Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Periodontit xastaligida rentgen tasvirining tahlili


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   261
8.2. Periodontit xastaligida rentgen tasvirining tahlili 
Ma’lumki, periodont to`qimasi yallig`lanishining ayniqsa surunkali 
kechadigan turlarida uni o`rab turgan atrof to`qimalar (alveolyar suyak 
to`sig`i, suyak pardasi, sement va dentin) ham jarohatlanadi. Bunday 
qattiq to`qimalarda sodir bo`ladigan o`zgarishlar panoram rentgen 
tasvirida yaqqol namoyon bo`ladi. 
O`tkir cho`qqi periodont yallig`lanishida klinik belgilarning kuchli 
namoyon bo`lishiga qaramasdan rentgen tasvirida periodont to`qimasida 
deyarli o`zgarish kuzatilmaydi. Ayrim hollarda cho`qqi teshigi 
atrofidagina periodont tirqishining ozroq kengayganligi kuzatiladi.
Surunkali granulyatsiyalanuvchi periodont yallig`lanishida uni 
o`rab turuvchi qattiq to`qimalar (tsement, dentin, alveola suyagi, g`ovak 
suyak) kuchli yemirilish jarayoniga uchraydi. Tish ildizining sathi 
o`zining silliqligini yo`qotib, unda o`ydim chuqurlar hosil bo`ladi va 
jimjimali shaklni oladi. 
Rentgen tasvirida tish ildiznning cho`qqi sohasida parodont 
to`qimasi (me’yordagi holati)ning buzilganligini, alveola kompakt 
suyagining yemirilishini ko`ramiz. Ildiz cho`qqisini o`rab turuvchi suyak 
to`qimasining notekis to`lqinsimon struktura buzilishi va yemirilishi 
oqibatida suyakning jarohatlangan zonada nur o`tkazish qobiliyati 
kuchayganligi kuzatiladi. 
Granulyatsiyalanuvchi periodontit uchun suyak to`qimasining 
notekis yemirilishi o`ziga xos xususiyatdir. Shu bilan birgalikda sement 


320 
va dentinning yemirilishi oqibatida ildiz relefining o`zgarishi, ayrim 
hollarda esa ildizning qisqarishi hollarini ko`rish mumkin. SHy bilan 
birgalikda bolalarda ko`pgnna hollarda yiring yo`li ham tasvirdan o`rin 
opishi mumkin. Bundan tashqari ko`p ildizli sut tishlarida ildizlar 
orasidagi suyak to`qimasining yemirilib siyraklashuvi (osteoporoz) 
bolalar yoshida xususiy xol hisoblanadi.(60-rasm) 
Surunkali granulematoz periodontit xastaligida ildiz cho`qqisida oddiy 
tish granulemasi yoki murakkab kistali granulema hosil bo`lishi xususiy 
xoldir. Tish ildizi sohasida bunday granulyatsiyalanuvchi to`qima hosil 
bo`lishi, atrof suyak to`qimasining tekis dumaloq shakldagi, chegaralari 
aniq ko`rinuvchi jarohatli yemirilishiga sabab bo`ladi. 
Rentgen tasvirida tish ildizining cho`qqi qismida dumaloq yoki 
oval shaklidagi, chegarasi aniq ko`rinuvchi suyak to`qimasining 
yemirilgan o`chog`i paydo bo`lgani kuzatiladi. (58,59-rasmlar) 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling