Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Xastalik davosi. Davo chora-tadbirlari umumiy va mahalliy tarzda
olib boriladi. Umumiy davo tadbirlaridan parxez muhim ahamiyat kasb etadi. Bemor bola 2-3 hafta mobaynida allergiya chaqirishi mumkin bo`lgan ovqatlarni iste’mol qilishni to`xtatishi lozim Unga qora non, grechixali bo`tqa, yog`sizlantirilgan suzma (tvorog), sabzavotli, go`shtsiz sho`rva, olma va karam (xomligicha) buyuriladi. Bemorning onasi yoki qarovchisi parxez taomlar kundaligini tutishi va yangi-yangi berilgan ovqat bilan teri yuzasida paydo bo`lgan o`zgarishlarni yozib bormog`i lozim. Parxez saqlash bilan bir qatorda bemorlarga ichish uchun vitaminlardan: A, B 1 , B 2 , B 6 , folat kislotasi, kaltsiy pantotenati bolaning yoshiga mos miqdorda buyuriladi. Vitamin dori-darmonlarini qabul qilish 1 oydan 3 oygacha davom etadi. Xastalik (atopik xeylit) umumiy kasalliklarning (atopik dermatit, bolalar endogen (ichki) ekzemasi, keng tarqalgan neyrodermit) mahalliy kurinishi ekanligini, uning xazm sistemasi a’zolarining xastaliklari, tish, yuz-jag` kasalliklari bilan birgalikda kechishini nazarda tutgan holda, organizmni xastaliklardan xalos etmoq maqsadga muvofiqdir. Xastalikning mahalliy davosi sifatida yiringli jarayonlar bo`lmagan taqdirda lablardagi jarohatlar yuzasiga glyukokortikoid dorilardan: ftorokort, flutsinar, lorinden va boshqalar dastlabki 3 kun mobaynida kuniga 6 marotaba, keyingi kunlarda 5, 4, 3, 2, 1 marta surtiladi. Shundan so`ng ularni surtish to`xtatilib, ular kosmetik krem, rangsiz pomada bilan almashtiriladi. Keyingi malxamlar jarohatlangan to`qimalarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi va ularning tiklanish xususiyatini oshiradi. Ba’zan bolalarda ekzemali xeylitga o`xshagan klinik jarayon barcha va maktab yoshidagi bolalarning zararli odatlari: qalam va ruchkalarni og`izga solib so`rishi oqibatida tarkibida nitrotsellyuloza bo`lgan buyok moddalarining organizmga singishi va sovuq shabadali kunlarda lablarni tez-tez yalash natijasida ham kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda yaxshi natijalarga erishish uchun zararli odatlarni yo`qotish zarur. Ota-onalar bunga albatta e’tibor bilan qarashlari lozim. Lablar va atrof teri yuzasini o`z holiga keltirish maqsadida kosmetik kremlar yoki glitserindan foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling