Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   261
 
7.4.1. Bednar yarasi 
Ba’zi bir hollarda organizmi kuchsizlangan bolalarda shilinish va 
yaralar yumshoq va qattiq tanglayning tutashgan chiziqlarida ponasimon 
suyakning (os sphenoidalis) tanglay o`siqlari proyeksiyasida simmetriya 
ravishda 
yuzaga 
kelishi 
mumkin. 
Bunga 
sun’iy 
ravishda 
ovqatlantirilayotgan bolalarga beradigan so`rg`ichning uzunligi va 
qo`polligi, ba’zi bir hollarda ona ko`kragining dag`alligi ham sabab 
bo`ladi. Bu xil turdagi shilinish va yaralarni Bednar aftasi deb yuritiladi. 
Tanglay shilliq pardasidagi bunday jarohatlar to`qima oziqlanishi 
jarayonining buzilishi, yomonlashuvi oqibatida vujudga kelgani uchun 
anchagina uzoq (3-4 xafta) vaqt davom etadi. Ana shunday holat 
ko`pincha bola umumiy ahvolining o`zgarishiga, injiqlanishiga, tana 
haroratining ko`tarilishiga, uyqusining buzilishiga va ovqatlanishdan 
bosh tortishiga sabab bo`ladi. Bola bexol bo`lib darmonsizlanadi. 
Ko`krak yoki so`rg`ichni so`rishdan tezda to`xtab chinqirib yig`lay 
boshlaydi. Jarohatning uzoq cho`zilishida ikkilamchi infeksiya vujudga 
keltirgan yallig`lanish jarayoni aloxida o`rin tutadi. 
Shularni 
nazarda 
tutgan 
holda, 
davolash 
chora-tadbirlari 
avvalambor keltirib chiqaruvchi sabablarni yo`qotishdan boshlanadi. 
Uzun so`rg`ichlar qisqartirilib, yumshoq va nozikroqlari tanlanadi. Ona 
ko`krak- so`rg`ichi emizishdan oldin yog`lab yumshatilishi shart. 
Ikkilamchi infeksiyaga qarshi kurashish bilan bir qatorda, yuqorida 
bayon qilingan o`simlik moylari va malhamlar bilan yara atrofidagi 
to`qimaning tiklanishiga e’tibor beriladi. Bulardan tashqari kasallikning 
asosiy noxush belgisi bo`lib hisoblangan og`riqka qarshi muolajalar 
o`tkazilishi lozim. 
Og`riqsizlantirish maqsadida, ayniqsa bolani ovqatlantirishdan 
oldin jarohat va uning atrofiga o`simlik moylariga yoki vazelin yog`iga 


270 
aralashtirilgan anestezin surtish yaxshi natijalar beradi. Yallig`lanish 
jarayonining susayishini tezlashtirish uchun uyqudan oldin kuniga 3-4 
marta jarohat va uning atrofi antiseptik eritmalar yoki dorivor 
o`simliklar damlamasi bilan yuvilib, unga oblepixa moyi, na’matak 
moyi, vanilin kabi malxamlar surtish zarur. Bolaning shaxsiy gigiyenasi 
va u o`ynaydigan predmetlar - o`yinchoqlarni toza tutish, so`rg`ichlarni 
qaynoq suvda yoki rangsiz KMnO
4
eritmasida chayish, ona ko`kragi 
gigiyenasiga amal qilish tuzalish jarayonini tezlashtiradigan omillardan 
hisoblanadi. 
Bolaga shifokor maslahatisiz mustaqil davo - tadbirlarini qo`llash 
noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Maktab yoshidagi bolalardagi noxush qiliqlar: lab, lunjlarni tishlar 
orasiga olib so`rish, tilni tishlar orasiga olib o`ynash, tishlash, qalam, 
ruchkani og`ziga solish natijasida og`iz shilliq pardasining turli 
sohalarida surunkali travma ta’sirida jarohatlar yuzaga keladi. Bunday 
hollarga bolalarda hali asab sistemasining turg`unlashmanligi sabab 
bo`ladi. Oqibatda kelib chiqadigan jarohatlar shilinish yoki yara belgilari 
ko`rinishiga ega bo`ladi. Bu xildagi yaralar chegarasi notekis, atrofi 
qizargan, paypasla6 tekshirilganda asosi qattiq va og`riqli bo`ladi. 
Surunkali yallig`lanish jarayonida shilliq parda xususiy qavatida himoya 
hujayralar yig`ilib, infiltrat hosil qiladi va ko`pgina hollarda chandiqli 
jarohatlar paydo bo`ladi. Davolash tadbiri tishlarning o`tkir qirralarini 
charxlab silliqlash, yallig`lanish jarayonini susaytirish, jarohatni 
og`riqsizlantirish, ikkilamchi infeksiyaga va eng asosiysi noxush 
qiliqlarga qarshi kurashishdan iboratdir. Chandiq hosil bo`lgan hollarda 
ortodontik himoya plastinkalar taqib yurish buyuriladi. Ba’zi bir 
hollarda nevropatologdan maslaxat olish lozim. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling