Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   261
7.7.3. Stivens-jonson sindromi 
Bu xastalik birinchi marta uning bolalarda kechish jarayonini 
aniqlab, klinik belgilarini yozishgan amerikalik pediatrlar nomi bilan 
yuritiladi. Bugungi kunda bolalar stomatologiyasi sohasida ish olib 
boruvchi ilm ahli Stivens-Jonson sindromi va boshqa shunga uxshash 
(Fissenje-Randyu, Reyter, Baeder dermatostomatiti) sindromlarni ko`p 
belgili ekssudatli eritema xastaligining og`ir klinik shakllari deb 
hisoblashadi va bu holatni organizmning tashqi muhitdan organizmga 
kirgan zararli agentlarga qarshi ko`rsatish kuchli giperergik reaksiyasi 
sifatida qabul qilishadi. 
Xastalik tana haroratining keskin ko`tarilishi (39°-40°S) bilan 
boshlanadi. So`ng harorat sekin-asta pasayib, 3-4 xafta mobaynida 
subfebril holatda saqlanadi. Xastalikning o`ziga xos klinik belgilaridan: 
og`iz bo`shlig`i, ko`z, jinsiy a’zolar shilliq pardasi va tana terisida bir 
paytning o`zida toshma belgilarining yuzaga kelishi diqqatga sazovordir. 


292 
Og`iz bo`shlig`ining shilliq pardasi, lablar, til shishadi va shilliq 
pardalar sathida pufaklar, pufakchalar, shilinish-eroziya, yuza sathli 
yaralar paydo bo`ladi. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasidagi jarohatlar 
tufayli hatto suyuq ovqatlarni iste’mol qilish ham qiyinlashadi. Ovqat 
paytida kuchli og`riq paydo bo`ladi. (45-rasm) Lablarning qizil 
hoshiyasida qalin po`stloqli yiringli yaralar hosil bo`ladi. Ko`zning 
shilliq pardasi (kon’yunktiva)da pufakchalar va shilinish-eroziyalar 
vujudga keladi. Qovoqlar shishib, ularning teri yuzasida pufakchalar va 
po`stloqli jarohatlar qayd etiladi. Og`ir kechadigan hollarda keratit va 
panoftalmit oqibatida ko`zning ko`rmay qolish hollari ham yuz berishi 
mumkin. Jinsiy a’zolarning shilliq pardasida shish paydo bo`ladi va 
o`xshash belgilar yuzaga keladi. Xastalik paytida burun shilliq 
pardasining jarohatlanishi natijasida burunning tez-tez qonash hollari 
kuzatilishi mumkin. Ba’zi bir hollarda hiqildoq va traxeya shilliq 
qavatlari jarohatlanganda traxeotomiya qilinadi. Xazm sistemasi a’zolari 
faoliyati izdan chiqadi. Ba’zan gepatit, bronxit, plevrit kabi yo`ldosh 
kasalliklar xurujini kuzatish mumkin. 
Terida qizarishlar va to`q qizil rangli, tanga shaklidagi shishlar
yirik, diametri 3-4 sm bo`lgan pufaklar aniqlanadi. Bunday hollarda 
Nikolskiy simptomi musbat bo`ladi. Xastalik markaziy asab sistemasini 
jarohatlashi oqibatida o`lim bilan tugash hollari ham qayd etilgan. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling