi a’zolarga ta’sir qilib, ularning ishini susaytiradi va hokazo. Ana shu a’zolarda kelib chiqqan jarohatlanish oqibatida og`iz bo`shlig`i shilliq; pardasida kataral miliar yallig`lanishlari ham qayd etiladi. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida aniqlanadigan yana bir xil o`zgarishlar mexanizmi bola organizmining yuqorida qayd qilingan va boshqa dori-darmonlarga nisbatan sezgirligining oshishi natijasida kuzatiladi. Yuqori sezgirlikni organizmda ilgari qabul qilingan dorivorlar, mavjud bo`lgan mikroblar, viruslar yoki ba’zi bir ovqat mahsulotlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Ana shunday sharoitda qo`shimcha dori-darmonlar qo`llash allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Aksariyat hollarda bular antibiotiklar bo`lib, ular organizmda oqsil molekulalari bilan birikishib, kuchli antigenga aylanishi mumkin. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida bunday vaziyatlarda kuchli jarohatli o`zgarishlar yuz beradi. Xastalikning klinik kechishi. Shilliq pardada kuchli qizarish va shishish natijasida pufaklar paydo bo`ladi. Pufaklarning yorilishi oqibatida karashli eroziyalar aniqlanadi. Og`iz bo`shlig`ining bunday jarohatli belgilar bilan qoplanishi ko`p belgili ekssudatli eritemaga o`xshab ketadi. Ko`pincha yumshoq va qattiq tanglay, til osti sathi shilliq pardasida jarohatlar kuzatiladi. Til shishib, hajmi kattalashadi, epiteliy qavati deskvalgatsiyaga (qovjirab to`kilishi) uchrab, til ustki sathi silliqlashadi, yaltirab qoladi va har xil ta’sirotlarga nisbatan uning sezgirligi oshadi. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasidagi o`zgarishlar bilan bir vaqtda, tananing teri sathida har xil toshmalar, teri qichishishi, mushaklarda og`riq, bo`g`imlar og`rig`i, ich buzilishi va og`ir allergik holatlarda anafilaktik shok yuzaga kelishi mumkin. Medikamentoz stomatitni ko`p belgili ekssudatli eritemadan va o`tkir gerpetik stomatitdan farqlay olish (differensial diagnostika) zarur. Dori- darmonlar yuzaga keltiradigan o`zgarishlarda ko`p belgili ekssudatli eritemadan farqli o`larok, papulyoz va eritematoz belgilarning sustligi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling