Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   261
 
Davolash: simptomatik 
1. Piromekain aerozoli bilan og`riqsizlantirilgch N
2
O
2
, furatsillin va 
fermentlar bilan mexanik ishlov beriladi. 
2. Yallig`lanishga qarshi malhamlar va keratoplastiklar qo`llaniladi 
3. Dezinfeksiyalash maqsadida romazulon, shalfey eritmalari bilan 
chayish tavsiya etiladi. 


315 
7.1.7.3. Virusli infeksiyalar. 
OIV bilan zararlanganlar uchun og`iz shilliq qavatini oddiy gerpes 
bilan zararlanishi xos. Bunda qaytalanuvchi va qiyin kechuvchi gerpetik 
stomatit yuzaga keladi. Og`iz bo`shlig`ini zararlanishi bilan biralikda 
jinsiy a’zolarning shilliq qavatlarinnig zararlanishi kuzatiladi. Zararlanish 
atipik kechadi. Uzoq muddatli va og`riqli bo`ladi. Vezikulalar tilda
yumshoq tanglayda, og`iz tubida, lablarda paydo bo`ladi va tezda 
eroziyalarga, eroziyalar katta yaralarga(3-5 sm) aylanadi. Yaralar noto`g`ri 
shaklda, chetlari ko`tarilgan, kraterga o`xshash bo`ladi. Uning tubi to`q qizil 
rangda bo`lib, kulrang-oqish karash bilan qoplangan bo`ladi. Vaqtida 
davolanmasa, o`tkirlashadi, hajmlari kattalashadi. Bu esa virusli gerpetik 
infeksiyani visseral a’zolarga disseminatsiyasiga va klinik kechishini 
og`irlashuviga hamda o`limga olib keladi. OIV bilan zararlangan shilliq 
qavat o`rab oluvchi gerpes va virusli so`gallar bilan zararlangan bo`ladi. 
Ular tugunli zararlanishlar ko`rinishida bo`lib, so`rg`ichlar shaklidagi 
do`ngliklarda joylashadi. 
7.1.7.4. Sochli leykoplakiya 
Sochli leykoplakiya OIV bilan zararlanishning seropozitiv davrida 
uchraydi, bu esa immunitet tanqisligiga va OIV infeksiyasiga shubxa 
tug`ilishiga sabab bo`ladi. Adabiyotlarning oxirgi ma’lumotlariga ko`ra 
98% sochli leykoplakiya kasallarida OIV seropozitiv bo`ladi. 
Sochli leykoplakiya kattaligi va joylashuvi bo`yicha 1 yoki 2 tomonli 
bo`lishi bilan farqlanadi. Klinik jihatdan sochli leykoplakiya vorsinkalar 
shaklida bo`ladi. Ular shilliq qavat yuzasidan sochlarni eslatuvchi 
vorsinkalar ko`rinishida ko`tarilib turadi. Vorsinkalar shilliq kavat yuzasiga 
zich fiksatsiyalangan va ularni qirib olish qiyin bo`ladi. Sochli leykoplakiya 
tilni yon yuzalarida, uning orqa qismlarida uchraydi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling