Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xastalik davosi
7.9.2. Yuqumli xeylit
Xastalik ko`pincha lablarning tutashgan burchaklarida jarohatlar paydo bo`lishi bilan boshlanadi. Streptokokklar chaqirgan bunday shilinish-eroeiyalar sarg`imtir po`stloqchalar bilan qoplangan bo`ladi. Yiringli bunday belgilar lablarning teri yuzasida ham uchrashi mumkin. Bunday hollarda jag` osti limfa tugunlarining yallig`lanib kattalashuvi va paypaslaganda og`rishi muhim ahamiyat kasb etadi.(54-rasm) Zamburug`lar chaqirgan xeylitlarda jarohat - eroziyalarni qoplab turgan po`stloqchalar oqish, rangpar, yupqarok va nam (xo`l) bo`ladi. Yuqorida bayon qilingan jarohatlar og`iz burchaklarida, ya’ni lablarning eng harakatchan sohasida joylashganligi sababli, ko`pgina shikastlanishlar natijasida ularning tiklanishi juda sekin kechadi. Shu bilan birgalikda bu soha so`lak bilan mudom namlanib turadi. Jarohatlarning sekin bitishiga tishlar qatori jipslashuvining buzilishi (patologicheskiy prikus), yuz, asab tolasining falaji va boshqa og`iz sohasining me’yordagi arxitektonikasini buzuvchi noxush sabablar ham o`z ta’sirini ko`rsatadi. Organizmda A va V gurux vitaminlarining yetishmasligi tiklanish jarayonining juda sust ketishini ta’minlaydi. Yuqumli xeylitda lablarning qizil hoshiyasi butunlay jarohatlanib, unda kundalang taralgan yoriqlar (ayniqsa hoshiyaning o`rta qismida) paydo bo`lishi mumin. Yoriqlarning asosini hosil qiluvchi to`qimada infiltratli shishlar hosil bo`ladi. Lablar qurishib, po`st tashlay boshlaydi. Yoriqlar qayta paydo bo`lib, surunkali tus ham oladi. Xastalik davosi. Davo chora-tadbirlari kasallik jarohatlarini keltirib chiqaruvchi infeksiya (mikrob yoki zamburug`) turini aniqlashdan boshlanadi. Strepto-stafilokokklar ta’sirida yuzaga kelgan angulyar xeylit va yoriqlar hosil bo`lganda, 2% li neomitsinli, eritromitsinli (1 trammida 10000 TB saklagan), 5-10% li sintomitsinli emulsiya va malxamlar surtish tavsiya qilinadi. Shifobaxsh malxamlarni surtishdan oldin jarohatli yuzalar antiseptiklar, iliq 1 % li vodorod peroksidi yordamida ishlanib, karash va po`stloqlardan tozalanadi. Malxamlar kuniga 6-8 martadan, og`ir hollarda esa har soatda surtiladi. Zamburug`li xeylitda lablarga nistatinli, 1% li dekaminli malxamlar va 15-20% li natriy tetraboratning glitserinli eritmasini surtish yaxshi natijalar beradi. 301 O`tkir yallig`lanish jarayoni bartaraf etilgandan so`ng, chuqur shishli infiltratlarning so`rilishini ta’minlash uchun lablarga 10-20% li naftalan yoki 2- 3% li oltingugurtli malxamlarni surtish maqsadga muvofiqdir. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling