Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7.11.7. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)
OITS- orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi bo`lib, odam immunitet tanqisligi virusi bilan chaqiriladigan infeksion kasalligi ko`rinishida namoyon bo`ladi. Etiologiya-odam immuniteti tanqisligi virusi infeksion kasallikni keltirib chiqaradi, bu OIV – infeksiyasi nomi bilan yuritilib, orttirilgan immunitet taqisligi sindromi ko`rinishida namoyon bo`ladi. Bunda organizmni shartli patogen mikroorganizmlarga umumiy moyilligini pasayishi kuzatiladi va onkologik kasaliklarga moyillikni oshishi bilan kechadi. 311 Immunitet tanqisligi virusi(OIV) retroviruslar guruhiga kirib, odam geniga o`rnashib oladi. OIV T4 – limfotsitlarni zararlab, ularni nobud bo`lishiga olib keladi. Natijada hujayra immuniteti buziladi va virus bilan zararlangan organizm shartli-patogen mikrofloraga rezistentligini yo`qotadi va u nospetsifik infeksiyalar va o`smalarga ta’sirchan bo`lib qoladi, ya’ni OITS rivojlanadi. Kasallik zaxarlanish manbai OIV bilan zararlangan odam yoki virus tashuvchi hisoblanadi. Kasallik kishidan aksariyat hollarda jinsiy aloqa yo`li bilan yuqadi. Ammo, goho u bemorlarga qon quyilganda, qondan tayyorlangan boshqa dorilar, shprits ignasi, stomatologik asboblar va ginekologik asboblar orqali yuqadi. Yana homilador ayoldan homilaga, tug`ish vaqtida qondan, tuqqanidan keyin esa uning sutidan o`tishi mumkin. Bemorda bu virus umr bo`yi qoladi va shu davrda u infeksiya yuqtiruvchi hisoblanadi. Kasallik o`tkir va surunkali bo`ladi. O`tkir turida virus yuqqanidan keyin bir yoki bir necha haftadan so`ng klinik belgilari yuzaga chiqadi: tana harorati oshadi, bemor tunda ko`p terlaydi, terisiga toshmalar toshadi, boshi og`riydi, to`xtovsiz yo`taladi va limfa tugunlari kattalashadi. Surunkali turida bemorga infeksiya yuqqanidan keyin qariyb 20% hollarda 5 yildan keyin, 50% 10 yildan keyin ham kasallik belgilari namoyon bo`lishi mumkin. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling