Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   261
7.10.2. Rombsimon glossit 
Bolalarda xastalikning bu turi juda kam hollarda, onda-sonda 
uchraydi. Bolaning umumiy ahvolida xech qanday o`zgarish sezilmaydi, 
og`iz bo`shlig`i, tilning shilliq pardasi ko`zdan kechirilganda uning 
o`rtasidan o`tuvchi chiziq bo`ylab orqa qismida ipsimon so`rg`ichlar 
atrofiyasi natijasida atrof to`qimalardan ajrali6 turuvchi romb shaklidagi 
silliq maydonchani ko`ramiz. Bu nisbatan silliq rombsimon maydoncha 
to`q qizil rangi bilan ajralib turadi. 
Maxsus davo choralari o`tkazilmaydi. Bunday bemorlarda ichki 
a’zolar faoliyati tekshirilib, xastalikning asl sababini aniqlash maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
7.10.3. Burmali til 
Juda kam uchraydigan tilning bu xil anomal rivojlanishi asosan 
Daun xastaligi bilan tug`ilgan yosh bolalarda aniqlanadi. Pubertat oldi 
va pubertat davrlarda til asosan mushak qavatining o`sishi hisobiga 
kattalashadi. Natijada shilliq parda yuzasida buylamasiga va 
ko`ndalangiga joylashgan chuqur yo`llar hosil bo`ladi.(52-rasm) Bolalar 
biror-bir og`riqdan shikoyat qilishmaydi. Bunday holatlarda maxsus 
davo choralari qo`llanmaydi, faqat og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga 
muntazam rioya qilish bilan kifoyalaniladi. 


303 
7.10.4. Qora tukli til 
Til shilliq pardasining bu xildagi o`zgarishi ipsimon so`rg`ichlar 
giperplaziyasi (ko`payishi), ularni qoplovchi ko`p qavatli epiteliyning 
kuchli shoxlanishi natijasida so`rg`ichlar qalinlashuvi va uzayishi 
hisobiga kuzatiladi. Bu xastalikda ipsimon so`rg`ichlar o`lchamlari 1 
mm va undan oshiq bo`lishi mumkin. So`rg`ichlarning to`q sariq, 
qo`ng`ir-jigarrangdan tortib, qoramtir tusgacha o`zgarishi xususiy xol 
hisoblanadi. 
Tilning bunday noxush o`zgarishi bolalar yoshida onda-sonda, 
odatda biron-bir kasallik natijasida antibiotiklar qabulidan keyin qayd 
etilishi extimoldan xoli emas. Til shilliq pardasidan surtib olib 
tayyorlangan preparatlarda har xil mikroorganizmlar, jumladan 
achituvchi zamburug`lar borligini ko`ramiz. Bu xastalikda bolalarning 
ishtaxasi pasayib, o`sgan so`rg`ichlar og`izda noxush sezgini paydo 
qilishi mumkin. 
Xastalik davosi. So`rg`ichlarni shox moddasidan bartaraf etish 
maqsadida til shilliq pardasi 1-2% li rezorsin eritmasi shimdirilgan doka 
tamponlar bilan artib tozalanadi. Kattaroq (5 va undan katta) bolalarda 
bu maqsad uchun salitsil kislotasining 70° spirtdagi 1-2% li eritmasidan 
foydalanish mumkin. Til yuzasi kuniga 2 marotaba tish cho`tkasi bilan 
tozalanib, shilimshiq karashlardan tozalanadi. Shuningdek til shilliq 
pardasiga 10% li tetraborat kislotasining glitserinli eritmasini surtish 
achituvchi zamburug`lar asoratidan xalos etadi. Laboratoriya usulida 
tekshirilgadda kandida sinfiga mansub zamburug`lar topilgan hollarda 
shilliq parda yuzasiga (karashlardan tozalanib) nistatinli surgi - 
malxamlar surtish tavsiya etiladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling