Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Pulpitlarda rentgen tasvirining taxlili


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   261
8.1. Pulpitlarda rentgen tasvirining taxlili 
Surunkali kechadigan pulpa yallig`lanishida rentgen tasvirida 
periodont to`qimasida periodontit xastaligiga xos bo`lgan o`zgarishlarni 
ko`rish mumkin. Periodont to`qimasining notekisligi, bir muncha 
kengayganligi surunkali kechuvchi gipertrofik pulpit va surunkali 
granulyatsiyalanuvchi periodontit uchun xosdir. Biroq, ko`p ildizli 
tishlar (molyar) ildizlarining ajralish (bifurkatsiya) sohasidagi qattiq 
to`qima strukturasidagi buzilish (destruksiya), siyraklashish, yemirilish 
faqat granulyatsiyalanuvchi surunkali periodontitdan darak beradi. 
Yuqorida zikr etilganlardan (pulpitga davo) bizga ma’lumki, pulpa 
yallig`lanishida davo usullari sut tishlari ildizlarining so`rilish yoki 
shakllanish holatini hisobga olgan holda tanlanadi. Ildizlarning u yoki bu 
holatini esa faqat rentgen tasviriga qarab aniqlanadi. 
Tish pulpasida kechayotgan distrofik o`zgarishlar pulpa va ildiz 
bo`shlig`i devorlarida dentikllarning hosil bo`lishi bilan bog`liqdir. Rentgen 
tasvirida hosil bo`lgan dentikllar och rangli pulpa bo`shliqlarida qoramtir 
dumaloq donachalar shaklida aks etadi. (57- rasm). Ba’zan hosil bo`lgan 
qattiq strukturali dentikllar pulpa bo`shlig`ida joylashgan nerv tolalarini 
siqib, nevralgiyaga xos og`riqlarni paydo qiladi. Xastalikni to`g`ri 
aniqlashda bizga faqat rentgen tasvirigina yordam beradi. 


319 
Kamdan - kam hollarda rentgen tasvirida, ba’zan dentin to`qimasining 
ideopatik (favqulodda kuchli) so`rilish hollari ham uchraydi.
Bu tariqa dentin qatlamining so`rilishi (rezorbsiya), tish 
kovagining ichki qismidan boshlanishi ajablanarlidir. Gistologik 
tadqiqotlar tish pulpasida bunday paytda qo`shuvchi to`qima 
elementlarining ko`payganligini, unda qon tomirlarga boy bo`lgan 
granulyatsiyalanuvchi to`qima hosil bo`lganligini va uning atrofini 
odontoblast hujayralari o`rab olganligini ko`rsatadi. So`rab - 
surishtirilganda ayrim hollarda xastalangan tish bir paytlar kuchli 
mexanik ta’sirot ostida bo`lganligini aniqlash mumkin. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling