Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Aplastik va gipoplastik anemiya (kamqonlik)
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon kasalliklariga davo qilish
Aplastik va gipoplastik anemiya (kamqonlik). Xastalik og`ir klinik
belgilar bilan kechib, suyak kumigi(iligi)ning og`ir jarohatlanganligini ko`rsatadi. Bu bolalar umumiy ahvolining og`irlashuvi, og`iz bo`shlig`ida to`qimaning o`lishi bilan sodir bo`ladigan nekroz belgilarining mavjudligi, og`izdan qo`lansa hid tarqalishi, shilliq pardalarda qon quyilish belgilarining aniqlanishi, milk va burun qonashi belgilari bilan namoyon bo`ladi.(48-rasm) Gemofiliya - qon ivishining buzilishi bilan og`rigan bemor bolalarning og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida odatda to`qimada qon quyilish belgilari bo`lmaydi, biroq milklarning tez-tez qonashi, olingan tishlarning chuqurchasi va pulpasi ochiq tishlarning kariyes kovaklaridan qon oqish hollari kuzatiladi. Qon kasalliklariga davo qilish. Bolalarda qon yaratuvchi organlarning xastaliklari aniqlangan taqdirda, ularni gematologik (qon kasalliklari) bo`limlarga yotqizib, pediatr-gematolog shifokorlar bilan bamaslaxat davolash chora-tadbirlarini qo`llash maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda stomatolog shifokorlarning asosiy vazifasi og`iz bo`shlig`i sanatsiyasini o`tkazish, o`tkir mexanik jarohatlarga sabab bo`luvchi tishlar va qo`yilgan plombalarning o`tkir qirralarini silliqlash, muntazam ravishda har kuni erinmasdan og`iz bo`shlig`i shilliq pardasini og`riqsizlantirib, antiseptiklar va proteolitik fermentlar 310 yordamida tozalashdan iborat. Shilliq parda to`qimasining tiklanishini ta’minlovchi shifobaxsh moylar, malhamlarni surtish yaxshi natijalar beradi. Pediatr-gematolog shifokorlar asosiy kasallikka qarshi umumiy davolash ishlarini amalga oshirishlari lozim. O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar: 1. Vitaminlar tanqisligi natijasida og`iz bo`shlig`i va lablarda qanday o`zgarishlar yuz beradi? 2. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida ichki sekretsiya bezlarining xastaliklari bilan bog`liq holda ro`y beradigan o`zgarishlar xaqida so`zlab bering. 3. Jigarning surunkali xastaliklarida og`iz bo`shlig`ida qanday belgilar kuzatiladi? 4. Og`iz bo`shlig`ida yurak-qon tomir yetishmovchiligi natijasida aniqlanadigan o`zgarishlar haqida so`zlab bering. 5. Uremiya bilan kechuvchi buyrak xastaligida og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida qanday belgilar mavjud bo`ladi? 6. Oq qon kasalliklarida og`iz bo`shlig`ida, qayd etiladigan o`zgarishlar xaqida gapirib bering. 7. Umumiy sistema xastaliklarida og`iz bo`shlig`ida kuzatiladigan o`zgarishlarni davolashda qanday yo`l tutiladi? Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling