321
periodont tirqishi kengayib, ildiz cho`qqisida
yoki butun ildiz sathi
buylab sement to`qimasining qalinlashuvi (gipersementoz) qayd etiladi.
Rentgen tasvirida periodont tirqishining kengayganligi ildiz
cho`qqi qismida, ayniqsa ravshan ko`rinadi.
Shu bilan bir qatorda ildiz
cho`qqisining birmuncha qalinlashuvi va deformatsiyasini ko`rish
mumkin.
59-rasm. IV-V tishlar surunkali
periodontiti. Panoram
rentgenogramma.
60-rasm. |4 5 6 tishlar kariyesi. |4 5
tishlarning ildizlari sohasida
granulyomalar.
61-rasm. |1 fibrozli periodontit;
|2 granulyatsiyalanuvchi periodontit.
322
III. QISM. STOMATOLOGIK KASALLIKLAR
PROFILAKTIKASI.
1 bob. Tishlar kariyesi va paradont kasalliklari paydo bo`lish shart-
sharoitlari.
1.1. Tish yuzasida hosil bo`ladigan karashlar va toshlar
(cho`kmalar)
Inson xayot faoliyati davomida tishlarning yuzasida hosil
bo`ladigan
tuzilmalar-karashlar, toshlar yoki cho`kmalar tish qattiq
to`qimalari va paradont to`qimalari kasalliklarini
yuzaga kelishida
muhim o`rin tutadi. Bugungi kunda adabiyotlarda keltirilgan
ma’lumotlar va xususiy ma’lumotlarga tayanib N. G. Paxomov (1981)
tish ustida hosil bo`lishi mumkin bo`lgan
yot jinslar-karashlar,
cho`kmalarning tasnifini tavsiya qiladi.
Tish karashlari va toshlari tasnifi:
I. Minerallashmagan tish yumshoq karashlari:
a) pellikula
b) tish usti karashi (blyashka)
v) oq yumshoq karash
g) ovqat qoldiqlari
II. Minerallashgan tish toshlari
a) milk usti tish toshlari
b) milk osti tish toshlari
Do'stlaringiz bilan baham: