Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinika. OIV infeksiyasi kechishini to`rtta davrga bo`lish mumkin. OIV infeksiyasini o`tkir davri zararlanishidan bir yoki bir necha haftadan so`ng rivojlanishi mumkin. Bu davrda OIVga seropozitiv reaksiya manfiy bo`lib, u 6-12 haftadan so`ng kuzatiladi. Bu davrni klinik belgilari – isitmaning ko`tarilishi, limfoadenopatiya, kechki terlashlar, bosh og`rig`i va yo`tal ko`rinishida namoyon bo`ladi. 1 davri hech qanday simptomsiz yoki persistrlangan tarqoq limfoadenopatiya (PTL) ko`rinishida kechadi. Bunda chov sohasidan tashqarida joylashgan diametri 1 sm dan oshgan bir yoki bir necha limfa bezlari kattalashuvi kuzatiladi. Bunday holat 3 oy va undan oshiq davom etishi mumkin. 312 2 davri OITS bilan bog`langan kompleks deb atashadi. Uning uchun quyidagi belgi va simptomlar xos: tana vaznining kamayishi, ich buzilishi, holsizlik, uyqusizlik, ishtahaning yo`qolishi, hotiraning pasayishiga olib keluvchi nevrologik holatlar. Ushbu belgilar davri qaytalanib turadi. Bu davr teri va shilliq qavatdagi o`zgarishlar bilan kechadi: sochli leykoplakiya, o`rab oluvchi temiratki, surunkali qaytalanuvchi gerpes. 3 davri oraliq davr nomi bilan yuritiladi. Bu davr kasallikni erta simptomlari namoyon bo`lgandan keyin hosil bo`ladi. Lekin kasallikni butun klinikasi namoyon bo`lmaydi. Og`iz bo`shlig`ida 3 davrida kandidoz, sochli leykoplakiya, o`tkir gerpetik stomatit yoki surunkali gerpesni o`tkirlashuvi kuzatiladi. Alveolyar pnevmoniya, o`pka sili rivojlanishi mumkin. 4 davrida OITSni butun og`ir klinikasi namoyon bo`ladi. Bu shartli patogen infeksiya chaqirgan har xil yallig`lanish jarayonlarini rivojlanishi. Kaposhi sarkomasi kabi o`smalarni hosil bo`lishi bilan kechadi. O`smalarni hosil bo`lishi hujayra immunitet tanqisligi bilan bog`liq bo`ladi. OITS infeksiyalariga protozoyli invaziyalar (pnevmotsistli pnevmoniya, toksoplazmoz) yoki virusli (tsitomegaliya) bakteriyali va zamburug`li invaziya xos. Shu davrda limfomaning og`ir shakllari, kaxeksiya va nevrologik o`zgarishlar (nevropatiya, hotiraning pasayishi, aql zaiflik) kuzatiladi. Organizmni immunitet himoyasiga zararli ta’sir ko`rsatadigan OIV infeksiyasini kirganligini birinchi belgilari og`iz shilliq qavatidagi o`zgarishlar hisoblanadi. OIV infeksiyasi bilan bg`liq bo`lgan og`iz shilliq qavati kasalliklariga kiradi: - kandidozning klinik formalari; - og`iz bo`shlig`i bakterial infeksiyalari; - og`iz bo`shlig`i virusli infeksiyalari; - paradontitning agressiv shakllari (VICH - paradontit); - surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit; - ideopatik trombotsitopenik purpura; - kserostomiya bilan kechuvchi so`lak bezi asalliklari; 313 - eksfoliativ xeylit; - deskvamativ glossit; - sochli leykoplakiya; - Kaposhi sarkomasi; - yassi hujayrali rak. Tug`ma OIV – infeksiyasining ko`p uchraydigan klinik belgilari bo`lib tana vaznining kamayishi, gepatosplenomegaliya, trombotsitopeniya, anemiya, gepatit, o`sishdan qolish, mikrotsefaliya, peshona qismi do`ngligi, burun qalinlashishi, qiyshiq ko`z, ko`z yorig`ining uzayishi, havo rang sklera, lixoradkaning tez qaytalanuvchi simptomlari, enantemalar, diareya, limfoadenopatiyalar hisoblanadi. Bolalarda kechuvchi OITS klinikasi kattalarnikidan farq qiladi: 1. Kaposhi sarkomasi, limfomalar kam uchraydi. 2. Gepatit V virusi bilan zararlanishi kam kuzatiladi. 3. Gipergammaglobulinemiya – ko`p kuzatiladi. 4. Limfopeniya – ko`p uchraydi. 5. Limfoidli interstitsial pnevmoniya. 6. Bakterial sepsis – o`limga olib boruvchi sabablardan biri hisoblanadi. 7. OIV – infeksiya boshlanishida o`tkir mononukleozga xos o`zgarishlar ko`p kuzatiladi. 8. OIV – infeksiya kechishida MNSning birlamchi zararlanganligini ko`rsatuvchi aniq psixonevrologik simptomatika kuzatiladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling