Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   261
Xastalik 
davosi
Bemor 
bolalarni 
umumiy 
davolash 
muassasalariga yetkizi6 davo chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur. 
Stomatolog-shifokor og`iz bo`shlig`i sanatsiyasini o`tkazishi, o`tkir tish 
qirralarini silliqlashi, ikkilamchi mikroblar ta’siriga qarshi kurashmog`i 
lozim. Jarohatlar mikroflorasining turini aniqlab, shilliq pardaga kerakli 
antibiotik eritmalari bilan ishlov bermog`i, yaralarni nekrozga uchragan 
to`qima qoldiqlaridan holi qilish maqsadida proteolitik fermentlardan 
(tripsin, ximotripsin va boshqalar 1 ml suvda 1 mg eritib) foydalanmog`i 
lozim. Nekrozga uchragan to`qimalardan tozalangan yarali jarohatlar 
yuzasiga to`qimalarning tiklanish xususiyatini kuchaytiruvchi vitaminli 


308 
moylar: oblepixa, na’matak, kungaboqar yoki tozalangan paxta moyi 
kabi malxamlar surtiladi. Og`iz bo`shlig`i tez-tez antiseptiklar bilan 
chayilib turilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
 
7.11.6. Qon kasalliklari 
Organizmda qizil qon tanachasi - eritrotsitlar rivojlanish jarayoni 
(eritropoez)ning buzilishi va boshqa tur qamqonlik kasalliklarida odatda 
og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi och pushti rangini yo`qotib, oqish tusga 
kiradi. Ayniqsa, bu kamkonlik belgisi milk va til shilliq pardasida 
yaqqol namoyon bo`ladi. Og`iz bo`shlig`ida boshqa xil o`zgarishlar 
kuzatilmaydi. Oq qon tanchalarining rivojlanish sikli (leykopoez) 
buzilishi oqibatida o`tkir va surunkali leykoz xastaligi yuzaga keladi. 
Buning natijasida ko`pgina bolalarda kasallikning ayniqsa og`irlashgan 
davrida og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida bir qadar o`zgarishlar vujudga 
keladi.(47-rasm) Oq qon tanachalari giperplaziyasi (ko`payib ketishi) 
ko`proq kattalarga xos bo`ladi, ammo bunday xolni kattaroq yoshdagi 
bolalar va o`smirlarda ham uchratish mumkin. 
Shilliq pardadagi o`zgarishlar milkning kataral yallig`lanishi, til, 
tanglay, xalkum pardasi va murtaklarda nekrotik jarayonlarning yuzaga 
kelishi bilan baxolanadi. Shilliq pardalarda oqish, kimyoviy 
ta’sirotdagidek dog`lar paydo bo`ladi va ular sekin kattalasha boshlaydi. 
Atrof to`qimalarda hech qanday o`zgarish belgilari ko`rinmaydi. Leykoz 
xastaligida yuz beradigan trombotsitopeniya (trombotsitlarning son 
jihatdan kamayishi) natijasida jarohatlarda qon quyilish belgilari paydo 
bo`ladi va ulardagi o`lgan to`qimalar qo`ng`ir-jigarrang tusga kiradi. 
Nekrozga uchragan (o`lgan) to`qimaning atrofdagi sog`lom shilliq 
pardadan ajralishi (ostorjeniye) sust kechadi. Ular sog`lom to`qima 
sathiga nisbatan ko`tarilib, nekrotik tiqinlarni hosil qiladi. O`rab turgan 
epiteliy to`qimasi tiklanish jarayonida tiqinlar ostiga o`sib kiradi va 
tiqinlar ajralib tushgandan keyin ular o`rnida tez bitib ketadigan kichik 
jarohat yuzalari ko`rinadi. 
To`qimalarning o`lish (nekroz) jarayonlari tomirlarda trombozlar 
hosil bo`lishi, infiltratlarning parchalanishi, to`qima trofikasi buzilishi 
oqibatlarining 
natijasidir. 
Yuqorida 
zikr 
etilgan 
xastaliklarda 


309 
glyukokortikoid preparatlarining uzoq muddat davomida qabul qilinishi 
va organizmdagi immunologik himoya vositalarining pasayishi 
kandidozli yallig`lanish jarayonlarni vujudga keltirishi mumkin. 
O`tkir 
leykozlarning 
boshlanishi 
odatda 
o`tkir 
yuqumli 
xastaliklarga xos bo`lgan klinik belgilar bilan kuzatiladi. Oqibatda uzoq 
muddat mobaynida noma’lum bo`lib qoladi. Yuqumli xastaliklardaya 
farqli o`laroq, og`iz bo`shlig`ida o`zgarishlarning aniqlanishi ko`pgina 
hollarda bemorlarni stomatolog-shifokorlarga murojaat qilishga majbur 
qiladi. Shuni hisobga olgan holda davo tadbirlari natija bermagan og`iz 
bo`shlig`i jarohatlari bilan to`qnashganda albatta bemor qonini 
laboratoriya usulida tekshirib ko`rish zarur. Tekshirish natijalari osonlik 
bilan bemorda qon kasalligi borligini ko`rsatadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling