Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Surunkali, qaytalanuvchi bakterial-allergik xastaliklar
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7.7.4. Surunkali, qaytalanuvchi bakterial-allergik xastaliklar
davosi Bunday xastaliklarni davolashda asosiy e’tiborni xurujni to`xtatish, yara-chaqalarning tezda bitishiga qaratish bilan bir qatorda kasallikning asosiy sababini topish, allergiya o`chog`i bo`lib xizmat qiluvchi, organizmning sezgirligini oshiruvchi sabablarni yo`qotish lozim. Organizmning umumiy quvvatini oshirish va sezgirlikni pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar juda muhim hisoblanadi. Ko`p belgili ekssudatli eritema, Stivens-Jonson sindromi bilan og`rigan bemor bolalarni kasalxonalarga yotqizib, pediatr, okulist, dermatologlar bilan birgalikda davolash ishlarini amalga oshirmoq zarur. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi jarohatlarini davolashni avvalo uni og`riqsizlantirishdan 293 boshlamoq lozim. Og`riksizlantirishning chaplash usulini (applikatsiya) amalga oshirishda 0,5-2% li novokain eritmasidan, anestezinli suspenziyalardan foydalanish mumkin. Jarohatga ikkilamchi infeksiyaning ta’sirini pasaytirish va yo`qotish uchun shilliq pardasiga 1% li iliq vodorod peroksidi eritmasi bilan ishlov berish va uni karashlardan tozalash kerak. Og`iz bo`shlig`ini tez-tez shifobaxsh o`simlik (moychechak, mavrak, qizil-poycha, achchiq choy) damlamalari, tarkibida antiseptik va og`riqsizlantiruvchi moddalar bo`lgan eritmalar (geksametilentetramin - 5 g, novokain- 2 g, distillangan suv-200 ml) bilan chayish yoki unga ishlov berish zarur hisoblanadi. Og`iz bo`shlig`i antiseptik va shifobaxsh eritmalar bilan yuvib tozalangach, shilliq parda sathiga vitaminli yoki shifobaxsh xususiyatga ega bo`lgan (chakanda, na’matak) moylar surtiladi. Jarohatlangan, ko`pchigan po`stloqli yaralar bilan qoplangan lablarning qizil hoshiyasiga tarkibida anestezin bo`lgan moyli preparatlarni toza salfetkalarga shimdirib, 1-3 minutga qo`yish mumkin. Bunda iliq moy ta’sirida po`stloqlar yumshaydi, anestezin ta’sirida esa og`riqsizlanadi. Shundan keyin lablar sathiga antiseptiklar bilan ishlov berib, ko`pchigan po`stloqlardan tozalanadi va jarohatning bitishi hamda yallig`lanish jarayonining susayishini tezlashtirish maqsadida lablarning qizil hoshiyasiga tarkibida glyukokortikoid (ftorokort, flutsinar, lorinden) tuguvchi malhamlar, kremlar surtiladi. Bunday muolajalar kuniga 4-5 marotaba amalga oshiriladi. Xastalikning og`ir klinik shakllarida bemor bolalar organizmiga yuqori miqdorlarda vitamin preparatlari yuboriladi, tomirlarga oqsilli eritmalar, poliglyukin, tarkibida kaltsiy tuzi saqlovchi eritmelar, yurak faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar qo`yiladi. Og`ir klinik belgilar bilan kechadigan surunkali allergik xastaliklarda bemorga ichish uchun glyukokortikoidli preparatlar buyuriladi (bir sutka mobaynide 2 kg tana og`irligiga 1 mg prednizolon yoki 0,1 mg deksametazon hisobida). Bu preparatlar bolalar ahvolining tezda yaxshilanishiga olib keladi. Shifokorlar bunday bemorlarni diqqat bilan kuzatib borishlari va ularning exvoli yaxshilanib borgan sari gormonli dori darmonlar miqdorini pasaytirib toshmalar, belgilar yo`qolishi bilan gormonli muolajani to`xtatishlari zarur. 294 Organizmning yuqori darajada sezgirligini pasaytirish maqsadida bemor tomiriga 30% li tiosulfat natriy eritmasidan kuniga 5-10 ml miqdorda yuborish maqsadga muvofiqdir. Muolaja uzluksiz 10 kun mobaynida olib berilishi lozim. Bunday hollarda bemorning umumiy ahvoli ancha tez yengillashadi. Yuqorida qayd qilingan davolaish muolajalari keyinchalik bola tuzalib ketgandan keyin kasallikni qaytalanishining oldini ololmaydi. Shuni inobatga olib, bemor kasalxonadan sog`ayib chiqqandan so`ng allergik xastalnkning asl sababini aniqlash maqsadida uni chuqur tekshirmoq lozim. Bola organizmida yashirin kechayotgan infeksiya o`choqlarini topishga harakat qilmoq zarur. Bu maqsadda bola quloq- tomoq-burun shifokori, jarrox-stomatolog va boshqa soha shifokorlari ko`magidan va laboratoriya tekshiruvidan o`tishi maqsadga muvofiqdir. Yuqorida qayd qilingan tadbirlar bilan bir qatorda bola organizmining sezgirlik darajasini pasaytiruvchi (giposensibilizatsiya) davo choralarini ham o`tkazmoq lozim. Bunday tadbirlar (giposensibilizatsiya) allergologik kabinetlarda allergolog-shifokorlar nazorati ostida amalga oshirilmog`i darkor. Ana shunday tadbirlar amalga oshirilganda xastalikning qayta xuruji bir qadar keskinlikni yo`qotadi. Ba’zan esa umumiy, maxsus bo`lmagan sezgirlikni pasaytiruvchi dori-darmonlar bu xurujni bartaraf etishi mumkin. Ana shunday nospetsifik sezgirliknn pasaytiruvchilar qatoriga gistoglobulin preparati misol bo`la oladi. Teri ostiga 0,5-2 ml miqdorda har uch kun mobaynida 8-10 marta muolaja (in’eksiya) o`tkaziladi. Bunday muolaja kursini har yarim yilda bir marta o`tkazish lozim. Surunkali qaytalovchi aftoz stomatitlarda yilda bir marta, ko`p alomatli ekssudatli eritemada esa yilda ikki marta (baxor va kuz fasllarida) bu xildagi muolaja tadbirlarini o`tkazish ancha yaxshi natijalar beradi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling